• Telekommunikatsiyalar kanali
  • Telekommunikatsiyalar tarmogʻi
  • Telekommunikatsiya vositalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/243
    Sana31.05.2024
    Hajmi7,35 Mb.
    #258127
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Telekommunikatsiya vositalari
    - elektromagnit yoki optik 
    signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash



    kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik 
    qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar.
    Telekommunikatsiyalar kanali
    - texnik vositalar va tarqalish muhiti 
    majmui boʻlib, u telekommunikatsiya signallarining oʻtish yoʻlini hosil 
    qiladi. Bu yoʻl kanallar va ikkilamchi tarmoq liniyalari bilan ikkilamchi 
    tarmoq stansiyalari hamda tugunlari yordamida ketma-ket ulangan. 
    Shunda uning chekkalariga abonent chekka qurilmalari (terminallari) 
    ulanganda 
    manbadan 
    qabul 
    qiluvchi(lar)ga 
    xabar 
    yetkazishni 
    taʻminlaydi. Tarmoqning turiga koʻra, telekommunikatsiyalar kanalini, 
    masalan, telefon, telegraf, maʻlumotlar uzatish kanali deb ataladi. 
    Hududiy alomati boʻyicha telekommunikatsiya kanallari xalqaro
    shaharlararo, hududiy va mahalliy turlarga boʻlinadi. 
    Telekommunikatsiyalar tarmogʻi
    – bu uzatishlarning bir yoki bir 
    necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, maʻlumotlar uzatish va 
    hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish 
    dasturlarini translyasiya qilishni taʻminlovchi telekommunikatsiya 
    vositalarining majmui. 
    Telekommunikatsiyaning yadrosini tashkil etuvchi – telefon 
    tarmogʻi XX asrda interaktiv xizmatlarning asosiy ikki aloqa turini – 
    telefon va telegraf xizmatlari orqali amalga oshirilardi. Telegraf aloqasi 
    asta-sekin oʻtmishning vositasiga aylanib bormoqda, lekin telefon 
    aloqasi esa uning oʻrnini zabt etayotgani, infokommunikatsiyalar 
    xizmatlari bozorining muhim oʻrinlarini egallashda davom etmoqda. 
    Boshqacha 
    qilib 
    aytganda, 
    jahonda 
    telekommunikatsiyalarning 
    globallashuvi shakllanmoqda, aloqaning yangi avlodi jadal kirib 
    kelmoqda. 
    XXI asrda telefon aloqasining sifatli rivojlanishi quyidagi 
    yoʻnalishlar asosida amalga oshiriladi: 
    • Axborot uzatish, kommutatsiyaning raqamli usullariga oʻtishni 
    tugatish; 
    • Telefon tarmogʻi abonentlariga taqdim etilayotgan xizmatlar 
    koʻlamini oshirish
    • Telefon tarmogʻining asosiy elementlarida oʻtkazuvchanlik 
    qobiliyatini maksimal oshirish
    • Tarmoqdan foydalanish mavqeyini kengaytirish va turli texnik 
    vositalar qurilishi uchun undan foydalanish; 
    • Xizmat koʻrsatish hamda maʻlumotni uzatish servis sifati 
    koʻrsatgichlarini oshirish; 



    • Aloqani barqaror ishlashini taʻminlashda samarali texnik 
    ekspluatatsiya usullaridan foydalanish; 
    • Eng muhimi, telefon tarmoqlari qurilishi xarajatlar koʻlamini 
    kamaytirish, tarmoqni rivojlantirish va texnik xizmatlar koʻrsatilishini 
    taʻminlashdan iboratdir. 
    Maʻlumotni uzatish texnologiyasining soʻnggi tanlovi asosan 
    geografik, iqtisodiy va siyosiy omillarga bogʻliq. Asosan, barcha bank 
    tarmoqlari telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadi. Ular 
    orasida ISDN, X.25 tarmogʻi va Relay ham bor. 
    Infokommunikatsiyalar tizimlarining rivojlanishida NGN tizimi – 
    yangi turdagi zamonaviy xizmatlarni oʻzaro qoʻllab quvvatlashga qodir. 
    Bozorda yangi turli aloqa xizmatlarga boʻlgan ehtiyoj tobora oshib 
    bormoqda. NGN avlod tarmoqlari orqali turli asosiy va qoʻshimcha 
    xizmatlarni joriy etish ularni boshqarish va keyinchalik oʻzgartirish kabi 
    muhim vazifalarni amalga tatbiq etish mumkin. 
    Kompyuter, telefon, televizion, radio tarmoqlarining o‘rtasida 
    saqlanib qolayotgan farqlarga qaramay ularning tarkibiy tuzilishida 
    ko‘pgina 
    o‘xshashliklarni 
    topish 
    mumkin. 
    Umumiy 
    holda 
    telekommunikatsiya tarmog‘i quyidagilardan tarkib topadi: 
    - foydalanuvchilarning terminal qurilmalari (ular tarmoqqa birlash-
    tirilgan bo‘lishi mumkin); 
    - kirish tarmog‘i; 
    - magistral tarmoq; 
    - axborot markazlari yoki xizmat ko‘rsatishni boshqarish markazlari 
    (ServicesControl Point, SCP). 

    Download 7,35 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish