Ta’limda axborot – kommunikasiya texnologiyalari




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/243
Sana31.05.2024
Hajmi7,35 Mb.
#258127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   243
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

1.1.2. Ta’limda axborot – kommunikasiya texnologiyalari 
Hozirgi kunda har bir tashkilot, o‘quv muassasasi, firma va ishlab 
chiqarishning barcha sohalarida zamonaviy axborot-kommunikasiya 
texnologiyalari unumli qo‘llanilib kelinmoqda. Ta’limni axborot 


14 
texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, mana shu sababli barchamiz 
“yangi pedagogik texnologiyalar” atamasini ishlata boshladik. Bir misol, 
shaxsiy kompyuter ta’limning imkoniyatlarini butunlay o‘zgartirib 
yubordi. Internet leptoplar ta’lim tizimiga yangi pedagogik 
texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha yanada kattaroq imkoniyatlar 
yaratib berdi. Respublikamizda ta’lim tizimini isloh qilish birinchi 
navbatda ta’lim va tarbiya tizimiga ilg‘or axborot texnologiyalarning 
tatbiq etish bilan bog‘liq. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-
5847- sonli «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» gi, 2018 yil 19 
fevraldagi 
PF-5349-sonli 
«Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida» gi va 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli «O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida» gi Farmonlari; 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli «Oliy 
ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda 
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini 
ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi va 2017 
yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli «Oliy ta'lim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarorlari hamda boshqa 
normativ-huquqiy 
hujjatlarda 
belgilangan 
vazifalarning 
amalga 
oshirilishi va hayotga tatbiq etilishida tarmoq texnologiyalarining o’rni 
be’qiyosdir.
O`quv jarayonida qo`yidagi AKT ishlatiladi: elektron pochta, vizual 
multimedia, masofaviy ta'lim, bulut (cloud) texnologiyalar, elektron 
kalendar, telekonferentsiya, videokonferentsiya, on line ijtimoiy 
muloqotlar (telegramm, chat) va boshqalar. 
Ta’limda zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini 
keng joriy etilishi: 
- fan sohalarini axborotlashtirishni
- o`quv faoliyatni intellektuallashtirishni; 
- integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni; 
- ta’lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini 
takomillashtirishga olib keladi. 
Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari 
asosida samarali tashkil etish: 


15 
- masofaviy o`quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi 
jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning 
birlashuvini; 
- pedagoglar o`rtasida vazifalarning taqsimlanishini; 
- ta’lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik 
faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy 
etilishi: 
- talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga; 
- o`rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan 
sohasini chuqur o`zlashtirilishiga; 
- o`quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning 
mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga; 
- interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o`qitish 
jarayonini individuallashtirish va differentsiyalashtirishga; 
- sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali 
talabaning o`quv materiallarini o`zlashtirish strategiyasini egallashiga; 
- axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining 
shakllanishiga; 
- o`rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari 
vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni 
oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va o‘ziga 
xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat 
faoliyati barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va 
maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-
kommunikasiya texnologiyalari uch yo‘nalishda ilgari bo‘lmagan juda 
katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to‘siqlarni yengib 
o‘tish imkon beradi: 
1) Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan 
foydalanish natijasida ta’lim olish yo‘lidagi inson imkoniyatlarini 
shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, axborotlar bilimlar to‘plash 
jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak b’ladi. Internet 
va “Butun jahon tarmog‘i” barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun 
birdek axborot izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi. 
2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. 
Internet tarmog‘i orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi 


