Tarmoq texnologiyalari




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/243
Sana31.05.2024
Hajmi7,35 Mb.
#258127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Taqrizchilar: 
 
 
 
 
ISBN 978-9943-2441-7-7
 
O.X. Toʻraqulov
–pedagogika fanlari doktori
dotsent 
S.О. Тоvbоyеv – 
texnika fanlari nomzodi

dotsent 
F.Xaitov
- texnika fanlari nomzodi

dotsent 
© Begbo’tayev A.E, Yusupov R.M. 2020 
© «Tafakkur » nashriyoti, 2020 



KIRISH 
Jahonda axborot makonining globallashuvi, ochiqligi va ommaviy 
kommunikatsiyaning kuchayishi integratsiyalashgan ta’lim muhitida 
ta’lim oluvchilarning kasbiy va ijodiy rivojlanishini ta’minlash 
imkoniyatlarini 
kengaytirmoqda. 
Ta’lim sohasidagi rivojlanish 
tendensiyalari axborotlashgan jamiyatda o‘qitishning zamonaviy 
didaktik vositalarini kengroq joriy etish va ularning samaradorligini 
yanada oshirishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Dunyo hamjamiyatida 
YUNESKOning 
“O‘qituvchilarning 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari bo‘yicha kompenentligini rivojlantirish” dasturi va 
“Evropa Kengashi mamlakatlarining 2020 yilga qadar ta’lim va 
kadrlarni kasbiy tayyorlash sohasidagi Hamkorlik strategiyasi” asosida 
keng ko‘lamli amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimiz ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan 
uygʻunlashtirib, oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati 
hamda raqobatbardoshligini taʻminlash, jahon amaliyotiga asoslangan 
oliy ta’lim tizimining sifat darajasini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimiga 
ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali 
metodlarini ishlab chiqish ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida eʻtirof 
etilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 
fevraldagi PF-4947- sonli «Oʻzbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni, 
2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli «Oliy ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi va 2018 yil 5 iyundagi PQ-
3775-sonli «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va 
ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda 
faol ishtirokini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida»gi qarorida belgilangan vazifalarni bajarish, oliy ta’lim 
muassasalarini ilgʻor jahon tajribalari asosida yaratiladigan yangi avlod 
darslik, oʻquv qoʻllanmalari hamda davriy nashrlar bilan tizimli 
taʻminlash maqsadida qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan 
taʻminlash toʻgʻrisida” gi 2018 yil 10 oktyabr, 816-son qarori hamda 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning amalga 
oshirilishi va hayotga tatbiq etilishiga ushbu o’quv qo’llanma muayyan 
darajada xizmat qiladi.
Jumladan, bunda oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun 
xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid 



qilish va foydalanish, oʻquv adabiyotlari bilan taʻminlash hamda 
darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini yangilab borish kabi vazifalar 
belgilab berilgan. Shu nuqtai nazardan boʻlajak mutaxassislarda kasbiy 
faoliyatga oid oʻquv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning shakl, 
metod va vositalari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv 
jarayoniga qoʻllash metodlari, “Tarmoq texnologiyalari” fanidan oʻquv 
jarayoni uchun oʻquv-uslubiy taʻminotlarni yaratish dolzarb hisoblanadi 
va ushbu qoʻllanma aynan shu maqsadga yoʻnaltirilgan. 
Sizga tavsiya etilayotgan ushbu oʻquv qoʻllanma pedagogika oliy 
ta’lim muassasalarida talabalarga oʻtiladigan “Tarmoq texnologiyalari” 
fanidan maʻruza mashgʻulotlarini o`tkazish boʻyicha zamonaviy nazariy 
maʻlumotlarini oʻz ichiga olgan. Jumladan, kompyuter tarmoqlari, 
tarmoq qurilmalari va funksiyalari, kompyuter tarmoqlarini yaratishning 
asosiy tushunchalari, modellari va usullari, protokollar va ularning 
qoʻllanilishi, TCP/IP protokollar stekini tashkil qilish (IPv4 va IPv6), 
OSI etalon modeli, asosiy marshrutlash va kommutatsiya protokollari, 
yangi simsiz texnologiyalar, 802.12 va 802.16 standartlar, Internet
internet xizmatlari, Bulut texnologiyasi, Smart-texnologiyalar, IoT-
buyumlar interneti multimediyali tarmoq texnologiyalari hamda tarmoq 
xavfsizligi haqida nazariy maʻlumotlar berilgan.




Download 7,35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish