• 1.2.7-rasm. Tarmoq plata (karta) va konnektor
  • -rasm. A variant – lan kabel




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/243
    Sana31.05.2024
    Hajmi7,35 Mb.
    #258127
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   243
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    1.2.4-rasm. A variant – lan kabel 
     
    1.2.4-rasm. B variant – utp kabel 


    29 
    1.
    Kompyutyerda kompyuterga boʻlsa: (2.5-rasm.) 
    1.2.5-rasm. 
    CAT5 kategoriyali (100 Mbit/s gacha tezlikda) oʻrama juftli 
    kabellarda signallarning uzatilishida faqat ikki juft simlargina ishlatiladi. 
    Bir jufti signal qabul qilish uchun, ikkinchisi esa kompyuter tarmoq 
    kartasiga RJ-45 razyomli oʻrama juftli kabellar orqali Hub, swich yoki 
    router qurilmalariga signal joʻnatish uchun foydalaniladi. (1.2.6-rasm.) 
     
    1.2.6-rasm. Kompyuterning tarmoqqa ulanish tuzilmasi 
    WINDOWS OT lokal tarmoqni sozlash va ishlatish uchun juda 
    qulay. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar Sizning kompyuteringiz 
    lokal tarmoqqa ulanmagan boʻlsa, sozlash ishlari olib boriladi. 
    Kompyuter tarmoqda ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha: 
    1. Avvalo kompyutyerda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch 
    hosil qilish darkor. RJ-45 razʻyomiga maxsus konnektor orqali kabellar 
    ulanadi.(1.2.7-rasm). 


    30 
    1.2.7-rasm. Tarmoq plata (karta) va konnektor 
    2. Boot Rom mikrotuzilmasi tarmoqdagi boshqa kompyutyerdan 
    foydalanib, operatsion sistemani yuklash imkonini beradi. Simlar
    HUBlarga ulanib tarmoq hosil qilinadi. 
    3.
    Optik (Shisha) tolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va 
    tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oraligʻi 100 km masofadagi 
    tarmoq uchun qoʻllaniladi. Oʻtkazish tezligi: 2 Gbit/sek. (1.2.8-rasm.) 
    Shisha tolali kabel — bu yuqorida koʻrib chiqilgan ikki kabel 
    turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr 
    signali koʻrinishda emas, yorigʻlik koʻrinishida uzatiladi. Bu turdagi 
    kabelning asosiy elementi — shaffof shisha tola boʻlib, u orqali 
    yorugʻlik juda katta masofalarga (oʻnlab kilometrgacha) kam (sezilarsiz) 
    soʻnish bilan uzatiladi. Shisha tolaning tuzilishi juda oddiy boʻlib, u 
    koaksial elektr kabel tuzilishiga oʻxshash. Faqat markaziy mis sim 
    oʻrniga bu kabel turida ingichka (diametri 1—10 mkm atrofida) shisha 
    tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama oʻmiga esa, yorugʻlikni shisha 
    tola tashqarisiga tarqatmaydigan shisha yoki plastik qoplamadan 
    foydalanilgan. 
    Shisha tolali kabel toʻsiqlardan himoyalanish va uzatilayotgau 
    axborotni sir boʻlib qolish koʻrsatgichlari yuqori darajaga egaligi bilan 
    ajralib turadi. Hech qanday tashqi elektromagnit toʻsiq nurli signalni 
    oʻzgartira olmaydi, signalni oʻzi esa, hech qanday elektromagnit 
    nurlanish hosil qilmaydi. 
    Tarmoqdan ruhsat etilmagan axborotni olish uchun kabelga 
    mexanik ulanish amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli 
    kabelni butunligi buzilib, ishga yaroqsiz boʻlib qoladi. Nazariy jihatdan 
    bunday kabelni signal oʻtkazish yoʻlagi 10
    12
    Gs.gacha yetadi, boshqa 
    turdagi elektr kabellarga qaraganda, bu juda ham yuqori koʻrsatgich. 


    31 
    Shisha tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib, hozirgi vaqtda taxminan 
    ingichka koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan. Biroq, bu holda 
    maxsus qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. 
    Bu qurilmalar yorugʻlik signalini elektr signaliga va teskariga oʻzgartirib 
    berishi uchun xizmat qiladi. Bunday qurilmalar tarmoq narxini sezilarli 
    darajada oshirib yuboradi. 
    Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada shisha toladagi 
    signalning soʻnishi, odatda, taxminan 5 dB/km tashkil qiladi, past 
    chastotali elektr kabel koʻrsatgichiga toʻgʻri keladi. Shisha tolali kabelda 
    signalni kabel orqali uzatish chastotasi oshishi bilan signalni soʻnishi 
    juda kam boʻladi. Yuqori chastotada (ayniqsa, 200 MGs. dan yuqori) 
    uning ustunligi shubhasiz va hech qaysi elektr kabel turi raqobat qila 
    olmaydi. Lekin shisha tolali kabelning ham baʻzi bir kamchiligi mavjud. 
    Ulardan eng asosiysi — yigʻish (montaj) ishlarining murakkabligi. 
    Razyomlarni oʻmatishni mikron aniqlikda amalga oshirish lozim, shisha 
    tolani uzish aniqligi va uzilgan yuzani shaffoflash aniqligidan 
    razyomdagi signalning soʻnish koʻrsatgichiga oʻta bogʻliq. Razyomlarni 
    oʻmatish uchun kavsharlanadi yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi. 
    Gelning yorigʻlik sinish koeffitsiyenti shisha tolaning yorigʻlik sinish 
    koeffitsiyentiga teng boʻladi. Har qanday holatda ham bu ishlami amalga 
    oshirish uchun maxsus moslamalar va yuqori malakali mutaxassislar 
    kerak. Shuning uchun shisha tolali kabellar turli uzunlikda va uchlariga 
    kerakli turdagi razyom oʻmatilgan holda savdoga chiqariladi.
    Shisha tolali kabellarda signalni ikkinchi yoʻnalishga ham ayirish 
    imkoni boʻlsa ham (buning uchun maxsus 2-8 kanallarga taqsimlovchi 
    moslamalar ishlab chiqariladi), odatda, bu kabellarni bir tomonga 
    axborot uzatish uchun ishlatiladi. Yaʻni bitta uzatuvchi va bitta qabul 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   243




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish