• Axborot texnologiya
  • Kommunikatsiya
  • Telekommunikatsiyalar
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/243
    Sana31.05.2024
    Hajmi7,35 Mb.
    #258127
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Axborot – 
    bu yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga 
    aylangan, bilimlar noaniqligi, toʻliqsizligi darajasini kamaytiradigan 
    hamda ogʻzaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar, texnik 
    vositalar, hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin 
    boʻlgan atrof – muhit (obyektlar, voqea- hodisalar) toʻgʻrisidagi 
    maʻlumotlardir [5]. 
    Texnologiya
    soʻzi lotincha “thexnos” - sanʻat, hunar, soha va 
    “logos” – fan degan maʻnolarini anglatadi. Yaʻni texnologiya – biror 
    vazifani bajarishda uning turli xil usullari koʻrinishini bildiradi [4]. 
    Axborot texnologiya
    - obʻyekt, jarayon yoki hodisa (axborot 
    mahsulot) holati haqida yangi sifatdagi maʻlumotlarni olish uchun 
    foydalanadigan maʻlumotlarni (birlamchi) yigish, ishlov berish va 
    o`zatish vositalari, hamda usullari majmuasidir [6]. 
    Kommunikatsiya
    (
    lotincha: communication, ruscha: сообщение, 
    передача
    ) – axborotlarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazish 
    tushuniladi. 
    Kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari zamonaviy axborot 
    texnologiyalarining asosi boʻlib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot 
    bir joydan ikkinchi joyga tezroq yetib boradi, yangilik tez tarqaladi. 

    Telekommunikatsiyalar
    – signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, 
    tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini oʻtkazgichli, radio, optik 
    yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul 
    qilish, 
    qayta 
    ishlashni 
    tushuniladi”. 
    (“Telekommunikatsiyalar 
    toʻgʻrisida”gi OʻzR Qonunidan) [4]. 
    Keng maʻnoda telekommunikatsiya - bu bir-biri bilan bevosita 
    aloqada bоʻla olmaydigan masofada turuvchi subyektlar (odamlar, 
    uskunalar, kompyuterlar) оʻrtasidagi muloqotdir. (“tele”- uzoqdagi, 
    “kommunikatsiya”- aloqa, xabar). 
    Masalan: kemalar оʻrtasidagi yorugʻlik signallari almashuvi, 
    telegraf, 
    televideniye, 
    telefon 
    va 
    boshqalar. 
    Kompyuter 
    telekommunikatsiyasining rivojlanishi Internet va Windows operasion 
    tizimining kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan. 
    Kommunikatsiya yoki “telekommunikatsiya” manba (transmitter) 
    va qabul qiluvchi (receiver) oʻrtasida masofadan turib maʻlumot 
    almashinishni bildiradi.

    Download 7,35 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish