Tarmoq topologiyalari Kompyuter tarmoqlarining topologiyalri




Download 181.8 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.09.2023
Hajmi181.8 Kb.
#84275
Bog'liq
8-mavzu tarmoq
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari


Tarmoq topologiyalari 
Kompyuter tarmoqlarining topologiyalri 
Kompyuter tарmоg„i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda tarmoq 
kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa liniyalari bilan ulashi 
tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi eng avval lokal tarmoqlarga tegishli 
bo„lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko„rish mumkin. Global tarmoqlarda aloqalar tuzilishi 
foydalanuvchilardan odatda berkitilgan va unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi 
shaxsiy o„zini yo„li bilan bajarilishi mumkin.Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel turiga, 
mumkin bo„lgan va eng qulay almashuvni boshqaradigan usullariga, ishlash ishonchligiga, 
tarmoqlarni kengaytirish imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi. Garchi tarmoqdan 
foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez – tez bo„lmasa ham, asosiy topoloiyalarning 
xususiyatlari, ularning ustunliklari va kamchiliklarini bilishi kerak.Tarmoqning uchta asosiy 
topologiyalari mavjud: 
• shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir 
kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi (1-rasm); 
rasm 1 
• yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan 
birga har biri o„zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi (2-rasm); 
rasm 2 
• halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan 
kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va 
bu zanjir “halqa” bo„lib birlashgan (3-rasm). 


rasm 3 
Amaliyotda ko„pincha bаzаli topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishlatiladi, lekin ko„p 
tarmoqlar huddi shu uchtasiga mo„ljallangan.Yuqorida sanab o„tilgan tarmoqli topologiyalarni 
ko„rib chiqamiz.“Shina” topologiyasi (yoki, yana bir nomi “ummiy Shina”) o„zining tuzilishi 
bo„yicha kompyuterlarning tarmoqli asbob – uskunalarining bir xilligi, shuningdek hamma 
abonentlarning teng huquqligi bilan farq qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat 
navbat bo„yicha uzatishi mumkin chunki aloqa liniyasi bir dona bo„ladi. Aks holda ustma ust 
(konflikta, kollizi) tushishi natijasida uzatiladigan axborot buziladi. Shunday qilib, shinada yarim 
dupleksli (Half duplex) almashuv rejimi amalga oshadi (ikki tomonlama, lekin bir vaqtida emas, 
ketma-ketlikda) “Shina” topologiyasida barcha axborotni uzatadigan markaziy abonent yo„q bu 
esa uning ishonchliligini oshiradi (axir har qaysi markazning ishlashi buzilganda shu markaz 
bilan boshqariladigan hamma tizim faoliyatini to„xtatadi.) Shinaga yangi abonentlarni qo„shilishi 
tarmoq ishlab turgan vaqtda ham bo„lishi mumkin.Ko„p holatlarda, shinadan foydalanayotganda 
boshqa topologiyalarga nisbatan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. To„g„ri 
shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chettagilardan tashqari) ikkita kabel 
keladi, bu esa har doim qulay bo„lavermaydi.Bu holatda bo„lajak janjallarni hal etish har bir 
abonentning tar-moqli asbob – uskunalarga yuklanishi sababli “shina” topologiyasida tarmoqli 
adapter apparaturasi murakkabroq bo„ladi, boshqa topologiyalarga qaraganda. Biroq, “Shina” 
topologiyali tarmoqlarni keng tarqalgani tufayli (Ethernet, Arcnet) tarmoqli asbob – uskunalarni 
narxi uncha yuqori emas.Ayrim kompyuterlarning ishdan chiqib qolishi shinaga zarar qilmaydi, 
chunki tarmoqdagi hamma qolgan kompyuterlar alma-shuvni normal davom etishi 
mumkin.Ko„rinishi mumkinki, kabelni uzulganligi xam shinaga qo„rqinchlik emas, chunki bunda 
sim bo„ladi. Biroq, uzun aloqali liniyalarda elektr signallarning tarqalish xususiyatlariga ko„ra, 
shinalarni oxirgi uchlarida maxsus kelishtiradigan qurilmalar – terminatorlarni ulashni ko„zda 
tutish kerak.Ular ulanmasa liniyani oxiridan signal akslanadi va shunday buziladiki, tarmoq 
bo„yicha aloqa bo„lmasdan qoladi. Shuning uchun kabel uzulganda yoki shikastlanganda 
(masalan, sichqonlar tomonidan) aloqa liniyasini mosligi buziladi va o„zaro ulanib qolgan o„sha 
kompyuterlar xam o„rtasidagi almashuv to„xtaydi. Batafsil moslashtirish to„g„risida kitobning 
maxsus bo„limida bayon etiladi. Shina kabelini har qanday nuqtasida qisqa tutashtiruv tarmoqni 
hammasini ishdan chiqaradi.Shinadagi asbob – uskunalarni har qanday ishdan chiqishini 
lokalizatsiya qilish juda qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulangan va qaysi biri ishdan 
chiqqanligini bilish uncha oson emas.“Shina” topologiyali tarmoqning aloqa liniyalari bo„yicha 
o„tаdigаn axborotli signallar kuchsizlanadi va hech tiklanmaydi, bu esa aloqa liniyalarning 
yig„indi uzunligiga qattiq cheklanishlar qo„yadi, bundan tashqari har bir abonent tarmoqdan 
uzatuvchi abonentning masofasiga bog„langan har xil darajali signallar olishi mumkin.Tarmoqli 
asbob – uskunalarning qabul qiluvchi uzellariga qo„shimcha talablar qo„yadi. “Shina” 
topologiyali tarmoq uzunligini uzaytirish uchun ko„pincha birnechta segmentlar ishlatiladi 


(ularning har biri shina deyiladi).Maxsus signal tiklagichlari repiterlar yoki qaytargichlari (3-
rasm) yordamida bir birovi bilan ulanadi. 
rasm 4 
Biroq bunday tarmoq uzunligini uzaytirish cheksiz bo„la olmaydi, chunki aloqa liniyalari 
bo„yicha signallarning tarqalishini oxirgi tezligi bilan bog„liq cheklanishlari ham bor.“Yulduz” 
yaqqol ajralib turadigan markazli topologiya, bunga barcha qolgan abonentlar ulangan. Barcha 
axborotlar almashuvi faqat markaziy kompyuter orqali bajariladi, shunday qilib unga juda katta 
yuklanish yotadi, shuning uchun tarmoqdan tashqari boshqa hech narsa bilan u shug„ullana 
olmaydi. Tushunarliki, markaziy аbоnеntning tarmoqli asbob – uskunalari atrofdagi 
abonentlarning asbob – uskunalarga qaraganda juda murakkab bo„lishi kerak. Abonentlarning bir 
xil huquqga egaligi to„g„risida bunda gapirib bo„lmaydi.Odatda, huddi shu markaziy kompyuter 
eng kuchli bo„ladi va faqat unga almashuvni boshqarish hamma funksiyalari topshiriladi. 
“Yulduz” topologiyali tarmoqdа hech qanday mojarolar bo„lishi mumkin emas, chunki 
boshqarish to„liq markazlashgan. Agar kompyuterlarni ishdan chiqishiga yulduzni 
mustaxkamligi to„g„risida gap ketsa, bunda atrofdagi kompyuterni ishdan chiqishi tarmoqning 
qolgan qismlarini ishlashiga hech qanday ta‟sir ko„rsatmaydi, lekin markaziy kompyuterni har 
qanday ishdan chiqishi tarmoqni butunlay ishdan chiqaradi. Shuning uchun markaziy 
kompyuterni va uning tarmoqli apparturalarini ishonch-liligini oshirish uchun maxsus choralar 
ko„rilishi kerak.Har qanday kabelni uzilishi yoki undagi qisqa tutashuv “yulduz” topologiyasida 
faqat bitta kompyuter bilan almashuv buziladi, boshqa kompterlar esa normal holatda ishini 
davom ettirishi mumkin. Shinaga qaraganda yulduzda har bir aloqa liniyasida faqat ikkiga 
abonent turadi: markaziy va atrofdagilardan bittasi. Ko„pincha ular-ning ulanishi uchun aloqa 
liniyasini ikkitasi ishlatiladi, ularning har biri axborotni faqat bir yo„nalishda uzatadi. Shunday 
qilib, har bir aloqa liniyasida bitta qabul qiluvchi (pryomnik) va bitta uzatuvchi (peredatchik) 
mavjud. Shina bilan solishtirganda buning hammasi tarmoqli asbob – uskunalarni 
sezilarli soddalashtiradi va qo„shimcha tashqi terminatorlarni qo„llashdan ozod qiladi. “Shina” 
ga qaraganda aloqa liniyalarda signallarni so„nish muammosi “yulduzda” oddiy hаl etiladi, 
chunki har bir priyomnik doim bir darajali signal qabul qiladi. “Yulduz ” topologiyasini jiddiy 
kamchiligi abonentlar soni qattiq cheklangan. Odatda markaziy abonent 8-16 dan oshmagan 
atrofdagi abonentlarga xizmat ko„rsatadi.Agar bu chegarada yangi abonentlarni ulash juda oddiy 
bo„lsa, lekin bundan oshib ketganda umuman mumkin emas. To„g„ri, gohida yulduzda qo„shib 
borish imkoniyati ko„zda tуtilgаn, ya‟ni atrofdagi abonentlardan bittasini o„rniga yana bitta 
markaziy abonentni ulash (natijada bir nechta bir birovi bilan ulangan yulduzlar topologiyasi 
paydo bo„ladi). Yulduz aktiv, faol nom bilan yuritiladi, yoki haqiqiy yulduz. Passiv yulduz degan 
topologiya ham bor, u faqat tashqi ko„rinishidan yulduzga o„xshaydi (4-rasm). U bugungi kunda 
aktiv yulduzga qaraganda ko„proq tarqalgan. Aytish kerakki, bugungi kunda eng mashhur 
Ethernet tарmоg„idа u ishlatiladi. 


rasm 5 
Tarmoq markazida shu topologiyali kompyuter emas, balki konsentrator, yoki xab (HUB), 
repiterga o„xshab o„sha funksiyani bajaradigan joylashtiriladi. U kelayotgan signallarni tiklaydi 
va ularni boshqa aloqa liniyalarga uzatadi. Kabellarni joylashtirish haqiqiy yoki aktiv yulduzga 
o„xshasa ham, haqiqatda biz shinali topologiyasiga o„xshab ish yuritamiz, chunki har qaysi 
kompyuterdan axborot bir vaqtda boshqa qolganlarga uzatiladi, markaziy abonent esa bo„lmaydi. 
Tabiyiki, passiv yulduz oddiy shinaga qaraganda qim-matroq bo„ladi, chunki bunda yana 
kansentrator ham kerak bo„ladi. Ammo u yulduzning afzalliklari bilan bog„liq bir qator 
qo„shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Huddi shuning uchun oxirgi vaqtda passiv yulduz 
haqiqiy shinani ko„proq siqib chiqarayapti, chunki u kam perspektivali topologiya 
hisoblanadi.Aktiv va passiv yulduz o„rtasida topologiyaning oraliq turini ham ajratish mumkin. 
Bu holda konsentratorga tushadigan signallarni faqat ret- ranslyatsiya qilmasdan, o„zi 
qatnashmasa ham, almashuv boshqarishini bajara oladi. Yulduzning (ham aktiv va ham passiv) 
katta ustunligi shundaki, hamma ulanadigan nuqtalar bir joyda yig„ilgan. Bu tarmoq ishini oson 
nazorat qilishga, markazdan u yoki bu abonentlarni oddiy o„chirish yo„li bilan nosozliklarni 
lokalizatsiya qilish (masalan, shina holatda bajarib bo„lmaydi), shuningdek tarmoq uchun 
xayotiy muhim bo„lgan ula-nish nuqtalariga begona shaxslar kirishini cheklab qo„yishdir. 
Yulduz holatida xar bir atrofdagi abonentga bitta kabel kelishi xam mumkin (unda uzatish ikki 
tomonlama ketadi), va ikkita xam (Ularning har biri-bir tomonga uzatadi), buning ustiga 
ikkinchi holat ko„proq uchraydi.“Yulduz” turidagi barcha topologiyalarning umumiy kamchiligi 
boshqa topologiyalarga qaraganda juda katta kabel sariflanishidir. Masalan, Agar kompyuterlar 
bir chiziqda joylansa, “yulduz” topologiyasi tanlanganda “Shina” topologiyasiga qaraganda bir 
necha martta ko„p kabel talab qilinadi. Bu hamma butun tarmoqning narxiga sezilarli ta‟sir 
ko„rsatishi mumkin.“Halqa” – bu topologiya, bunda har bir kompyuter faqat ikkitasi boshqalari 
bilan aloqa liniyalari bilan ulangan. Faqat u biridan axborot oladi, ikkinchisiga esa – faqat 
uzatadi.Har bir aloqa liniyasida, yulduz holatiga o„xshab, faqat bitta (peredatchik) uzatuvchi va 
bitta (priyomnik) qabul qiluvchi ishlaydi. Bu tashqi terminallarni qo„llashdan ozod 
qiladi.Halqani muhim xususiyati shundaki, har bir kompyuter unga keladigan signalni tiklaydi, 
yani repiter rolini o„ynaydi, shuning uchun halqaning hamma joyida signalni so„nishi hech 
qanday ahamiyati yo„q, muhimi faqat halqaning qo„shni kompyuterlar orasidagi so„nishidir. Bu 
holatda аniq ajratilgan markaz yo„q, hamma kompyuterlar bir xil bo„lishi mumkin. Ammo, 
ko„pincha halqada maxsus abonent ajratiladi, u almashuvni boshqaradi yoki nazorat qiladi. 
Tushunarliki, bunday boshqaradigan abonentni borligi tarmoq ishonchliligini pasaytiradi, chunki 
uning ishdan chiqishi tezda barcha almashuvni falaj qilib qo„yadi.Qa‟tiyat bilan аytgаndа, 
halqadagi kompyuterlar to„liq teng huquqli emas (masalan, shinali topologiyaga qaraganda). 
Ulardan birlari kompyuterdan, shu momentda uzatishni olib borayotgan, albatta axborotni oladi, 
oldinroq, boshqalar esa kеyinrоq. Topologiyani huddi shunday xususiyatlariga ko„ra, “halqaga” 
maxsus hisoblangan tarmoqdagi almashuvni boshqarish usullarda keyingi uzatish huquqi (yoki, 
yana aytilishicha, tarmoqni qurshab olish) keyingi halqadagi kompyuterga ketma – ket o„tadi 


Yangi abonentlarni “Halqaga” ulash mutloqo beziyon, lekin ulanish vaqtida butun tarmoqni 
ishlashini to„xtatish talab qilinаdi. “Shina” topologiyali holatga o„xshab halqadagi eng ko„p 
abonentlar soni ancha muncha bo„lishi mumkin (minggacha va undan ko„proq). Halqali 
topologiya oshiqcha yuklanishlarga eng mustахkаm, u uzatiladigan tarmoq bo„yicha axborotlarni 
eng katta oqimlari bilan ishonchli ishlashni ta‟minlaydi, chunki unda janjallar yo„q (shinaga 
qaraganda), shuningdek markaziy abonent yo„q (yulduzga qaraganda).Halqadagi signal 
tarmoqdagi hamma kompyuterlardan o„tgani sababli, lokal ulardan bittasini ishdan chiqishi (yoki 
uning tarmoq-dagi asbob-uskunalarini) yaxlit butun tarmoqni ishdan chiqaradi.Huddi shunga 
o„xshab halqadagi har qaysi kabellarni uzilib qolishi yoki qisqa tutashuvi butun tarmoqni ishdan 
chiqaradi.Kabelni buzilishlariga halqa ko„proq shikastlanadigan bo„ladi, shuning uchun bu 
texnologiyada ikkita (yoki ko„proq) parallel aloqa liniyalari qo„yib borishni ko„zda tutiladi. 
Shunda ularning bittasi zahirada turadi.Shu bilan bir vaqtda halqani katta ustunligi shundaki, har 
bir abonent tomonidan signallarni retranslyatsiya qilish butun tarmoq o„lchamlarini sezilarli 
ko„paytirishga yordam beradi (gohida bir necha o„n kilometrgacha). Halqa bu tomonidan boshqa 
har bir texnologiyalardan ko„proq (sezilarli) ustunlik qiladi.Halqani kamchiliklaridan (yulduzga 
taqqoslanganida) shuni hisoblash kerakki, tarmoqdаgi har bir kompyuterga ikkita kabel olib 
kelinishi kerak.Ba‟zan “Halqa” topologiyasi axborotni qarama-qarshi yo„nalishlarida uzatilishini 
ikkita halqali aloqa liniyalari asosida bajariladi. Masalani bunday hal etilishi – axborotni uzatish 
tezligini (ideal holatda ikki marotaba) оshirilishi. Kabelni bittasi buzilganda tarmoq boshqa kabel 
bilan ishlashi mumkin (to„g„ri, cheklangan tezlik kamayadi). Yuqorida ko„rilgan uchta asosiy, 
bazaviy topologiyalardan tashqari, qo„shimcha yana “daraxt” (tree) tarmoqli topologiya 
ishlatiladi, u bir nechta yulduzlar kombinatsiyasidan iborat. Yulduzga o„xshash daraxt aktiv, 
yoki haqiqiy, passiv bo„lishi mumkin. Aktiv daraxtga bir nechta aloqa liniyalari birlashtirilgan 
markazlarda 
markaziy 
kompyuterlar 
joylashgan, 
passilida 
esa 
konsentratorlar 
(Xablar).Kombinatsiyali topologiyalar ham ancha ko„p ishlatiladi, ular orasida eng ko„p 
tarqalgan yulduz-shinali va yulduz-halqalilaridir. 
rasm 6 
rasm 7 


rasm 8 
rasm 9 
Yulduz-shinali topologiyada (star-bus) shina va passiv yulduzlar kombinatsiyasi ishlatiladi. 
Bunda konsentratorga alohida kompyuterlar ham va butun shinali segmentlar ham ulanadilar, 
ya‟ni tarmoq-dаgi barcha kompyuterlar kiritilgan fizik topologiya amalga oshiriladi. Bu 
topologiyada bir nechta konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin, ular bir biroviga ulanib 
magistrali, tayanchli deb nomlangan shinani tashkil qiladi. Konsentratorlarning har biriga 
alohida kompyuterli yoki shinali segmentlar ulanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi o„ziga qulay 
qilib shinali va yulduzli topologiyalarni avzalliklarini kombinatsiya qilish imkoniyatlaridan 
foydalaniladi, shuningdek tarmoqga ulangan kompyuterlar sonini oson o„zgartiradi.Yulduz-
halqali topologiya holatida kompyuterlarni o„zi birlashmaydi, balki maxsus konsentratorlar, 
ularga o„z navbatida, yulduz shaklli ikkitali aloqa liniyalari yordamida kompyuterlar ulanadi. 
Haqiqatda, tarmoqning hamma kompyuterlari berk halqaga ulanadi, chunki konsentratorlar 
ichidagi barcha aloqa liniyalari berk konturni tashkil qiladi. Bu topologiya yulduzli va halqali 
topologiyani ustunligini kombinatsiyalashga imkon yaratadi.Masalan, konsentratorlar barcha 
ulanadigan nuqtalarni bir joyga yig„ishga imkon yaratadi.Tarmoq topologiyasi kompyuterlarni 
faqat fizikaviy joylanishlarini ifodalamasdan, lekin undan muhimrog„i, ular orasidagi aloqalar 
xarakteri, tarmoq bo„yicha signallarning tarqalganish xususiyatlari ifodalaydi. Huddi shu 
aloqalar xarakteri tarmoqning buzi-lishiga mustaxkamlik darajasini belgilaydi, tarmoqdаgi 
apparatlar-ning kerakli murakkabligini, almashuv boshqarish usulini eng to„g„ri keladiganini, 
uzatish muxitining mumkin turlarining (aloqa kanallari), tarmoqning mumkin bo„ladigan 
o„lchamlari (aloqa liniyalar uzunligi va abonentlar soni), elektr muvofiqlashtirishni kerakligi va 
h.k. tarmoq bilan birlаshgаn kompyuterlarni fizik joylanishi topologiyani tanlashda, umuman 
olganda, ta‟siri kam har qaysi kompyuterlarni, ular qanday joylashganidan qa‟tiy nazar, har 
qanday ol-dindan tanlangan topologiya yordamida har doim ulash mumkin (8-rasm). 


