• Ushbu o‘zlashgan janrlar qatoriga ballada, bag‘ishlov, nasriy she’r, oq she’r, elegiya, epitafiya, novella, sonet kabi. Ushbu o‘zlashgan janrlarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat
  • Keys-6. Dramaturgik janrning eng muhim xususiyatlaridan biri – shartlilik. Dramadagi shartlilik, monologik va dialogik nutq tushunchalarini asarlar tahlili misolida izohlang
  • "shartlilik"
  • Adabiy turlar va janrlar




    Download 53,6 Kb.
    bet12/13
    Sana15.05.2024
    Hajmi53,6 Kb.
    #234362
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Umid Shomurodov kurs ishi 000000

    Keys-5. Adabiyotshunoslikda janr tushunchasi bilan birgalikda o‘zlashgan janr birikmasi ishlatiladi. O‘zlashgan janrlarning milliy adabiyotimizda o‘zlashganligini aniqlang?
    Janr (fr. Genre – jins, tur, xil) – adabiy asarlarining tarixan shakllanuvchi tili, muayyan davr milliy yoki jahon adabiyotidagi umumiy xususiyatlari bilan turli ko‘lamdagi guruhlarni tashkil qiluvchi asarlarni anglatuvchi tushuncha. Janr terminining qo‘llanishida turlichalik kuzatiladi, ayrim manbalarda janr termini adabiy tur ma’nosida ham qo‘llaniladi. Shunga qaramay, janr terminining bir adabiy tur doirasidagi umumiy xususiyatlari bilan farqlanuvchi asarlar guruhi ma’nosida qo‘llanishi kengroq ommalashgan. Tarixiy kategoriya sifatida adabiy janrlar vujudga keladi, takomillashadi, iste’moldan chiqadi, har bir alohida janrda ham muttasil sifat o‘zgarishlari kuzatiladi, badiiy ijod amaliyoti uning shakliy va mazmuniy xususiyatlariga muttasil o‘zgartirishlar kiritib boradi. Ikkinchi tomondan, yangi davr adabiyotida, XVIII asrdan boshlab, badiiy ijodda individ rolining muttasil ortib borishi barobarida an’anaviy janr tushunchalari ham yemirilib boradi: endilikda muayyan ijodkorning u yoki bu janrda yaratgan asari ham qator o‘ziga xos janr xususiyatlarini namoyon etaveradi. Yana bir jihati, har bir davr adabiyotidagi janrlar tizimi adabiy an’analarning davomi va adabiy aloqalar natijasi o‘laroq, yanada rang- barang tus oladi: faol janrlar bilan bir qatorda an’anaviy va xorijiy adabiyotlardan o‘zlashgan janrlar ham iste’molda bo‘ladi. Ushbu o‘zlashgan janrlar qatoriga ballada, bag‘ishlov, nasriy she’r, oq she’r, elegiya, epitafiya, novella, sonet kabi. Ushbu o‘zlashgan janrlarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
    Ushbu muammoga aniqlik kiriting? Fikringizni yozma va og‘zaki ravishda bayon qilib, taqdimot o‘tkazing?
    Keys-6. Dramaturgik janrning eng muhim xususiyatlaridan biri – shartlilik. Dramadagi shartlilik, monologik va dialogik nutq tushunchalarini asarlar tahlili misolida izohlang?
    Dramaturg asarda jonlantirmoqchi bo‘lgan hayot materialining barcha unsurlarini ham sahnada qayta yaratish imkoniyati mavjud emas. Shunga ko‘ra, dramatik asar avvalboshdanoq "shartlilik" kasb etadi. YA’ni, muallif mavjud ijro imkoniyatlaridan foydalanib, ayrim ishoralar orqali tomoshabin (o‘quvchi) tasavvurida ko‘p narsalarni uyg‘otishi, bevosita sahnada jonlantirilishi mumkin bo‘lmagan voqealarni shartli ravishda to‘ldirishi zarur bo‘ladi. Masalan, avtor remarkalarida "sahna ortida otlar dupuri, qilichlar jarangi", "sahna ortidan keskin to‘xtagan mashina ovozi eshitiladi" qabilidagi ishoralar beriladi, ularning yordamida sahnada jonlanmagan narsani shartli (ya’ni, o‘quvchi tasavvuridagina) jonlantirish mumkin bo‘ladi. Shunga o‘xshash, syujetga kiritishning imkoni bo‘lmagan voqeani personajlar tilidan muxtasar hikoya qilinishi ham shartlilikning tag‘in bir ko‘rinishidir. O‘z navbatida bu shartlilik personaj nutqiga ham ta’sir qiladi: deylik, personajlarning har ikkisi ham biron bir voqea yoki holatdan xabardor, shunga qaramay, ularning "suhbati" o‘quvchida (tomoshabinda) o‘sha voqea yoki holat haqida tasavvur hosil qilishi zarur, bu asar mazmunining o‘quvchi tomonidan anglanishi uchun zarur. Shu zarurat suhbatni tabiiylikdan chiqaradi, uning muayyan darajada shartlilik (ma’lum darajada sergaplilik) kasb etishiga olib keladi.

    XULOSA

    1. Innovatsion ta’lim texnologiyalari o‘z maqsadi va mohiyatiga ko‘ra an’anaviy ta’limdan farq qilib, ta’lim oluvchi shaxsining ichki imkoniyatlarini namoyon qilish, rivojlantirish uchun qulay sharoitni yaratishga xizmat qiladi. Bunda ta’lim oluvchilarning o‘zlarini o‘quv faoliyatining subyekti sifatida his qilishlari, o‘z ustida ishlashlari, o‘z- o‘zini rivojlantirishlari muhim ahamiyat kasb etadi.


    2. Innovatsion ta’lim texnologiyalarini adabiy ta’limga joriy etish dars samaradorligini oshirib, talabalarning ishtellektual qobiliyatlarini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
    3. Oliy ta’lim muassalarining O‘zbek filologiyasi ta’lim yo‘nalishida dars beradigan filolog o‘qituvchilar talabalarda ijodiy izlanuvchanlik, mustaqil tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun innovatsion ta’limning asosiy maqsadi, vazifalarini ongli ravishda his qilishlari lozim. Innovatsion ta’limning asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarda kelajakkka mas’uliyat hissini va o‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirishdir. Aslida har bir o‘qituvchi ijodkor, har bir o‘tilgan dars uning betaktor ijodining mahsuli bo‘lishi kerak. Buning pedagog pedagogik texnologiyalarni samarali usullarini qo‘llay bilish mahoratiga ega bo‘lishlik taqozo etiladi.
    4. O‘zbek filologiyasi ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Adabiyotshunoslikki kirish”, “Adabiyot nazariyasi”, “O‘zbek adabiy tanqidchiligi” fanlarini o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalarining metod va usullari, tahliliy vositalaridan faydalanib mashg‘ulotlarni tashkil etish o‘qituvchining imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
    5. Bitiruv loyiha ishimizda “Adabiy turlar va janrlar” modulini o‘qitishda innovatsion ta’limning “Tanqidiy fikrlash”, “Tushunchalar tahlili asosida matn tuzish”, “Mantiqiy chalkash zanjir”, “O‘n minutlik esse”, “Insert”, “To‘rtburchak” metodlari, “Rezyume”, “Domino o‘yini”, “FSMU”, “Sinkveyn”, “Klaster”, “Keys” texnologiyalari, “T-chizma”, “Venn diagrammasi” grafik organayzerlarini qo‘llashning samarali usullarini ko‘rsatishga harakat qildik.
    6. “Adabiy turlar va janrlar” modulining epik, lirik, dramatik turlar va ularning janrlarini o‘qitishda innnovatsion texnologiyalarning qaysi metodlarini qo‘llash bevositaning o‘tilayotgan mavzuning xarakteridan kelib chiqadi. Ta’lim jarayoniga rejalashtirilmagan, loyihalashtirilmagan metod va usullarni o‘rinsiz qo‘llash ijobiy natijalarga olib kelmasligi mumkin.
    7. O‘zbek filologiyasi ta’lim yo‘nalishada tahsil olayotgan talabalarning aksariyati ijodkor, izlanuvchan talabalar bo‘lib, pirovard natijada ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltiriladi. Shu jihatdan, adabiy ta’lim jarayonida muammoli ta’lim, ilmiy-tadqiqotchilik metodlari, keyslarini tadbiq etish, mustaqil ta’limga e’tibor berib, mustaqil tadqiqotchilikka imkoniyat yaratish kelgusida iqtidorli mutaxassislarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.



    Download 53,6 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 53,6 Kb.