• . Sizningcha, “O‘tkan kunlar”ga qadar ham adabiyotimizda romanlar yaratilganmi Nima uchun “O‘tkan kunlar”ni milliy romanimiz deb ataymiz Ushbu muammoga ijodiy yondoshib, muammoga aniqlik kiriting
  • Keys-1. Milliy adabiyotimizda roman janrining paydo bo‘lish omillarini izohlang?




    Download 53,6 Kb.
    bet10/13
    Sana15.05.2024
    Hajmi53,6 Kb.
    #234362
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Umid Shomurodov kurs ishi 000000
    3 sinf Tarbiya konspekt yangi 2021 2022 yillik konspekt to`liq hajmda, axborot texnologiyadan mustaqil ta\'lim, BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QUVCHILARNING MA’NAVIYATINI TURLI TAHDIDLARDAN, Flanders-Investor-Presentation Sustainability-Bond final (1) (1), campanenta, moylash-materiallarining-qovushqoqlik-xususiyatlariga-harorat-ta-sirini-o-rganish, Reja Innovatsiyalarning-fayllar.org, 7364-Article Text-17816-1-10-20221216, 5 amaliy bt, 1 amaliyot dasturlash, 111, Axmatov Umidning kurs ishi 00001, Mahliyoning kurs ishi 0101, Murodov Shaxzod diplom ishi, Umid Shomurodov 777 111
    Keys-1. Milliy adabiyotimizda roman janrining paydo bo‘lish omillarini izohlang?
    O‘zbek mumtoz adabiyotida nasrning ba’zi ko‘rinishlari uchrab turgan bo‘lsa ham, romanning badiiy barkamol namunasi XX asr tongida 20-yillar boshlarida Abdulla Qodiriy tomonidan yaratildi. Uning “O‘tkan kunlar”i tom ma’nodagi milliy o‘zbek romani edi. U mazkur janrning Yevropa tushunchasidagi namunasi sifatida maydonga keldi. Rus romanchiligida “Yevgeniy Onegin” qanday vazifani ado etgan bo‘lsa, “O‘tkan kunlar” o‘zbek romanchiligi tarixida xuddi shu vazifani ado etdi. Shu tariqa Abdulla Qodiriy o‘zbek romaniga asos soldi. Rus klassiklaridan biri: “Biz hammamiz N.Gogolning “Shinel”idan chiqqanmiz”, degan majoziy so‘zlarini o‘zlariga tatbiq qilgan o‘zbek romannavislari ham “Bizning yo‘limiz “O‘tkan kunlar”dan boshlangan”, deyishsa haqlidirlar. Shu ma’noda, badiiy barkamol har bir o‘zbek romanida “O‘tkan kunlar”ning ta’sirini sezish qiyin emas. “O‘tkan kunlardan keyin milliy adabiyotimizda “Kecha”, “Sarob”, “Qullar” kabi romanlar yaratildi. Sizningcha, “O‘tkan kunlar”ga qadar ham adabiyotimizda romanlar yaratilganmi? Nima uchun “O‘tkan kunlar”ni milliy romanimiz deb ataymiz? Ushbu muammoga ijodiy yondoshib, muammoga aniqlik kiriting?

    Keys-2. Adabiyotshunosligimizda qissaning janr xususiyatlari qay darajada yoritilgan?
    Qissa Sharq adabiyotida qadim zamonlardan buyon faol yashab kelayotgan janr bo‘lib, u turli davrlarda turlicha talqin qilinib keldi. O‘rta asrlar musulmon dunyosida ayrim nomdor pahlavonlar, din yo‘lida qurbon bo‘lgan anbiyo va avliyolar hakidagi epik asarlar bevosita qissa deb atalgan. Xalq og‘zaki ijodiga mansub epik asarlarni nasriy yo‘l bilan hikoya qiluvchi yozma kitoblar ham shu nom bilan bilan yuritilgan. Hozirgi adabiyotda esa biror shaxs hayotining ma’lum bir davriga oid voqealarni bayon etuvchi asarlarga nisbatan qissa termini qo‘llanilgan.
    Adabiyotshunosligimizda qissa janrining o‘ziga xos xususiyatlari, uning povest janriga munosabati kabi nazariy masalalar xususida turlicha qarashlar mavjud. Ayrim adabiyotshunoslar qissani rus va Yev­ropa adabiyotidagi povest janridan farqlanuvchi mustakil janr deb hisoblaydilar. Ma’lum bo‘ladiki, qissa va povest terminlari bir janrning ikki hil nomlanishidan iborat, ya’ni ular esh yoki aynan narsalarning ikki tilga oid so‘zlar vositasida nomlanishidir. Shu sababli ularning har biriga alohida janr deb qarash va sun’iy farqlar topish ortikcha narsa. Qissa va povest yagona janrning ikki xil nomlanishidan iborat ekan, u holda qissa (povest)ga xos yetakchi janr xususiyatlari nimalardan iborat? Adabiyotshunoslikda bu borada qanday izlanishlar olib borilgan?

    Download 53,6 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 53,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Keys-1. Milliy adabiyotimizda roman janrining paydo bo‘lish omillarini izohlang?

    Download 53,6 Kb.