rasm 10 
Agar ulanadigan kompyuterlarni doirani konturi bo„yicha joylashgan bo„lsa, ular yulduz yoki 
shina bo„lib bеmаlоl ulanishi mumkin. Agar kompyuterlar qandaydir markaz atrofida joylansa, 
ular bir birovi bilan shinali yoki halqali bo„lib ulanishi mumkin. Kompterlar bir chiziq bo„yicha 
joylashgan bo„lsalar, ular yulduz yoki halqa bo„lib ulanishi mumkin.Boshqa gap, buning uchun 
kabelning kerakli yig„indisi uzunligi qancha bo„lishidir.Adabiyotda tarmoq topologiyalari 
to„g„risida gap ketsa, tarmoq arxitekturasining har xil darajalariga tegishli to„rt mutloqo har xil 
tushunchalar o„ylash mumkin.Fizikkaviy topologiya (ya‟ni kompyuterlarni joylanish sxemasi va 
kabellarni yotqizilishi). Bu ma‟noda, masalan, passiv yulduz aktiv yulduzdan hech qanday farq 
qilmaydi, shu tufayli uni ko„pincha oddiy “yulduz” deb ataladi. 

Mantiq topologiyasi (ya‟ni, aloqalar tuzilishi, signallarni tarmoq bo„yicha tarqalganish 
xarakteri). Bu eng to„g„ri topologiyani ifodalash bo„lsa kerak. 

Almashuvni boshqarish topologiyasi (ya‟ni, har bir kompyuterlar orasidagi tarmoqni 
o„rab olish huquqini uzatish prinsip iva ketma-ketligi). 

axboratviy topologiya (ya‟ni, tarmoqdа uzatilayotgan axborot oqimining yo„nаlishi). 
Masalan, fizikaviy va mantiqli topologiyasi bilan “shina” boshqarish usuli sifatida tarmoqni 
o„rab olish huquqi uzatish estafetasi (ya‟ni, bu ma‟noda halqa bo„lishi) va bir vaqtda bita 
ajratilgan kompyuter orqali barcha axborotni uzatishdir (Bu ma‟noda yulduz bo„lish). Mаntiqli 
“shina” topologiyali tarmoq “yulduz” passiv fizikli topologiyasiga ega yoki “daraxt” (passiv) 
bo„lishi mumkin.Har qaysi fizik topologiyali, mantiq topologiyali, almashuv boshqaradigan 
topologiyali tarmoq axborotli topologiya mа‟nоsidа yulduzli deb hisoblasa bo„ladi, agar u 
yagona server va bir nechta kliyentlar asosida qurilgan bo„lib, faqat shu server bilan mulog„otda 
bo„lsa. Bu holatda barcha mulohozalar markazning nosozliklari tarmoqni buzilishiga 
mustahkamligi past bo„lishiga to„g„ri keladi. (ya‟ni serverni).Xuddi shunga o„xshab har qanday 
tarmoq axborotli ma‟noda shina deb atalishi mumkin, agar u bir vaqtda server ham, kliyent ham 
bo„lib kompyuterlardan tuzilgan bo„lsa, har bir boshqa shina holatida ham, bunday tarmoq 
alohida kompyuterlarning nosozliklariga kam sezgirli bo„ladi.Kabel bo„lmagan tizimlarda sharoit 
boshqacha. Ularning asosiy ustunligi shundaki, hech qanday simlarni o„tqazish kerak bo„lmaydi 
(devorlarda teshiklar qilish kerak emas, quvurlarda va talablarda kabelni o„tqazish kerak emas, 
uni falshpollar tagida o„tqazish, osilgan potoloklar ustida yoki ventiliyatsiyali shaxtalarda kabel 
nosozliklarni qidirish va tuzatish kerak emas). Yana shunga o„xshab tarmoq kompyuterlarini 
xona va bino chegarasida joyini o„zgartirish oson, chunki ular hech narsaga bog„langan emas. 

Download 181.8 Kb.




Download 181.8 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoq topologiyalari Kompyuter tarmoqlarining topologiyalri

Download 181.8 Kb.
Pdf ko'rish