3.3.1- rasm. Intranet va extranet tarmoqlarining tuzilishi
Intranet ananaviy kompyuter tarmoqlaridan farqli qator sifatlarga
ega. Bular:
•
Boshqaruv
va
yuridik
shaxs
faoliyati
yo’nalishlarini
avtomatlashtirishda Intranet texnologiyasi uzida odatda bir-biriga zid
bo’lgan markazlashtirish (nazorat va boshqaruvga nisbatan) va
taqsimlanganlik (Aloqa va ijroga nisbatan) tamoyillarini birlashtirishga
imkon beradi;
•
Axborot resurslaridan foydalanish va ularni yaratib saqlash
tamoyili ko’proq undan foydalanuvchilar manfaatiga mos keladi,
axborot foydalanuvchilar uchun zarur va qulay shaklda beriladi;
•
Axborotga kirish universal va sodda, asosan bir xil brauzer
vositasida amalga oshiriladi. Bu xizmatchilarga qo’shimcha qulayliklar
tug’diradi.
•
Resurslar ish joylarida yaratilib markazlashgan xolda, Web -
serverlarda saklanadi, unga kirish intizomi aniq belgilab qo’yiladi,
axborot himoyasi osonlashadi;
143
•
Intranet o’ziga xos taqsimlangan dasturiy, axborot va aloqa
muhitini o’zida mujassamlantirgan;
•
Axborot oqimi matn, tasvir, audio, video ko’rinishida bo’lgani
uchun guruhiy faoliyatlar tele-, video-konferentsiyalar asosida yo’lga
qo’yilishi oson;
•
Intranet avvalgi tarmoq turlariga nisbatan iqtisodiy samarali, uni
mavjud turli-tuman vositalar, Aloqa kanallari asosida xam tez yo’lga
qo’yish mumkin. Bu investitsiyalarni iqtisod qilishga imkon beradi.
Intranetdan
yuridik
shaxslar
quyidagi
yo’nalishlarda
foydalanadilar:
•
Yuridik shaxs xujjatlarini elektron nashr qilib turish. Intranet
serverlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, aksiyalar ro’yhati, ichki
ma’lumotnomalar, standartlar, qoidalar va umuman yuridik shaxsning
e’lon qilinadigan xar qanday xujjati Web - sahifalar tarzida chiqarib
turiladi. Shunday qilib yuridik shaxsning barcha xodimlari va
mexmonlar uchun zarur axborot Web -sahifalarda yuritilib boriladi.
•
Yuridik
shaxsning
ma’lumotlar
bazasi(jamgarmasi)dan
foydalanish. Intranetdan foydalanuvchi brauzer vositasida serverdagi
ma’lumotlar bazasi bilan tula ishlay oladi: server bazasidagi
ma’lumotlarni uzgartish, ulardan foydalanish uchun uning HTML
shaklini olib ishlab, sungra serverga qaytarish kifoya. Server tegishli
uzgarishlarni ma’lumotlar bazasiga o’zi kiritib qo’yadi.
•
Xat-xabar, xujjatlar bilan almashish. Buning uchun E-mail va
UseNet xizmatlarini ishga tushirib qo’yish kifoya.
•
Interaktiv (o’zaro faol) ishlash. Buning uchun interaktiv
munosabatlarni amalga oshiruvchi Web -sahifalarni tegishli dasturlar
bilan ta’minlab qo’yish kifoya.
•
Yuridik shaxsni avtomatlashtirish tizimi. Xozirgi kunda xujjatlar
oqimini Intranet asosida yo‘lga ko‘yishda marketing, buxgalteriya, reja
bo‘limi, moliya bo’limi omborxona ishlari va boshqa bo’limlar ishini
avtomatlashtirishda Intranet texnologiyalari keng qo’llanilmoqda.
•
Ta’lim va malaka oshirish. Yuridik shaxsni ta’lim va ilmiy-texnik
axborot bilan ta’minlashda Intranetga muqobil yechim topish qiyin.
Universitet, kollej, ilmiy muassasalarning talaba, professor – o’qituvchi
va boshqa xodimlari uchun Intranet muhitining qulayliklari haqida
ortiqcha so’zga xojat xam yo’q.
Intranet texnologiyasi yuridik shaxsning mavjud maxalliy(lokal) yo
mintaqaviy (keng makonli - global) kompyuter tarmog’i negizida tez va
eng kam sarf-xarajatlar evaziga Intranet hosil qilish imkonini beradi.
|