• 2.2.9. Mikrotoʻlqin va sun’iy yuldosh tizimlari
  • Arduino IDE (Integral Development Environment)




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Arduino IDE (Integral Development Environment) dasturiy 
    taʻminoti C tilining AT komandalari asosida ishlovchi dasturiy taʻminot 
    boʻlib, uning yordamida Arduino platformasi uchun dastur tuzishimiz 
    mumkin. Shuningdek, Arduino IDE dasturiy taʻminoti asosida tuzilgan 
    dasturni kompilyatsiya qilishga qulay boʻlib, birdaniga platformaga 
    dasturni yuklash imkonini beradi. 


    91 
     
    2.2.22- rasm. Arduino UNO plarformasining tashkil etuvchilari 
    Buning uchun esa 2.2.21-rasmda koʻrsatilgan “A to B” kabeldan 
    foydalaniladi. 
    Arduino 

    Arduino 
    platformasi 
    AVR 
    tipidagi 
    mikrokontrollerlar asosida ishlaydi. Uning eng qulay jihati shuki, boshqa 
    bir mikrokontroller ishlatilganda uning ehtiyojlari uchun kristall 
    rezonator, kondensatorlar, programmator va qurilma elementlari 
    ishlatiladi.
    2.2.9. Mikrotoʻlqin va sun’iy yuldosh tizimlari 
    Simli aloqa vositalari xali uzoq vaqt saqlanishi muqarrar. 
    Birinchidan, optik tolali kabel orqali maʻlumot uzatish tezligi 
    mikrotoʻlqin va yuldosh tizimiga nisbatan 10000 marta yuqori. 
    Ikkinchidan, ulardan maʻlumotlarni “oʻgʻirlash” qiyinroq. Ammo, 
    koʻpgina yangiliklar aynan shu simsiz kommunikasiyada roʻy beradi. 
    Bundan tashqari, koʻpgina xollarda simli aloqani tashkil qilish juda 
    qiyin.
    Mikrotoʻlqin tizimlari maʻlumotni atmosfera orqali yuqori chastotali 
    radiotoʻlqinlar shaklida uzatadi. Mikrotoʻlqin chastotasi 1 GGts va 
    undan yuqori. Bu toʻlqinlarni uzatish va qabul qilish uchun maxsus 
    antennalardan foydalaniladi. Bu antennalar tepaliklarda joylashtiriladi, 
    chunki bu toʻlqin toʻgʻri chiziq boʻylab tarqaladi va to’siqlarni aylanib 


    92 
    oʻta olmaydi. Shuning uchun uzatuvchi va qabul qiluvchi bir-biriga 
    “qarab” turishi kerak [11]. 
    Mikrotoʻlqinlarni uzatish va qabul qilishda yerdagi balandlikdagi 
    stansiyalarni yaratish maʻlum qiyinchiliklarga olib keladi. Bu 
    qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun “uchar stantsiyalar” - yaʻni 
    yoʻldoshlar yaratilgan. Fazodagi yoʻldosh va yerdagi antenna oʻrtasida 
    toʻsiq boʻlmaydi va antenna balandlikda joylashishi xam shart emas. 
    Odatda bu yoʻldoshlar 22300 milya (36800 km) balandlikda yer 
    atrofida oʻz orbitalarida aylanishlari kerak. Baʻzi yangi tizimlarda ular 
    pastroqda “joylashgan”. Ularning aylanish tezligi yerning oʻz oʻqi 
    atrofida aylanish tezligi bilan bir xilligi sababli ular yerga nisbatan 
    “xarakatsiz”. Ular quyosh batareyalariga ega. Ular maʻlumotni bir 
    antennadan qabul qilib boshqasiga uzatishga, shuningdek, xam raqamli, 
    xam analogli signallarni uzatishga qodir.

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Arduino IDE (Integral Development Environment)

    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish