• Xatolarni toʻgʻirlash
  • Maʻlumotni arxivlash
  •  Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    2.2.10. Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar 
    Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar – turli kompyuter 
    tarmoqlarini boshqarishga, ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqani yoʻlga 
    qoʻyishga xizmat qiluvchi vositalar boʻlib, imkoniyatlariga koʻra 
    quyidagi guruhlarga boʻlinadi:[13] 
    • ketma-ket portlar orqali maxsus kabel yordamida ulangan 
    kompyuterlar oʻrtasida maʻlumot almashishga xizmat qiluvchi vositalar. 
    Bularga Brooklin Bridge, Desk Link, LapLinkIII, Fast Lynx dasturlari 
    misol boʻla oladi; 
    • maʻlumot almashishda telefon kanalidan (agar modem boʻlsa) 
    foydalanishga imkon beruvchi vositalar. Bular Telemate, Procomm, 
    DataLine dasturlari; 
    • kichik lokal tarmoqlarini tashkil qilish hamda ularni boshqarishga 
    imkon beruvchi vositalar. Bular Lantastic, Personal Netware kabi 
    dasturlar; 
    • katta lokal tarmoqlariga fayl-servis xizmatini koʻrsatish va shu 
    tarmoqlarni boshqarish imkonini beruvchi vositalar. Bularga Nowell OS, 
    Unix OS, OS/2, Windows NT, Linux, Windows Server kabi dasturlar 
    misol boʻla oladi;
    • telefon, radio, kosmik yoʻldosh aloqa kanallari, optik-tolali 
    kanallar orqali bogʻlangan xalqaro miqyosdagi kompyuter toʻrlarini 
    boshqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga Internet, Euronet, 
    Fidonet, Relcom kabi tizimlarni boshqaruvchi hamda ular bilan 


    93 
    ishlovchi turli brauzerlar, elektron pochta vositalari, Web-peyjerlar, 
    faks-dasturlar misol boʻla oladi.
    Modem orqali maʻlumot almashinish uchun maxsus dasturlar zarur. 
    Koʻpgina operatsion sistemalar tarkibida bunday dasturlar mavjud va 
    yaratilmoqda. Masalan, Macintosh System da - SmartCom; Windows 
    SmartCom, CrossTolk, WinCom, Comm Works, Telix, Procom Plus, 
    Hyper Terminal; OSF2 Warp da - Hyper Access dan foydalanish 
    mumkin. Kommunikatsion dasturlar kompyuterlar orasida aloqa 
    oʻrnatishdan tashqari yana bir qator quyidagi ishlarni bajaradi:
    - Xatolarni toʻgʻirlash. Maʻlumot uzatilayotganda turli uzilishlar 
    yuzaga kelishi mumkin. Uzilishlar maʻlumot uzatishga taʻsir 
    koʻrsatuvchi tashki xodisadir. Uzilishni elektr tarmogʻidagi qisqa 
    tutashuvlar, kontaktlarning uzatilishi, yaqinda joylashgan kuchli magnit 
    maydon manbalari, masalan, konditsioner yoki televizor keltirib 
    chiqarishi mumkin. Ovoz uzatishda ular unchalik unga taʻsir qilmasa 
    xam uzatish tezligi pasayishi mumkin. Modem oʻzining dasturi bilan 
    birga ishlab uzatishdagi xatolarni tuzatadi va uzilishlarni bartaraf qila 
    oladi. 
    - Maʻlumotni arxivlash. Albatta hajmi qisqargan (arxivlangan) 
    maʻlumotni uzatish uchun kamroq vaqt sarflanadi. Bu esa uzatish 
    tezligini oshiradi va maʻlumot yaxshi saqlanadi. Arxivlash 
    algoritmlarining baʻzilari bilan siz tanishsiz. 
    - Masofadan boshqarish. Masofadan boshqarish dasturlari bir 
    kompyutyerdan turib uzoq masofadagi (bir necha ming kilometrgacha) 
    kompyuterni boshqarishga imkon beradi. Bunday dasturlarning bir qismi 
    siz ishlayotgan kompyutyerda, qolgan qismi uzoqdagi boshqarilayotgan 
    kompyutyerda boʻladi. Bunday dasturlarga Carbon Copy, Norton PC 
    Anywhere, GotoMyPc larni misol keltirishimiz mumkin. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar

    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish