• Mantiqiy chalkash zanjir”
  • Adabiy turlar va janrlar




    Download 53,6 Kb.
    bet5/13
    Sana15.05.2024
    Hajmi53,6 Kb.
    #234362
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Umid Shomurodov kurs ishi 000000

    Tanqidiy fikrlash – talabani o‘z-o‘zini anglashga, tabiat va jamiyat hodisalarini teran idrok etishga o‘rgatadi. Buning natijasida talabada biror muammo haqida o‘z fikrini bildirishi, o‘zgalar fikrini hurmat qilishi kabi ko‘nikmalari shakllanadi.
    Tanqidiy fikrlash texnologiyasini ta’lim jarayoniga quyidagicha qo‘llash mumkin. O‘zbek filologiyasi 1-kurs talabalariga “Adabiyotshunoslik nazariyasi” fanidan “Adabiy turlar va janrlar” modulini o‘tishda amaliy, seminar mashg‘ulotlarida induvidual, juftlikda, kichik guruhlarda ishlash uchun topshiriqlar beriladi. Deylik, guruh tanlov asosida to‘rt kichik guruhlarga bo‘linadi. Ularga quyidagicha topshiriq beriladi.
    1-guruhga. Adabiy turlarni tasnif qilishda G‘arb va Sharq olimlarning ilmiy-nazariy qarashlarini bayon qiling?
    2-guruhga. Adabiy janr tushunchasining paydo bo‘lish omillarini izohlang?
    3-guruhga. Romanning janr xususiyatlari, tarixiy taraqqiyotini belgilang?
    4-guruhga. Birinchi o‘zbek romani haqida fikringizni bayon qiling?
    O‘qituvchi tomonidan har bir guruhga 10-15 minut vaqt beriladi. Har bir guruh jamoaviy ravishda muammoning yechimini topishga intiladi. Tanqidiy fikrlash bosqichi uch bosqichda kechadi. Birinchi bosqich – chaqiruv-da’vat bosqichi bo‘lib, talabalar mavzu yuzasidan mavjud bilimlarini tiklashga harakat qilishadi. Ma’lumki, umumta’lim makbalarining 5-9 sinflarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining adabiyot darslarida adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganishgan. Adabiy turlar va janrlarning tasnifi, paydo bo‘lish omillari, roman janrining tarixiy taraqqiyoti, ilk milliy romanimiz “O‘tgan kunlar” haqida bilganlarini tiklashga harakat qilishadi. Ikkinchi bosqich – anglash bosqichida talabalar mavzu yuzasidan olgan yangi bilimlarini oldingisi bilan to‘ldirib, topshiriqni bajarishga muvaffaq bo‘lishadi. Anglash bosqichi eng muhim bosqich bo‘lib, bunda talaba o‘z-o‘zini taftish qiladi, o‘z-o‘zini anglab boradi. Ta’limda subyektning ichki jarayonlari va holatlarini o‘zi tomonidan bilib borishi refleksiya (ba’zan, metabilish sifatida ham qaraladi) deb ataladi. Refleksiya (lotincha reflexio – ortga nazar) falsafiy tushuncha bo‘lib, u individ ongida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida o‘zining mulohaza yuritishini anglatadi.
    Uchinchi bosqich – fikrlash bosqichi kulminatsiya bo‘lib hisoblanadi, uning davomida talabalardan o‘z bilimlarini umumlashtirish, bilib olgan narsalarni bungacha bilgan narsalari bilan taqqoslash, ularning savollariga javoblarni qay darajada olganiga qarab baholash (va zaruratga qarab yangi savollarni shakllantirish), bilgan narsalarini yanada katta muammolarga qo‘llash, bilib olgan narsalarini munozara qilish va himoya qilish lozim bo‘ladi.
    Tanqidiy fikrlash uchun berilgan vaqt tugagandan so‘ng har bir guruh o‘z taqdimotlarini o‘tkazishadi. Bir-birlariga savol-javoblar bilan murojaat qilishadi. O‘z nuqtai nazarlarini qattiq turib himoya qilishadi. Hatto guruhdagi past o‘zlashtiruvchi talabada ham qandaydir fikr aytish istagi paydo bo‘ladi. O‘zaro muloqot, fikrlar xilma-xilligi darsning samarali rejalashtirilganidan dalolat beradi. Taqdimotlardan so‘ng har bir guruh a’zolari baholanadi.
    Tanqidiy fikrlash texnologiyasi bo‘yicha topshiriqlarni individual tarzda ham berish mumkin. Bunda o‘qituvchi guruhning har bir a’zosiga ularning qobiliyatidan kelib chiqib mavzu tanlaydi. Talaba topshiriqni olgandan so‘ng adabiyotlar bilan, internet materiallari bilan tanishib o‘z fikr-mulohazalarini yozma tarzda bayon qiladi. Bu, albatta, keyingi seminar darsida rejalashtiriladi. Mustaqil ta’lim uchun ham bu texnologiyaning ahamiyati katta. Chunki O‘zbek filologiyasida tahsil olayotgan talabalarning ko‘pchiligi ijodkor, ilmiy-tadqiqot ishlariga qobiliyati bor yoshlardir. Kelajakda filolog talabalar orasidan shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar yetishib chiqadi. Bu sohada tanqidiy fikrlash texnologiyasi samarali deb o‘ylayman. Umuman olganda, tanqidiy fikrlash natijasida talaba quyidagilarga erishadi:

    • talabalarning fikrlashini faollashtiradi;

    • ta’lim (talabalar) maqsadini ajratadi;

    • faol munozaralarga imkoniyat yaratadi;

    • o‘qishga qiziqishni oshiradi;

    • faol o‘quv faoliyatini ta’minlaydi;

    • o‘zgarishlarni rag‘batlantiradi;

    • fikr yuritishni rag‘batlantiradi;

    • o‘quvchilarga turli xil fikrlarni tinglashga imkoniyat beradi;

    • talabalarga o‘z savollarini berishda yordam beradi;

    • talabaga o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi;

    • talabalar tomonidan axborotlar qayta ishlanishini ta’minlaydi;

    • talabalarda tanqidiy fikrlashga imkoniyat yaratadi.

    Bundan tashqari “Adabiy turlar va janrlar” modulini o‘tishda quyidagi innovatsion texnologiyalardan foydalanish mumkin.
    Mantiqiy chalkash zanjir” metodi. Metod tushunchalar, bildirilgan fikrlar o‘rtasida bog‘liqlikni yuzaga keltirish, ularni mantiqiy jihatdan ketma-ketlikda to‘g‘ri ifodalashga yordam beradi. Uning mohiyatiga o‘qituvchi mavzuni yorituvchi ma’lumotlarni to‘g‘ri va noto‘g‘ri tartibda bayon etadi. Talabalarning vazifasi mantiqiy jihatdan noto‘g‘ri ifodalangan ma’lumotlarni to‘g‘ri dalillarga aylantirish, yuzaga kelgan mantiqiy chalkashlikni tuzatish, fikrlarni muayyan ketma-ketlikda to‘g‘ri joylashtirgan holda uzilgan zanjirni “ulash”dan iborat. Masalan; o‘qituvchi “Adabiy turlar va janrlar” moduli bo‘yicha terminlarni to‘g‘ri-noto‘g‘ri tarzda doskaga yoki tarqatma materialga yozib talabalarga tarqatadi. Misol uchun: epik janrlar: roman, ruboiy, hikoya, tuyuq; lirik janrlar; g‘azal, qasida, qissa, fard; dramatik janrlar: drama, komediya, ocherk, tragediya. Talaba ushbu kataklarga janrlarni to‘g‘rilab yozib chiqadilar va mavzu yuzasidan olgan bilim, malaka, ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.


    Download 53,6 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 53,6 Kb.