• Juftli oʻram yoki oʻralgan juftlik kabellari
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/243
    Sana31.05.2024
    Hajmi7,35 Mb.
    #258127
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   243
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Koʻrsatkichlar 
    Standart kabel 
    Keng koʻlamli 
    Kanalning maksimal uzunligi 
    2 km 
    10 – 15 km 
    Maʻlumotlarni uzatish tezligi 
    1 – 50 Mbit/s 
    100 – 140 Mbit/s 
    Uzatish holati 
    Yarim dupleks 
    dupleks 
    Elektromagnit 
    va 
    radio 
    chastotali 
    yoʻnalishlarning 
    taʻsirining soʻnishi 
    50 dB 
    85 dB 
    Ulanishlar soni 
    < 50 qurilma 
    1500 ta kanal bir yoki 
    koʻp qurilmali ulanishli 
    Kanalga ega boʻlish 
    CSMA/CD 
    FDM/FSK 
    2.
    Juftli oʻram yoki oʻralgan juftlik
    kabellari
    (tvisted pair) 
    koʻrinishidan telefon simini eslatadi. U bitta kabel ichidagi 
    izolyatsiyalangan va bir-biriga buralgan toʻrtta juftlik mis simlardan 
    iborat. Baʻzan tashqi taʻsirdan himoya qilish uchun ular ekran bilan 
    qoplanadi, chunki bu turdagi kabel bardoshsizdir. Asosan bino ichidagi 
    tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi. (1.2.2-rasm.) 
    Axborot oʻgʻirlashning ikki turi maʻlum: ulanish (контактный) va 
    ulanmasdan masofadan turib (бесконтактный). Ulanish orqali axborotni 
    oʻgʻirlash ikkita ignani kabelga sanchish orqali amalga oshirilsa, 
    ulanmasdan axborotni oʻgʻirlash esa, kabel tarqatadigan elektromagnit 
    maydonni radio orqali egallash usulidan foydalanib amalga oshiriladi. 


    25 
     
    1.2.2-rasm. Juftli oʻram kabel 
    Bu kamchiliklami bartaraf etish uchun kabel himoyalanadi 
    (ekranlanadi). Toʻqilgan juftlikni (STP) ekranlashtirish vaqtida har bir 
    juftlikni ochiq toʻqilgan fnetall simli qobiq (ekran)ning ichiga 
    joylashtiriladi. Bunday konstruksiya kabelni nurlanishini kamaytiradi
    tashqi elektromagnit maydon xalaqitlardan va juft simlaming bir-biriga 
    taʻsirini ham kamaytiradi (crosstalk, перекрестные новодки, chorraha 
    yoʻnalishlar).
    Tabiiyki, ekranlashtirilgan oʻralgan juftlik, ekranlashtirilmagan 
    juftlikka nisbatan narxi ancha qimmat boʻladi, ulardan foydalanilganda 
    maxsus ekranlashtirilgan ulovchi moslamalardan (razyom) foydalanish 
    zarur. Shuning uchun ekranlashtirilmagan oʻralgan juftlikka nisbatan 
    ekranlashtirilgan oʻralgan juftlik kam uchraydi. Ekranlashtirilmagan 
    oʻralgan juftlikning asosiy afzalligi kabel uchlariga razyomlarni 
    ulashning osonligi va shuningdek, har qanday shikastlanishlarni 
    taʻmirlashning boshqa turdagi kabelga qaraganda qulayligidir. Qolgan 
    hamma texnik koʻrsatgichlari boshqa turdagi kabellarga nisbatan 
    yomon. Masalan, signalni uzatishda berilgan soʻnish tezligi (kabeldan 
    signal oʻtgan sari uning amplitudasini kamayishi) bu kabellarda koaksial 
    kabel koʻrsatgichiga nisbatan katta. Agarda, kam himoyalanganligini 
    ham hisobga olsak, nima uchun oʻralgan juftlik kabellarining uzunligi 
    kam boʻlishi (100 metr atrofida) tushunarlidir. Hozirgi vaqtda oʻralgan 
    juftliklardan 100 Mbit/s tezlikda axborot uzatish uchun ishlatilmoqda va 
    uzatish tezligini 1000 Mbit/s.ga yetkazish ustida ish olib borilmoqda. 
    Ekranlashtirilmagan oʻralgan juftli kabellaming (UPT) EIA/TIA 568 
    standartiga koʻra 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   243




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish