|
WiMAX tarmog’ining ishlash rejimlari
|
bet | 2/3 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #99713 |
Bog'liq 14 WiMAX тизимларининг мақсади ва вазифалари
Hozirgi kunda keng tarqalgan va asosiy standart hisoblanuvchi WiMAX standartining ikkita versiyasi mavjud: IEEE 802.16d va IEEE 802.16e IEEE 802.16d standarti fiksatsiyalangan (rus. fiksirovanniy) aloqali simsiz ulanishni tavsiflaydi va uzoqlashtirilgan statsionar abonentlar ulanishi uchun mo’ljallangan. O’z texnik xarakteristikasiga ko’ra (o’tkazish polosasi 20MGts chastota polosasida 75Mbit/sek. gacha etadi, aloqa masofasi 50km gacha), bu standart turli variantdagi simli keng polosali abonent ulanish usullarining alternativ varianti hisoblanadi.
IEEE 802.16e standarti harakatdagi foydalanuvchilar uchun keng polosali “mobil” xizmatlarni ko’rsatish uchun mo’ljallangan. Ushbu standartda maksimal ma’lumot uzatish tezligi 5MGts chastota polosasida 20Mbit/sek ni tashkil etadi, aloqa masofasi – 5-10km ga teng. IEEE 802.16e standarti BS va AQ (abonent qurilmasi) orasida bog’lanishda mobillik (harakatchanlik) jihatdan ayniqsa takomillashgan hisoblanib, shuningdek avvalgi barcha standartlarning imkoniyatlarini ham o’z ichiga oladi va quyidagi rejimlarda ishlaydi.:
Fiksatsiyalangan aloqali (bir joydan qo’zg’almay yoki statsionar holatda) ulanish (ingl. Fixed WiMAX);
Seansli ulanish (ingl. Nomadic WiMAX);
Ko’chma yoki siljish rejimidagi ulanish (ingl. Portable WiMAX);
Mobil ulanish (ingl. Mobile WiMAX).
WiMAX tarmog’i ishlash rejimlarini batafsil ko’rib chiqamiz.
Fiksatsiyalangan ulanish
Fiksatsiyalangan ulanish o’z tuzilishiga ko’ra keng polosali simli texnologiyalarga (xDSL, T1/E1, optik tolali texnologiyalar) o’xshash bo’ladi. Dastlab IEEE 802.16 standarti 10-66GGts chastota diapazonida ishlash uchun mo’ljallangan. Ushbu chastota diapazoni radioaloqaning asosiy muammolaridan biri bo’lgan – radioto’lqinlarning ko’p nurli (ko’p tashkil etuvchili) tarqalishidan saqlanish imkonini beradi. Ushbu chastota diapazonida bu aloqa kanali kengligi bilan 120Mbit/sekunddan ortiqroq tezliklarda ma’lumot uzatishga erishish mumkin. Fiksatsiyalangan ulanish rejimi IEEE 802.16d-2004 standarti bilan tavsiflangan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Fiksatsiyalangan ulanish rejimida xizmat ko’rsatuvchi ko’pchilik operatorlar to’liq mobil rejimga o’tishni yoki ikkala standartni ham bir vaqtda qo’llashni loyihalashtirmoqdalar.
Seansli ulanish
Seansli ulanish mavjud fiksatsiyalangan ulanish rejimli WiMAX ga seans tushunchasini qo’shdi. Seansning mavjud bo’lishi turli baza stantsiyalari orqali ulanishni o’rnatish va ma’lum bir davr orasida AQ ni erkin ko’chishiga imkon beradi. Ushbu rejim asosan portativ uskunalar(, masalan, noutbuk, KPK) uchun ishlab chiqilgan va portativ uskunalar uchun juda muhim bo’lgan AQ energiya iste’molini kamaytirish imkonini beradi.
Ko’chma ulanish
Bu rejimda ulanish uchun biror WiMAX baza stantsiyasidan boshqa baza stantsiyasiga aloqani yo’qotmagan holda abonentni avtomatik ulashni amalga oshirish imkoniyati qo’shilgan (rouming). Lekin ushbu rejim uchun AQ harakatlanish tezligi 40km/soat dan oshmasligi kerak. Shunday bo’lsa ham, ushbu rejimdan AQ avtomobilda, velosipedda va yayov holatda chegaralangan tezlik bilan harakatlanganda foydalanishi mumkin. Ushbu rejimga kirish smartfon, kommunikator va ChPK lar uchun WiMAX texnologiyasidan foydalanishga mos ravishda amalga oshirilgan. Bunday ko’chma ulanishli WiMAX rejimida ishlovchi uskunalarning chiqishi 2006 yildan boshlandi.
Mobil ulanish
Ma’lumki, ushbu rejim IEEE 802.16e standartida ishlab chiqilgan va AQ si 120km/soat tezlikkacha harakatlanganda barqaror aloqani ta’minlash imkonini berdi. Mobil WiMAX ning asosiy ustunliklari va kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
Signalning ko’p nurli tarqalishiga va shaxsiy xalakitlarga bardoshliligi.
Kanal o’tkazish qobiliyatining kengayuvchanligi.
Asimmetrik oqimni tashkillashtiruvchi va antenna tizimlarini samarali boshqarishda foydalanuvchi vaqt bo’yicha signal tarqatish dupleks (TDD).
Xizmat ko’rsatish sifati QoS da HARQ texnologiyasidan foydalanilib, AQ harakat chog’ida o’z yo’nalishini o’zgartirganda aloqani ishonchli saqlab turish imkonini beradi.
Kutish rejimlarida AQ energiya ta’minotini tejaydi, batareyaning ishlash muddatini cho’zadi.
AQ qayta ulanishini optimallashtirilgan texnologiyasi – HHO kanallar orasida ulanish vaqtini 50ms gacha qisqartirish imkonini beradi.
MBS guruhli va keng polosali xizmat ko’rsatish xizmatlarini ta’minlaydi:
Bitta chastotada ko’plab foydalanuvchilarga signal uzatishni ta’minlash orqali tarmoqning yuqori samaradorligiga erishish;
Tarmoqning radiochastota resurslaridan samarali foydalanish;
Abonent uskunasining elektr sarfini kamaytirish;
Kanallar orasida tezkor ulanishlarni amalga oshirish.
Chastotani takrorlash usullari minimal yo’qotishlar bilan chastotadan foydalanish uchun kanallarni ustma-ust qo’yish/kesishtirishni boshqarish imkonini beradi.
MAC-kadr o’lchami 5msda kichik paketlardan foydalanib ma’lumot uzatish ishonchliligi va paketlar sonini qo’paytirish xarajatlari orasida o’zaro kelishuvni ta’minlaydi.
WiMAX tarmoqlariga mobil xolatda ulanish turli darajadagi mobillikni ta’minlovchi har xil abonent uskunalari bilan ta’minlanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
binolar ichida qo’llanilish uchun uskunalar, shuningdek ular klient uskunalari (Customer Premises Equipment, CPE) deb nomlanadi;
Binolar tashqarisida qo’llash uchun uskunalar, masalan, tashqi WiMAX antennalari;
Portativ kompyuterlarga o’rnatiladigan PC-kartalar;
Portativ kompyuterlar ichiga joylashtirilgan WiMAX modullari;
WiMAX interfeysiga ega cho’ntak kompyuterlar va kommunikatorlar
WiMAX tarmog’ining har xil ishlash rejimlari asosiy xarakteristikalari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval. WiMAX tarmoqlarining ishlash rejimlari
|
| |