Tarmoq texnologiyalari




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/243
Sana31.05.2024
Hajmi7,35 Mb.
#258127
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   243
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

§
 
2.2. Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va qo’llanilishi 
2.2.1. Ma’lumotlarni almashish jarayonlarining xarakteristikalari. 
Tarmoqda uzatuvchi va qabul qiluvchi abonentlar oʻrtasidagi 
axborot almashinishi jarayonida oʻrnatilgan tartibda axborot va 
boshqarish paketlarini almashinuvi roʻy beradi, bu jarayon 
almashinuv 
protokoli
deb ataladi. Oddiy protokol 2.2.1- rasmda keltirilgan. Bu 
holatda, aloqa vaqti, qabul qilish qurilmasini axborotni olishga 
tayyorligini soʻrash bilan boshlanadi.
Qabul qilish qurilmasi tayyor boʻlgan holda «tayyor» boshqarish 
paketini javob tariqasida qaytaradi. Agarda qabul qilish qurilmasi 
aloqaga tayyor boʻlmasa rad javobini boshqa boshqarish paketi orqali 
joʻnatadi. Shundan soʻng, aslida axborot uzatish boshlanadi. Bu vaqtda 
har bir qabul qilingan axborot paketiga qabul qiluvchi qurilma, axborot 
olinganligi haqida tasdiqlash paketi bilan javob beradi. Paket xatolik 
bilan uzatilgan holda, qabul qilish qurilmasi qaytadan axborot uzatishini 
soʻraydi. Axborot almashinuv vaqti boshqarish paketi bilan tugaydi, 
soʻng uzatish qurilmasi aloqa uzulganlik haqida xabar beradi. Koʻp 
standart 
paketlar 
mavjud, 
axborot 
uzatishni 
tasdiqlash 
bilan 
(kafolatlangan paket uzatish), shuningdek, tasdiqsiz axborot uzatish 
(kafolatlanmagan paket uzatish) paket turlari bor. 
Tarmoqdan aniq almashuv olib borilganda koʻp bosqichli paketlar 
ishlatiladi, ularning har birida kadr tuzilishi mavjud (oʻz manzillashi, oʻz 
boshqarish axboroti, oʻz axborotlar formati va hakozo). Yuqori bosqich 
protokollari fayl-server yoki ilovalar kabi tushunchalar bilan ish olib 
boradi. Boshqa ilovadan soʻralayotgan axborotlar tarmoq qurilma turi 


68 
haqida va aloqani boshqarish usuli haqida tushunchaga ham ega 
boʻlmasligi mumkin. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   243




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish