• So’nggi milya
  • Wimax tizimlarining ishlash printsiplari
  • Maruza 14 Wimax tizimlarining maqsadi va vazifalari. Ishlash printsipi va ishash rejimlari Wimax tizimlarining maqsadi va vazifalari Worldwide Interoperability for Microware Acces Wimax




    Download 0,62 Mb.
    bet1/3
    Sana16.11.2023
    Hajmi0,62 Mb.
    #99713
      1   2   3
    Bog'liq
    14 WiMAX тизимларининг мақсади ва вазифалари


    MARUZA 14
    WiMAX tizimlarining maqsadi va vazifalari. Ishlash printsipi va ishash rejimlari


    WiMAX tizimlarining maqsadi va vazifalari


    Worldwide Interoperability for Microware Acces (WiMAX, inglizchadan, O’YuCh diapazonida ulanish bo’yicha butun dunyo hamkorligi) - bu IEEE instituti (802.16 guruhi) tomonidan standartlashtirilgan katta masofalarda “so’nggi milya” muammosini («So’nggi milya» deb abonent uskunasini provayderning (aloqa operatorining) ulanish nuqtasi bilan bog’lovchi kanal tushuniladi. Masalan, Internet tarmog’iga ulanishda so’nggi milya deb provayderning kommutatori portidan to abonentning marshrutizatori portigacha bo’lgan qism nazarda tutiladi) alternativ echimi sifatida qayd qilingan simli liniyalar va kabel texnologiyalarini to’ldiruvchi keng polosali simsiz ulanish texnologiyasidir. WiMAX texnologiyasidan shahar miqyosida keng polosali ulanish tarmoqlarini (ingl. Metropolitan Area Networks, MAN) yaratish, simsiz ulanish nuqtalarini tashkil qilish (“nuqta - ko’p nuqta” rejimi), bir-biridan olis ob’ektlar orasida yuqori sifatli aloqa tashkil etish (“nuqta - nuqta” rejimi) va shunga o’xshash masalalarni echish uchun foydalanish mumkin.
    WiMAX ma’lumot uzatish tezligi bo’yicha simli tarmoqlar bilan taqqoslana oladigan va unumdorlik hamda qoplash bo’yicha zamonaviy Wi-Fi tarmoqlaridan yuqoriroq bo’lgan Internetga tezkor ulanish uchun yaratilgan texnologiya hisoblanadi. O’z navbatida, aynan Wi-Fi lokal tarmoqlari yoki foydalanuvchilarning turli tijorat va maishiy simli tarmoqlari WiMAX “magistral tarmoqlari”ning davomi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ideal holatda, WiMAX, soha standartlariga asoslangan bo’lib, shaharlar va qishloqlarda uy foydalanuvchilari, korxonalar va mobil simsiz tarmoqlar uchun yuqori tezlikdagi, shu bilan birga, nisbatan qimmat bo’lmagan aloqani tashkil etish uchun ishlab chiqilgan texnologiya hisoblanadi.


    Wimax tizimlarining ishlash printsiplari

    WiMAX tizimi quyidagi ikki asosiy qismlardan tashkil topgan:



    1. WiMAX bazaviy stantsiyasi baland ob’ektda yoki minoradi joylashishi mumkin.

    2. WiMAX qabullagichi : qabullagichli antenna (1-rasm).

    Bazaviy stantsiya va mijoz qabullagichi orasidagi bog’lanish O’YuCh 2-11 GGts diapazonda amalga oshiriladi. Bu bog’lanish ideal sharoitlarda ma’lumotlarni 20 Mbit/sekund tezlikda uzatish imkoniyatini beradi va stantsiya foydalanuvchidan ko’rish zonasi masofasida bo’lishini talb qilmaydi. WiMAX bazaviy stantsiyasining bu rejimi keng ishlatiladigan 802.11 (Wi-Fi) standartga yaqin, bu WiMAX da ham chiqarilgan mijoz qurilmalarining moslashishiga ruxsat etadi.



    Автомобиль йўллари

    WiMAX базавий станцияси



    WiMAX базавий станцияси

    WiMAX базавий станцияси

    Офис тармоқлари

    Туман тармоқлари

    Олисдаги туманлар

    1-rasm. WiMAX arxitekturasi


    Qo’shni bazaviy stantsiyalar orasida to’g’ri ko’rinishdagi 10-66 GGts o’ta yuqori chastotalardan foydalanishli radioaloqa doimiy bog’lanish o’rnatiladi. Bu bog’lanish ideal sharoitlarda ma’lumotlarni 120 Mbit/sekund tezlikda uzatish imkoniyatini beradi. To’g’ri ko’rinish bo’yicha chegaralash, tabiiyki, avzallik emas, lekin u faqat tumanni butunlay qamrab olishda qatnashadigan bazaviy stantsiyalarga qo’yiladi, bu qurilmalarni joylashtirishda ishlatilishi mumkin stantsiyalardan biri .


    Minimum darajada bazaviy stantsiya keng polosali katta tezlikli bog’lanish orqali provayder tarmog’iga doimiy ulanishi mumkin. Qancha ko’p stantsiyalar provayder tarmog’iga ulanishga ega bo’lsa, mu’lumoilrni uzatish tezligi va ishonchliligi shunchalik katta bo’ladi. Lekin, hatto nuqtalar soni uncha katta bo’lmaganda ham tizim sotali topologiya hisobiga yuklamani aniq taqsimlashga qodir bo’ladi.

    Туман тармоғи


    Download 0,62 Mb.
      1   2   3




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maruza 14 Wimax tizimlarining maqsadi va vazifalari. Ishlash printsipi va ishash rejimlari Wimax tizimlarining maqsadi va vazifalari Worldwide Interoperability for Microware Acces Wimax

    Download 0,62 Mb.