• Keys-4. G‘azalning janr xususiyatlari. Hozirgi she’riyatimizda g‘azal janri rivoji.
  • Ana shu asoslar nimalardan iborat Muammoning yechimini toping va yozma ravishda taqdimot tayyorlang
  • Yuqorida keltirilgan vaziyatga aniqlik kiriting. Aniq vaziyatda aks etgan asosiy muammo va kichik muammolarga oydinlik kiriting?




    Download 53,6 Kb.
    bet11/13
    Sana15.05.2024
    Hajmi53,6 Kb.
    #234362
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Umid Shomurodov kurs ishi 000000

    Yuqorida keltirilgan vaziyatga aniqlik kiriting. Aniq vaziyatda aks etgan asosiy muammo va kichik muammolarga oydinlik kiriting?

    Keys-3. O‘zbek adabiyotida hikoya janri taraqqiyoti.
    Har qanday badiiy ijod turida “janr” tushunchasi bor. Dar bir janrning o‘ziga xos qiyofasi xam bor. Har qiyofaning tashqi va ichki alomatlarini sanab adog‘iga yetish qiyin. Misol uchun, bir-biriga jondosh va qondoshdsk hikoya, qissa, roman qiyofasidagi o‘xshashliklar va tafovutlar xaqida istagancha mulohaza yuritish mumkin. Bu janrlarga xos tipologiyani farqlamay turib, muayyan janrga mansub asar yaratish xam, uning nazariy masalalari xususida mulohaza yuritish xam to‘g‘ri emas. Faqat, paradoksni qarangki, har qanday janr­ning paydo bo‘lishi, tarixi, shakllanishidan tortib, uning zohiriy va botiniy evolyutsiyasidagi o‘ziga xosliklar hamisha bahs-munozaralarga to‘lib-toshib yotadi. Hikoya janri hajman ixchamligi, shakl va mazmun kompozitsiyasi, qurilishi, til, uslub va boshqa poetik unsurlar originalligi bilan g‘oyaviy-emotsional qiymat kasb etadi. Unda qahramonlar tayyor holda sahnaga chiqishi ham, voqelik tasviri jarayonida yaxlit obraz-xarakterga aylanishi ham mumkin. Bu jihat hikoyanavisning tasvir uslubiga, badiiy niyatini, aniqrog‘i estetik idealiga bog‘liq.
    Bu kichik epik janrning poetik imkoniyatlari kattadir. Hikoya uchun voqeani quruqdan quruq so‘zlab berish emas, balki obrazlar, ramzlar, badiiy usullar vositasida xarakter yaratish muhimdir. Hikoya - inson tafakkuriga bir zarb bilan tezda muhrlanadigan, go‘zal poetik shakl qurilishiga ega adabiy hodisa sanaladi. Hikoya bamisoli o‘z o‘rnida topib aytilgan qanotli ibora, frazeologik birlik, bir gapga joylashgan hikmat. Siz bu hodisani qanday izohlaysiz? Hikoyachilikda “hikoya” bilan bir qatorda “novella” termini uchraydi. Ularning farqli tomonlari bormi? Mumtoz adabiyotda hikoya janriga mansub asarlar yozilganmi? Ushbu muammolarning yechimini toping va yozma tarzda bayon qiling?
    Keys-4. G‘azalning janr xususiyatlari. Hozirgi she’riyatimizda g‘azal janri rivoji.
    G‘azal arabcha ayollarga xushomad qilish, ayollarni madh etish degan ma’noni bildiradi. Sharq mumtoz she’riyatida eng ko‘p tarqalgan lirik janr. 3 – 4 baytdan 19 baytgacha bo‘lgan hajmda yozilib, a-a, b-a, v-a, g-a… tarzida qofiyalanuvchi she’r. O‘zbek mumtoz adabiyotida mazkur janrda ijod qilmagan shoir deyarli topilmaydi. Jumladan, Sayfi Saroyi, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Huvaydo, So‘fi Olloyor, Ogahiy, Uvaysiy, Nodira kabi mumtoz shoirlar o‘zbek adabiyotida g‘azal janri taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shganlar. Adabiyotimizda g‘azal janri rivojiga qo‘shgan tengsiz hissasi uchun Alisher Navoiy haqli ravishda “G‘azal mulkining sultoni ” degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan. Yangi davr she’riyatida g‘azalchilik a’nanalari Habibiy, Charxiy, Chustiy, Erkin Vohidov, Jamol Kamol kabi o‘nlab shoirlarimiz tomonidan muvafaqqiyatli davom ettirildiki , g‘azalni hozirgi sheriyatda ham nisbatan faol bo‘lgan janrlardan sanash uchun yetarli asoslar bor. Ana shu asoslar nimalardan iborat? Muammoning yechimini toping va yozma ravishda taqdimot tayyorlang?

    Download 53,6 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 53,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuqorida keltirilgan vaziyatga aniqlik kiriting. Aniq vaziyatda aks etgan asosiy muammo va kichik muammolarga oydinlik kiriting?

    Download 53,6 Kb.