• 2-toifadagi kabel
  • 3-tolfadagi kabel
  • 4-toifadagi kabel
  • 5-toifadagi kabel
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/243
    Sana31.05.2024
    Hajmi7,35 Mb.
    #258127
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   243
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    yetti toifasi
    mavjud: 

    1-toifadagi kabel
    — bu oddiy telefon kabeli (oʻralmagan juft sim) 


    26 
    boʻlib, u orqali faqat tovushni uzatish mumkin, axborotni emas. Bu 
    turdagi kabel texnik koʻrsatgichlari katta chekinishlaridan iborat (toʻliq 
    qarshiligi, oʻtkazish yoʻlagi, chorraha yoʻnalishi); 

    2-toifadagi kabel
    — bu oʻralgan juftlikdan iborat kabel boʻlib, 
    axborotni 1MGtsgacha chastota oraligʻida uzatish uchun moʻljallangan. 
    Kabel chorraha yoʻnalishlar darajasiga testlanmaydi. Hozirgi vaqtda 
    juda kam ishlatiladi. EIA/TIA 568 standard 1 va 2-toifadagi kabellami 
    ajratmagan; 

    3-tolfadagi kabel
    — bu kabel axborotlarni 16 MGts.gacha 
    chastota oraliqda uzatishga moʻljallangan, oʻralgan juftlikdan tashkil 
    topgan boʻlib, 1 metr uzunlikda ikki sim bir-biriga 9 marotaba oʻralgan, 
    kabel hamma koʻrsatgichlar boʻyicha testlanadi va 100 Om toʻlqin 
    qarshilikka egadir. Mahalliy tarmoqlarga standart tomonidan tavsiya 
    qilingan eng oddiy kabel turi boʻlib, hozirgi vaqtda koʻp tarqalgan. Bu 
    toifa kabellar simpleks metod deb yuritiladi

    4-toifadagi kabel
    — bu kabel axborotlarni 20 MGts.gacha 
    chastota oraliqda uzatishga moʻljallangan. Kam ishlatiladi, chunki 
    koʻrsatgichlari boʻyicha 3-toifadagi kabel koʻrsatgichlaridan kam 
    farqlanadi. Standart 3-toifadagi kabel oʻmiga 5-toifadagi kabeldan 
    foydalanishni tavsiya etadi. 4-toifadagi kabelni hamma texnik 
    koʻrsatgichi boʻyicha testlash mumkin va 100 Om toʻlqin qarshilikka 
    ega. 1EEE8025 standartli tarmoqda foydalanish uchun yaratilgan 
    kabeldir; 

    5-toifadagi kabel
    — bu hozirgi vaqtda eng mukammal kabel 
    boʻlib, 100 MGs chastota oraligʻida axborot uzatishga moʻljallangan. 
    0ʻralgan juftliklardan tashkil topgan, 1 metr uzunlikda 27 ta oʻramdan 
    kam emas (1 futga 8 ta oʻram). Kabelning hamma koʻrsatgichlari 
    testlanadi va 100 Om toʻlqin qarshilikka ega. Hozirgi zamon yuqori 
    tezlikda ishlovchi tarmoqlarda, yaʻni 100 megabitlik va 1 gigabitlik 
    Ethernet, Post Ethernet va TPFDDT tarmoqlarida foydalanish tavsiya 
    etiladi. 5-toifadagi kabel 3-toifadagi kabelga nisbatan taxminan 30—40 
    % qimmat. Bu toifadagi kabel optimal variant; 


    Download 7,35 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   243




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish