3.1.2. Lokal hisoblash tarmogʻi turlari LHTning asosiy ikki turi mavjud: kliyent-server va piring. Kliyent-server tipidagi LHT. Bu tipdagi LHT talab qiluvchi
mikrokompyuter – kliyentlar va xizmat koʻrsatuvchi qurilmalar-
serverlardan iborat. Server taqsimlangan maʻlumot va qurilmalarni
(masala, printer) boshqarib turadi. Tarmoq operatsion sistemasining bir
qismi esa serverlarda joylashadi. Tarmoq operatsion sistemasi uzoqdagi
disklarni “yaqinlashtiradi”. Server odatda kuchliroq kompyuter boʻlib,
katta operativ xotira va katta sigʻimli qattiq diskka ega boʻladi. Yaqin
oʻtmishda Novell Netware tarmoq operatsion sistemasi boshqaruvi
ostida ishlovchi LHTlar eng koʻp tarqalgan edi. Kliyent-server
texnologiyasi Internet tarmogʻiga ulanishda ham amal qiladi. Kliyent
mashina GUI asosidagi operatsion sistema va brouzerga ega boʻlishi
yetarli.
Bitta LHTda turli vazifalar uchun turli serverlar ajratilishi mumkin
(fayl-server, maʻlumotlar bazasi serveri, bosmaga chiqarish serveri va
hokazo).
Piring (peer-to-peer) tipidagi LHT. “Peer” soʻzi “oʻzga bilan teng
huquqli” degan maʻnoni bildiradi. Piring tipidagi LHTda barcha
kompyuterlar hech qanday serversiz bir-birlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri
muloqot qilishadi. Bunda tarmoq operatsion sistemasi har bir kompyuter
ham server, ham kliyent boʻlishiga imkon beradi. Shuning uchun bir
kompyutyerdagi har qanday fayldan tarmoqning ixtiyoriy boshqa
foydalanuvchisi foydalanishi mumkin. Piring tarmoqlari kliyent-server
tarmoqlariga nisbatan arzonroq va 25-tagacha kompyuter bilan samarali
ishlaydi. Kompyuterlar soni bundan oshsa, maʻlumot almashinish tezligi
keskin pasayadi, chunki har bir kompyuter 25 dan ortiq kompyuterga
99
xizmat koʻrsatishiga toʻgʻri keladi. Koʻpgina LHTlar ham kliyent-server,
ham piring tipidagi tarmoq birlashmasidan iborat.