|
Ta’lim jarayonidagi innovatsion o‘zgarishlar avvalo o‘qituvchining innovatsion faoliyatiga bog‘liq. Innovatsion faoliyat –
|
bet | 4/13 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 53,6 Kb. | | #234362 |
Bog'liq Umid Shomurodov kurs ishi 000000Ta’lim jarayonidagi innovatsion o‘zgarishlar avvalo o‘qituvchining innovatsion faoliyatiga bog‘liq. Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy meyorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat.
Pedagogning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:
yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi;
pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
novatorlik darajasi;
kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
ijodkorligi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassalarida tahsil olayotgan filolog talabalarni yuksak bilim, ko‘nikma, malakalarga ega intellektual shaxs, sohasining yetuk mutaxassislari qilib tayyorlash davrning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Buning uchun soha mutaxassisi, yuksak ilmiy va pedagogik salohiyatga ega bo‘lishi, ta’lim jarayoniga innovatsion – pedagogik texnologiyalarni qo‘llay bilishi, axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.
Oliy ta’lim muassalarining O‘zbek filologiyasi ta’lim yo‘nalishida dars beradigan filolog o‘qituvchilar talabalarda ijodiy izlanuvchanlik, mustaqil tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun innovatsion ta’limning asosiy maqsadi, vazifalarini ongli ravishda his qilishlari lozim. Innovatsion ta’limning asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarda kelajakkka mas’uliyat hissini va o‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirishdir.
Aslida har bir o‘qituvchi ijodkor, har bir o‘tilgan dars uning betaktor ijodining mahsuli bo‘lishi kerak. Buning pedagog pedagogik texnologiyalarni samarali usullarini qo‘llay bilish mahoratiga ega bo‘lishlik taqozo etiladi. Ma’lumki, “texnologiya”yunoncha co‘z bo‘lib, “techne”–mahopat, can’at va “logos”–tyshyncha, ta’limot, fan ma’nocini anglatadi.“Ta’lim texnologiyaci” ibopacining ma’noci –(inglizcha “An educational technology”) ta’lim japayonini yukcak mahopat bilan can’at dapajacida tashkil etish to‘g‘picida ma’lymot bepyvchi fan, ta’limot demakdip. “Pedagogik texnologiya bu o‘qityvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘qyvchilapga ta’sir ko‘pcatish va bu faoliyat mahcyli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni” (N.Saidaxmedov).
Professor-o‘qituvchilar interfaol metodlarni qo‘llashda metodik qoidalarga to‘liq rioya etishlari lozim. Boshqacha aytganda, interfaol metodlar fanning o‘ziga xos xususiyati, mavzuning maqsad va vazifalari, talabalarning yosh xususiyatlari, mashg‘ulot shakli, auditoriyada maqbul shart-sharoitning mavjudligi kabi jihatlarni aniq hisobga olgan holda qo‘llash lozim. Ammo pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda hamon sun’iylikka yo‘l qo‘yilmoqda. Fanning, mavzuning xususiyatidan kelib chiqmagan vaziyatlarda pedtexnologiyalar ko‘r-ko‘rona qo‘llanilmoqda. Masalan; Ma’ruza mashg‘ulotiga nisbatan bunday yondashuv uning samaradorligini ta’minlashga to‘liq xizmat qilmaydi. Oliy ta’limda o‘qitishning asosiy shakli sifatida ma’ruzaga qo‘yiladigan metodik, shu jumladan ma’ruzachiga qo‘yiladigan talablar mavjud. Mazkur talablarning to‘liq bajarilishi professor-o‘qituvchi (lektor) orqaligina samarali amalga oshishi mumkin. Faqat anjuman-ma’ruza mashg‘ulotlarini talabalarning ma’ruzalari asosida tashkil etish imkoniyati mavjud va bu sohada respublikamizda katta tajriba to‘plangan. Bunda ham anjuman-ma’ruzani tashkil etish va o‘tkazish talablariga rioya qilinishi lozim.
Professor-o‘qituvchilar “interfaol metod”, “strategiya”, “texnologiya” kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini aniq tushunib olishlari lozim. Mazkur tushunchalarning mohiyatini to‘g‘ri anglay olmaslik ularni qo‘llashda ko‘plab metodik qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Oliy ta’limda asosiy e’tibor o‘qitish jarayonini loyihalash (texnologik model) va rejalashtirish (texnologik xarita)ga, ya’ni texnologizatsiyaga qaratilishi kerak. Har bir darsni, hoh u ma’ruza, hoh seminar mashg‘ulotlari bo‘lsin loyihalashtirish va rejalashtirish kutilayotgan natijaga olib keladi. Buning uchun innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Adabiy ta’limga joriy etilishi lozim bo‘lgan innovatsion texnologiyalar xilma-xil. Shulardan eng muhimi – “Tanqidiy fikrlash” texnologiyasi5. Buni adabiyotshunoslikdagi tanqid bilan bir xil degan xulosaga kelmaslik kerak. Tanqidiy fikrlash bu – XXI asr talablarini muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishimizga imkoniyat yaratuvchi, o‘rganayotgan va bajarayotgan ishimizni yanada chuqurroq anglashimizga yordam beruvchi ijobiy ko‘nikmadir. Tanqidiy fikrlash Benjamin Blum tizimiga ko‘ra o‘rganish qobiliyatlarining so‘nggi oliy pog‘onasida turadi. Xorijlik olimlar Djeni Stil, Kert Meredis, Charlz Templarning «Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun o‘qish va yozish» (O‘YOTF) loyihasida quyidagicha ta’kidlanadi: «Odam tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g‘oyalar bilan tanishadi, ularni amalga oshirishdagi mumkin bo‘lgan oqibatlarini ham e’tiborga oladi. Bunda odam bu g‘oyalarni dastlab ma’lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va qarama-qarshi nuqtai-nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun qo‘shimcha mulohazalar tizimidan foydalanadi va bular asosida o‘z nuqtai-nazarini ishlab chiqadi». Shu nuqtai nazardan tanqidiy fikrlash muloqot va guruh bilan ishlash malakalarini rivojlantiradi, ta’lim jarayoniga jo‘shqinlik baxsh etadi, mashg‘ulotlarni o‘qituvchi va talaba uchun quvonchga aylantiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ta’lim jarayonidagi innovatsion o‘zgarishlar avvalo o‘qituvchining innovatsion faoliyatiga bog‘liq. Innovatsion faoliyat –
|