Tarmoq texnologiyalari




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/243
Sana31.05.2024
Hajmi7,35 Mb.
#258127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

I
 
BOB.
 
AXBOROT
 
-
 
KOMMUNIKATSIYA
 
TEXNOLOGIYALARI 
§ 1.1. “Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha
 
1.1.1.
 
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari 
Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga inson faoliyatining 
turli sohalarida yanada keng qo`llanilib borilmoqda. Ularni yaratish
ishga tushirish va keng qo`llashdan maqsad – jamiyat va inson butun 
hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir. 
Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo`lgan sohalarda boyitilgan bilimlar, ishonchli 
axborotlar bilan to`liq va o`z vaqtida foydalanishni taʻminlashga 
qaratilgan kompleks chora - tadbirlarni hamma joylarda tadbiq etish 
tushuniladi. Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki, zamonaviy axborot 
tizimlari va texnologiyalarini hamma joyga tadbiq etish qabul qilinajak 
qarorlar samarasini oshiradi. Bu faqat milliy iqtisod rivojlanishining 
iqtisodiy ko`rsatkichlari o`sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil etish, aholining 
turmush 
darajasini 
oshirish, 
atrof-muhitni 
muhofaza 
qilishga 
yo`naltirilgan fundamental va amaliy fanlarda sifatli ilmiy yutuqlarga 
erishishni ham taʻminlaydi. 
Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko’pchilik a'zolari axborot, 
ayniqsa, uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, 
qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir. 
Respublikamizda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari 
vositalaridan foydalanish, ularni joriy etishni huquqiy - me'yoriy 
asoslash 
hamda 
davlatimizning 
axborot 
– 
kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasida olib borayotgan siyosati shu vaqtga qadar qabul 
qilingan qonun, qaror va farmonlarda o’z aksini topgan. Jumladan
“Aloqa to’g’risida” (1992 y.), “Telekommunikasiyalar to’g’risida” 
(1999 y.) “Axborotlashtirish to‘g‘risida” (2003y.), “Elektron hujjat 
aylanish to’g’risida” (2004 y.), “Elektron hukumat to‘g‘risida” (2015 y.) 
Qonunlari, 
O‘zbekiston 
respublikasi 
Prezidentining 
“Kompyuterlashtirishni 
yanada 
rivojlantirish 
va 
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 2002 yil 30 
maydagi 
PF-3080-son 
Farmoni, “Axborot – kommunikatsiya 
texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117 son Qarori, “Zamonaviy 



axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 21 martdagi PQ-
1730-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
07.03.2018 
yildagi 
185-son 
“Aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi va 10.08.2018 yildagi 645-son “Qishloq xo‘jaligi 
korxonalari 
faoliyatiga 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 
Qarorilari jamiyatimizda axborot-kommunikatsiya sohalariga katta 
e’tibor berilayotganligidan dalolatdir. AKTni rivojlantirmasdan turib 
istalgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga erishib 
bo‘lmaydi. AKTning rivojlanish sur'atlari, birinchi navbatda taalluqli 
infratuzilmani barpo etish va undan foydalanish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratishga bog‘liq. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar bilan 
AKTning ish samaradorligini oshirishdagi juda katta imkoniyatlarini 
tushuntirish bo‘yicha ko‘p ish olib borish zarur. Davlat organlarini 
zamonaviy axborot texnologiyalari va vositalari bilan ta'minlash 
masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimlarini 
yanada faolroq joriy etish lozim. Davlat xodimlarining axborot 
texnologiyalar bo‘yicha bilim saviyasi va kasb ko‘nikmalarini oshirish 
bo‘yicha muntazam ravishda ish olib borish kerak. 
XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan 
mamlakatlar ishlab chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy 
ishlab chiqarish sohasidan mehnat resurslarining og`ishmay axborotlar 
sohasiga o`tib borishi tendentsiyasi tabora yaqqol sezilmoqda. Buning 
asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish surʻati o`sishi va rivojlanishi 
jarayonida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo`lgan 
axborot hajmi oshib borayapti. Bu o`sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, 
texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon bo`lmoqda. 
Globallashuv, 
axborot-kommunikatsiya 
taraqqiyoti 
axborot 
almashish jarayoni yanada tezlashtirishga xizmat qilayotir. Bugungi 
kunda maktab o'quvchisi, hatto bog'cha bolasi qo'lida ham mobil telefon 
borligi hech kimni ajablantirmay qo'ydi. Uyali aloqa vositalari, planshet, 
kompyuter texnologiyalari, internetning imkoniyatlari had-hududsiz 
ekanligi hammaga ayon. Kundalik turmushimizda oddiy voqelikka 
aylangan ana shunday zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan 
jamiyatimizning barcha a'zolari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar 
unumli foydalanishga intilmoqda. 



Axborot 
– 
kommunikatsiya 
texnologiyalarining 
asosiy 
tushunchalari haqida maʻlumot beramiz.

Download 7,35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish