Maruza 14 Wimax tizimlarining maqsadi va vazifalari. Ishlash printsipi va ishash rejimlari Wimax tizimlarining maqsadi va vazifalari Worldwide Interoperability for Microware Acces Wimax




Download 0,62 Mb.
bet3/3
Sana16.11.2023
Hajmi0,62 Mb.
#99713
1   2   3
Bog'liq
14 WiMAX тизимларининг мақсади ва вазифалари

Ulanish
turi

Uskuna turi

Uskunalar soni/abonent xarakati tezligi

Xendover” ni qo’llab-quvvatlash

802.16-
2004 ctandar-ti

802.16a
standar-ti

Turg’un ulanish

Tashqarida va ichkarida joylashgan “xotspot” lar

Yakka uskuna/ turg’un abonent

Yo’q

Ha

Ha

Ko’chma ulanish

Ichkarida joylashgan “xotspot” lar, portativ ShK lar uchun PCMCIA-adapterlar

Ko’p sonli uskunalar/ abonent turg’un

Yo’q

Ha

Ha

Portativ
ulanish

Portativ ShK lar uchun PCMCIA-adapterlar, kichik adapterlar

Ko’p sonli uskunalar / piyoda tezligi

Dag’al “xendover”

Yo’q

Ha

Asosan mobil ulanish

Portativ ShK lar uchun PCMCIA-adapterlar, kichik adapterlar, ChPK, smartfonlar

Ko’p sonli uskunalar / kichik tezlikda harakatlanuvchi transport vositasi

Dag’al “xendover”

Yo’q

Ha

To’liq mobil ulanish

Portativ ShK lar uchun PCMCIA-adapterlar, kichik adapterlar, ChPK, smartfonlar

Ko’p sonli uskunalar / katta tezlikda harakatlanuvchi transport vositasi

Yumshoq “xendover”

Yo’q

Ha


WiMAX tarmog’ini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari



IEEE802.16 standarti shahar va rayonlar masshtabidagi simsiz tarmoqlarda keng polosali aloqa tashkil qilish mo’ljallangan (WMAN). Standartning boshqa vazifasi lokal, hududiy va global tarmoqlar o’rtasida o’zaro aloqani ta’minlash hisoblanadi. Bu tarmoqlar shuningdek simsiz shaxsiy tarmoqlar bilan ham birgalikda ishlaydi va simli va simsiz tarmoqlar orasida protokollararo ierarxik bog’lanishni ta’minlovchi simsiz ko’priklarni vujudga keltiradi.
Bu vazifalarni bajarish uchun WiMAX tarmog’ini tashkil etishning turli variantlari ko’rib chiqilgan. Umumiy holatda WiMAX tarmog’i topologiyasi quyidagi ko’rinishda tasvirlanadi (2-rasm.):

2-rasm. WiMAX tarmog’i topologiyasi

WiMAX tizimlarida avval magistral liniyalarni tashkil etish uchun 10-66MGts dastota diapazonidan foydalanish qo’zda tutilgan, hozirgi foydalaniladigan versiyalarida esa 2 dan 11 MGts dastota diapazonida 3,5; 5; 7,5; 8,75 va 10 MGts kanal kengligida ishlaydi. Bunda ±10-6 chegarada chastota barqarorligini ta’minlash zarur. Tarmoq baza stantsiyalari binolar tomlarida yoki machtalarda joylashtiriladi. Shuningdek, turli baland inshootlardan,simyog’ochlardan va, hattoki, daraxtlardan baza stantsiyalarni o’rnatishda foydalanish mumkin. Biror hududdagi ko’p sonli abonentlarga simsiz keng polosali ma’lumotlar uzatish xizmatini taqdim etish uchun WiMAX baza stantsiyalari abonent uskunalari bilan “nuqta- ko’p nuqta” topologiyada aloqani amalga oshiradi (3-rasm).


Bu chizma bo’yicha BS WiMAX abonenti uskunalari yordamida foydalanuvchilar bilan bog’lanadilar, keyin signal Ethernet-kabel standarti bo’yicha yoki to’g’ridan-to’g’ri aniq kompyuterga, yoki IEEE 802.11 (Wi-Fi) ulanish nuqtasi orqali qabul qilinadi. Bu WiMAX orqali kabelli ulanishdan simsiz ulanishga o’tishda mavjud hudud yoki ofis tizimidagi lokal tarmoqlarning infrastrukturasini saqlab qolish imkonini beradi. Bundan tashqari kompyuterlar ulanishi uchun standart texnologiyalardan foydalanuvchi tarmoqlarni yoyishni maksimal darajada kengaytirish imkonini beradi.



3-rasm. «Nuqta-ko’p nuqta» rejimida WiMAX tarmog’i topologiyasi


Uzoqlashtirilgan ob’ektlar orasida simsiz keng polosali aloqani tashkil qilish uchun «nuqta-nuqta» rejimidan foydalaniladi (4-rasm).





4-rasm. “Nuqta-nuqta” rejimidagi WiMAX tarmog’ining topologiyasi


«Nuqta-nuqta» rejimida turli tarmoq ko’rinishlari va ularning kombinatsiyalaridan foydalaniladi. 5-rasmda WiMAX tizimi uchun qo’llaniluvchi turli ko’rinishdagi tarmoq topologiyalari tasvirlangan.


WiMAX tarmoqlarida shuningdek «mesh» rejimida aloqa tashkil qilish mumkin,bunda AU to’g’ridan-to’g’ri bir-biri bilan aloqani amalga oshiradi, bazaviy stantsiyasi esa asosiy tarmoqlar infrastrukturasi va mesh tarmoqlari o’rtasida kommutator hisoblanadi. (6-rasm). «mesh» rejimini qo’llash natijasida tarmoqning radioqoplam zonasi yuqori tezlikda ma’lumot uzatishni ta’minlash bilan 50km gacha oshadi, bu holda bitta BS ning oddiy holdagi radiusi 5-10km ni tashkil etadi.



5-rasm. “Nuqta-nuqta” rejimidagi WiMAX tarmog’ining ko’rinishlari



6-rasm. «Mesh» rejimida WiMAX tarmog’i topologiyasi


WiMAX tarmoqlari «ko’p nuqta - ko’p nuqta» rejimida qurilishi mumkin, shuningdek u «nuqta-ko’pnuqta» rejimini ham ta’minlaydi. (7-rasm).



7-rasm. «Ko’p nuqta - ko’p nuqta» rejimidagi WiMAX tarmog’ining topologiyasi


Bunda BS lokal trafikni tashkil qilish uchun radioterminal yoki takrorlagich bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar oqimi abonentga etib borguncha, bir necha takrorligichlardan o’tishi mumkin. Bu holatda antenna masofadan sozlanadigan tor yo’nalishda signal uzatuvchi antenna bo’ladi. Takrorlagichlar aloqa qilinuvchi nuqtalar orasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatish imkoni bo’lmagan vaziyatlarda fo’llaniladi. Ular BS dan bir yoki bir necha abonent uskunalariga signal uzatadi.


WiMAX tizimlari uskunalari o’z ichiga abonent terminallarini, asosiy tarmoq uskunalarini, tugunlararo kanallarni va takrorlagichlarni oladi.
Download 0,62 Mb.
1   2   3




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maruza 14 Wimax tizimlarining maqsadi va vazifalari. Ishlash printsipi va ishash rejimlari Wimax tizimlarining maqsadi va vazifalari Worldwide Interoperability for Microware Acces Wimax

Download 0,62 Mb.