|
Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimiBog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari KitobTexnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi
turli texnologik
jarayonlarni (egiluvchan ichlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya,
energetika va shu kabilar) avtomatlashtirishga moʻljallangan[5].
Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat – texnologik jarayon haqida operativ
ma'lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash
uchun kerakli bo'lgan sharoitlarni ta'minlaydi.
Avtomatik
rostlash
– texnologik jarayonlarning tegishli
parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab kilingan
sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik
rostlash tizimining (ART) turi ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish – texnologik operasiyalarni belgilangan
muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob'ektiga
nisbatan bo’ladigan ta'sirlarning muayyan muttasilligini ishlab
chiqishdan iborat.
Avtomatlashtirish – texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz
boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish
- ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi
bosqichi bo’lib, bunda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini
boshqarish
funksiyasini
avtomatik
ko’rilmalar
bajaradi.
Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnika-
iqtisodiy
ko’rsatkichlarining
yaxshilanishiga,
ya'ni
ishlab
chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda
tannarhining kamayishiga olib keladi.
Kompyuterlashgan tizim (ingl.: Computer-Aided System (CAS),
rus.: компьютеризованная система) -
Kompyuter yordamida ixtiyoriy
ishlarni
avtomatlashtirishga mo‘ljallangan tizim. CAS tizimi, modellashtirish,
loyihalash, ishlab chiqish, yaratish, amalda ixtiyoriy mashinalarni,
apparatlarni, asboblarni va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va sinash
bilan bog‘liq ishlarni qamrab oladi[4].
|
| |