Modul yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar




Download 53,6 Kb.
bet9/13
Sana15.05.2024
Hajmi53,6 Kb.
#234362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Umid Shomurodov kurs ishi 000000

2.2. Modul yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar
Keys‑stadi inglizcha sase – aniq vaziyat, stadi – ta’lim co‘zlarining birikuvidan hosil qilingan bo‘lib, aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. Keys-stadi ta’lim texnologiyasining asosiy tushunchalari qatoriga “vaziyat” va “tahlil”, ushbu ikki tushunchaning uyg‘unlashuvidan kelib chiqqan “vaziyat tahlili” kiradi.
Keys-stadi metodining yana bir bazaviy kategoriyasi bu “tahlil (analiz)”dir. Tahlil etish kategoriyasi obyektni xayolan bo‘laklarga bo‘lish yoki ilmiy tadqiq etish sifatida tushunilishi mumkin. Analizning turli klasifikatsiyalari mavjud bo‘lib ommaviy analiz tasnifini quyidagicha belgilaymiz: tizimli analiz, korrelyatsion analiz, faktorli analiz, statistik analiz va boshqalar.
Keys stadining tarkibiy qismi – muammoli vaziyat (keys)ning yana bir muhim manbai bu ta’lim tizimidir. U ta’lim va tarbiya maqsad va vazifalarini, keys stadi texnologiyasining ta’limning boshqa metodlariga integratsiyasini belgilaydi. O‘quv modul bu keyslarning uchinchi manbaidir. Aynan o‘quv modul keyslarning ikki asosiy metodologiyani belgilab beradi. Ular esa o‘z navbatida analitik faoliyat va tizimiy yondashuv hamda muammoli vaziyatni hal etish jarayonida keys-stadi texnologiyasi tarkibiga integratsiyalashgan boshqa bir qator ilmiy metodlar bilan belgilanadi.
Keys-stadining muammoli vaziyatining determinatsiyasi asosiy manbalari turlicha tasnifga ega bo‘lishi mumkin. Keys-stadini tuzishning amaliyotida asosan bir manbaning usutunlik qilishi kuzatiladi. Ushbu yondashuv, manbalarning ta’siriga ko‘ra, keys-stadi texnologiyasi doirasida keyslarni tasnifiga asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Bunda amaliy keyslarni ajaratish mumkin, ular mutlaq hayotiy vaziyatlarni tavsiflaydi; bundan tashqari ta’limiy keyslar guruhini ham ajratish mumkin, ularning asosiy vazifasi ta’lim berishdir; ilmiy-tadqiqotchilik keyslari, tadqiqotchilik faoliyatini yuzaga keltirish maqsadini ko‘zlovchi keyslar sarasiga kiradi.
Keys-stadi metodidan foydalanishda har bir keysning strukturasi (tuzilishi) alohida ahamiyaga ega bo‘ladi.
Har qanday keys quyidagi strukturaga ega bo‘ladi:

  • vaziyat– muammo, hayotdan misol;

  • vaziyatning konteksti – xronologik, tarixiy, joy konteksti, harakat ishtirokchilari o‘ziga xosliklari;

  • muallif tomonidan keltirilgan izoh;

  • keys-stadi metodi bilan ishlashda topshiriqlar va savollar to‘plami;

  • ilova.

Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, agar tinglovchilarning keysni hal etish texnologiyasi ikki bosqichdan iborat bo‘lsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada ko‘proq samaraga erishish mumkin:
Birinchi bosqich–keysni hal etish bo‘yicha individual (auditoriyadan tashqari) ish.
Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa bo‘lib (auditoriyada) ishlash.
Birinchi bosqich – keysni hal etish bo‘yicha individual ish.
Tinglovchi mustaqil ravishda:
1) keys materiallari bilan tanishadi;
2) taqdim etilgan vaziyatni o‘rganadi, izohlaydi va asoslaydi;
3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish usullarini tanlaydi;
4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi.
Ikkinchi bosqich – keys bo‘yicha jamoa bo‘lib ishlash.
Tinglovchilar kichik guruhlarga bo‘linib, birgalikda keys ustida ishlashadi:
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, qo‘yilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi;
3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yo‘lini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar;
4) taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.
Keysni yechish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini o‘tkazish:
1) real vaziyat yechimiga doir o‘z variantlarini taqdim etadilar;
2) tanlangan harakatlar yo‘lini izohlaydilar va yechimning to‘g‘riligini asoslaydilar;
3) boshqa guruh a’zolarining savollariga javob beradilar va o‘z takliflarini asoslaydilar.
Jamoa bo‘lib keys ustidan ishlash:

  • guruhlar taklif etgan yechimlar variantlarining muhokamasi;

  • taklif etgan yechimlarning o‘zaro baholanishi;

  • taklif etilgan yechimlarning hayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligiga birgalikda (tinglovchilar va o‘qituvchi) baho berilishi ham mumkin.

Keys-stadi metodining ta’lim jarayonida qo‘llanishi quyidagi natijalarga ega bo‘ladi: ushbu metod keng ta’limiy imkoniyatlarga ega bo‘lib, ularni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin – ta’limiy natijalar: ular bilimlarni, ko‘nikmalarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq va tarbiyaviy natijalar: ular o‘z navbatida ta’limning shaxsiy samaradorligiga erishish, tinglovchilarning o‘zaro ta’sir jarayonida o‘zida yangi shaxsiy va kommunikativ, kasbiy fazilatlarini kashf etishi.
Oliy ta’lim tizimida O‘zbek filologiyasi ta’lim yo‘nalishining 1-4 kurslarida o‘tiladigan “Adabiyotshunoslik nazariyasi” fanidan ta’limiy, ilmiy tadqiqotchilik keyslaridan topshiriqlar berish ta’lim mazmunining yanada samarali natijalarga olib keladi. Chunki talaba adabiy-nazariy tushunchalar mohiyatini bilmasdan, badiiy asarni tahlil qila olmaydi. Xususan adabiy turlar va janrlar genezisi, tarixiy taraqqiyotini talqin etishda muammoli vaziyatlar yaratib, ularning yechimini topishga intilish talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Keyslar individual shaklda yoki kichik guruhlarda, auditoriyada yoki auditoriyadan tashqari bajarilishi mumkin. Keyslar talabalarni ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirib, ilmiy-tadqiqotchilik malakalarini shakllantirib boradi. Quyida “Adabiy turlar va janrlar moduli” yuzasidan ta’limiy xarakterdagi keys topshiriqlarini tavsiya etamiz.

Download 53,6 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 53,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Modul yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar

Download 53,6 Kb.