|
Adabiy turlar va janrlar
|
bet | 6/13 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 53,6 Kb. | | #234362 |
Bog'liq Umid Shomurodov kurs ishi 000000Epik janrlar
|
Lirik janrlar
|
Dramatik janrlar
|
Roman
|
g‘azal
|
Drama
|
Qissa
|
ruboiy
|
Tragediya
|
Hikoya
|
tuyuq
|
Komediya
|
Qissa
|
qasida
|
|
Ocherk
|
fard
|
|
T – chizma. T - chizma munozara vaqtida qo‘shaloq javoblar (ha/yo‘q, tarafdor/qarshi) yoki taqqoslash - zid javoblarni yozish uchun universal grafik organayzer hisoblanadi. Sharq she’riyatining, ayniqsa g‘azal janrining bosh mavzusi ishq-muhabbatdir. Ishqiy g‘azallarda asosan uchta: ma’shuqa (yor), oshiq hamda raqib ishtirok etishini aytib, bu yerda obrazlar ishtiroki bilan bog‘liq andazalar borligiga o‘quvchilar diqqati tortiladi. Boshqa obrazlar esa asosan shu uchlikni to‘ldiradi, ularning xarakteri, ruhiy holatini ochishga xizmat qiladi. Mana shu uch asosiy obrazlarga xos bo‘lgan doimiy xarakter belgilari, ta’rif-tavsiflarni bilish va anglash mumtoz she’riyatni to‘g‘ri o‘qish, tushunish va tahlil qilish garovidir. Shuning uchun har biriga alohida to‘xtalib, ularning xususiyatlaridan o‘quvchilarni xabardor qilish lozim. Buning uchun “T-chizmasi” strategiyasi eng ma’qul texnologiya sanaladi. G‘azal janridagi an’anaviy oshiq va ma’shuqa obrazlarini “T-chizmasi” metodi bo‘yicha tushuntirish qulay. Avval bu ikki obrazning uzviy bog‘liq ikki jihati – portreti va xarakter xususiyati qiyoslanadi. Texnologiya asosida qiyoslagandan so‘ng oshiq va ma’shuqlarning portreti, xarakter-xususiyati, ichki va tashqi ko‘rinishi ifodalari yaqqol namoyon bo‘ladi. Quyidagi jadvallarda bu qiyoslar o‘z ifodasini topgan. Ushbu jadval orqali talabalar g‘azal janriga mansub an’anaviy obrazlarning ichki va tashqi olamini teran anglaydilar.
|
| |