16 
yillarda ko‘plab global fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon 
berdi. Misol uchun, ta’lim tizimida qayta aloqani ta’minlash harakati. 
3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi to‘siqlarni 
yo‘qotadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog‘liq 
sohalar hamda ta’lim tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar 
hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari axborotlar va aloqadan 
foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron pochta, elektron 
kutubxonalar – saytlar ta’lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar beradi, 
har qanday chegaralarni yo‘qotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan 
o‘quv va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi. 
Axborot-tarbiyaviy 
faoliyat. 
Ta’lim 
muammosini 
globalizasiyalashtirish – seminarlar o‘tkazishdan tortib terrorizm va 
diniy ekstremizim mohiyatini ochib berishgacha – elektron tarmoqlar 
axborot-tarbiyaviy imkoniyatlarini ahamiyatini oshiradi. Yangi axborot 
texnologiyalari fan va ta’limni to‘plangan bilimlarni yetkazish, ularni 
to‘ldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali kanallari 
bilan bog‘lashga imkon beradi. Bugungi kunda fan – bu ta’lim tizimini 
rivojlantirish asosiy, ustun turuvchi vositasidir. Bu har doim ham 
bo‘lmagan, ilg‘or axborot texnologiyasi ta’lim tizimida fanning 
ahamiyatini o‘zgartirdi. Jamiyat faqat fanning o‘zi rivojlanishi bilan 
emas, balki ta’lim va o‘qitish tizimi bilan ham bog‘liq yangi ilmiy 
tuzilishni yaratadi. Ta’limning kelajagi. Hozirgi kunda Internetda 
taxminan 2,5 mlrd noyob barcha foydalanadigan veb-sahifalar mavjud 
bo‘lib har kuni ular qatoriga yana 7,3 mln yangilari qo‘shilmoqda.
Bugungi kunda Internetga simsiz ulanishni ta’minlovchi, shu 
jumladan, mobil telefonlar soni Internetga ulanadigan shaxsiy 
kompyuterlar sonidan ortib ketdi. Hozirgi kunda elektron savdo 
jahondagi hajmi 233 mlrd. dollarni tashkil etadi. foydalanuvchilar soni 
ko‘payib borishi bilan axborot texnologiyalari faqat inson tasavvuri 
imkoniyatlari bilangina chegaralanadi. Barkamol, har tomoonlama 
rivojlangan shaxsni tarbiyalash muammosi ta’lim tizimidan yosh 
avloddan faqat milliy madaniyat yutuqlarini emas, balki umuminsoniy 
dunyo madaniyati yutuqlarini ham egallab olishga intilishni 
shakllantirishni talab etadi. Barkamol shaxsni tarbiyalash g‘oyasi milliy 
mustaqillikning ustuvor g‘oyalaridan biri hisoblanadi.
Ta’lim sifatini, ma’naviy-g‘oyaviy tarbiyasi darajasini oshirish 
vazifasi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish 
so‘zsiz yangi axborot texnologiyalariga asoslanishi zarur. Ta’lim 
tizimini rag‘batlantirmay turib, fuqarolik jamiyatini qurib bo‘lmaydi. 


17 
Ta’lim tizimi yopiq nuqtai nazarlar, qarashlar statik tizimi emas, bir 
uzluksiz jarayondan iborat bo‘lishi kerak. Mustaqil Respublikamizning 
rivojlanishini kafolatlash uchun ta’lim tizimi dinamik, mukammal 
bo‘lishi kerak.
Hozirgi 
paytda 
kompyuter 
tarmoqlari 
davrida 
yangi 
texnologiyalarni yaratish va tarqatish xususiyatlari o‘zgarmoqda hamda 
bu quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘lmoqda: birinchidan, yuksak 
raqobatchilik hukm surishi bilan ajralib turadigan zamonaviy global 
bozorda ko‘nikmalar har qachongidan ham katta ahamiyatga ega. 
Texnologiyalarni uzatish va tarqatish juda murakkab jarayon. 
Ikkinchidan, texnologiyalar qimmatliligini tan olinishini aks ettiruvchi 
yangi global normalarni ishlab chiqish ham katta ahamiyatga ega 
bo‘lmoqda.
Deyarli barcha mamlakatlar tomonidan ma’qullangan yangi 
qoidalari intellektual xususiylikni himoya qilish rejimlarini barcha yerda 
kuchaytirmoqda. Uchinchidan, butun dunyoda ilmiy tadqiqotlar va 
tajriba-konstruktorlik loyihalashtirish sektorida xususiy sektor yetakchi 
rol o‘ynaydi. Bu sektorda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish uchun 
zarur moliyaviy mablag‘lar, bilimlar va kadrlar katta qismi jamlangan. 
To‘rtinchidan, eng yuksak malakali texnik mutaxassislarni ish bilan 
ta’minlovchi global mehnat bozori shakllanadi. Beshinchidan, yangi 
kompaniyalar, ilmiy – tadqiqotchilik laboratoriyalari va moliya-
lashtiruvchilar hamda korporasiyalar yangi texnologiyalar ishlab 
chiqarish global markazlariga birlashmoqdalar. Buning natijasida 
olimlar, moliyalashtiruvchilar va tadbirkorlarning o‘zaro zarur 
aloqalarini ta’minlovchi yangi dinamik muhit yuzaga kelmoqda.
Bunday markazlarda turli mamlakatlardan eng yaxshi olimlar va 
tashabbuskor-tadbirkorlar faoliyat yuritmoqdalar, bu investorlarni jalb 
etish uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Investorlar ham bu ishlarga 
qiziqish bilan qaramoqdalar. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   243




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’limda axborot – kommunikasiya texnologiyalari

Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish