• TARMOQ XAVFSIZLIGI FANIDAN TAYYORLAGAN 3-MUSTAQIL ISH Bajardi: Nazarov sh Qabul qildi: Islomova D
  • Tarmoq xavfsizligi fanidan tayyorlagan




    Download 88.61 Kb.
    Sana26.05.2023
    Hajmi88.61 Kb.
    #65194
    Bog'liq
    Mustaqil ishi-3
    Iteratorlar va ularning vazifalari, 2-mustaqil ish sertifkatlashtirish, sezgi a\'zolari, tex ijod oraliq, maxsulot tayyorlash sirtqi uchun topshiriq 2022 , mashina-choki-turlari-birlashtiruvchi-choklar-ziy-choklar, BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH, mustaqil ish makroiqtisodiyot, 5-amaliy mashg\'ulot, masalalar to`plami 2008, sdasturlash tilini organish, KT fanidan test savol namunasi, Pedagogika va psixalogiya 1-mustaqil ish, Ms Power Pointda giperssilkalar o’rnatish. Mavzulashtirilgan sha-fayllar.org


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

    TT VA KT ” FAKULTETI
    3 – BOSQICH TT 11-19 GURUH TALABASINING
    TARMOQ XAVFSIZLIGI
    FANIDAN TAYYORLAGAN

    3-MUSTAQIL ISH

    Bajardi: Nazarov sh
    Qabul qildi: Islomova D


    QARSHI – 2022

    Mavzu: Simsiz tarmoq infrastrukturasi


    Reja:
    Simsiz tarmoq infrastrukturasi
    Tarmoq xavfsizligi standarti
    Simsiz local tarmoq arxitekturasi va komponetlari

    SIMSIZ LOKAL TARMOQ TEXNOLOGIYALARI: O’TMISH VA KELAJAK



    Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshi sifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik hayotimizga mustahkam joylashib bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda.
    Yangi CDMA (Code Division Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global Systems for Mobile Communications- mobil aloqa tarmoqlarining global tizimi), TDMA (Time Division Multiple Access-kanallarni vaqt orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi avlod texnologiyalari), GPRS (General Packet Radio Service, ma’lumotlarni paketlab uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i), EDGE (Enhanced Data Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq) va shu kabi texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada tub burilish boshlanayotganini anglatib turibdi.
    Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) hamda o’rta va qisqa masofa tarmoq (Bluetooth) larning rivojlanishi juda istiqbollidir. Simsiz lokal tarmoqlar aeroportlar, universitet va institutlar, mehmonxonalar, restoranlar, korxona va tashkilotlar tarmoqlarida ko’plab qo’llanilmoqda. Simsiz tarmoqlarni standartlarini ishlab chiqish 1990 yilda butunjahon IEEE (Elektr va elektronika bo’yicha muhandislar instituti) tashkiloti tomonidan 802.11 komiteti tashkil etilishi bilan boshlangan. Butunjahon o’rgimchak to’ri va bu tarmoqda simsiz qurilmalar yordamida ishlash g’oyasi simsiz texnologiyalarning rivojlanish jarayonlariga muhim turtki vazifasini o’tadi. 90-yillar oxiriga kelib foydalanuvchilarga WAP- xizmati taqdim etildi. Shuni ta’kidlash kerakki boshida bu xizmat ko’pchilikda uncha qiziqish uyg’onmadi.
    WAP-xizmati asosiy axborot xizmatlari sifatida - yangiliklar, ob-qavo, kundalik va boshqa xizmatlar to’plamini taqdim etgan edi. Shuningdek, Bluetooth va WLAN dan ham ushbu aloqa vositalarining qiymati yuqoriligi bois juda kam miqdorda foydalanishgan. Lekin narxlarning tushishi ushbu vositalarga bo’lgan talab va qiziqishni ortishiga sabab bo’ldi. XXI asrning dastlabki o’n yilligi o’rtalariga kelib simsiz Internet-servisi foydalanuvchilarining soni bir necha o’n millionga etdi. Simsiz Internet-aloqasining paydo bo’lishi bilan birinchi o’rinda uning xavfsizligini ta’minlash masalalari ko’tarildi.
    Simsiz tarmoqlardan foydalanganda paydo bo’lgan asosiy muammolar sirasiga quyidagilarni keltirib o’tish lozim - bu maxsus xizmat, tijorat tashkilotlari va xususiy tadbirkorlar jo’natmalarini tutib qolish, kredit kartochkalar nomerlarini tutib qolish, bog’lanish uchun to’lov vaqtini o’g’irlash, kommunikatsiya markazlari ishiga xalal berish kabilardir. Bu muammolar aloqa standartlarini takomillashtirish orqali hal etib borilmoqda.
    Simsiz texnologiyalar taraqqiyotining ahamiyatli jihati shundaki, bu texnologiyalardan uy sharoitidagi foydalanuvchilar qulay tarzda foydalana olishlaridir. Uy tarmog’i qurilmalari sonining ortishi bilan ushbu qurilmalarni bir- biri bilan ulovchi ko’plab simlar bu tarmoqning asosiy muammosiga aylanib bormoqda. Bu o’z navbatida simsiz texnologiyalarga o’tishga sabab tug’dirmoqda. Simsiz texnologiyalarning yakka tartibda foydalanuvchilari soni salmoqli bo’lsada tezkor o’sib boruvchi segmenti - bu uning korporativ foydalanuvchilari hisoblanadi. Ma’lumotlarni simsiz uzatish muhim strategik vosita hisoblanib korxonada unumdorlikni oshishi (hodimlar korporativ axborotlarga doimiy va tezkor ega bo’ladilar, ular yangiliklardan tezkor boxabar bo’ladilar) ni ta’minlaydi, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshiradi (bir vaqtning o’zida ularning shikoyatlarini va xohishlarini qabul qilish hamda bir vaqtning o’zida sezish mumkin), raqiblarga nisbatan ustunlikni yaratadi (axborotlarni almashish va qaror qabul qilish tezliklarini oshishi). Bir so’z bilan simsiz texnologiyalarni kelajak texnologiyalari deb aytishimiz mumkin.

    Wi-Fi TEXNOLOGIYASI


    Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi (Wireless Fidelity) — ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz bog’lanish» ma’nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni o’rnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga ma’lumki kabelli tarmoqli kompyuter tarmog’ini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog’ini qo’lda o’rnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini o’rnatish talab qilinadi. Wi-Fi radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma’lumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmog’i orqali WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda yuqori radioto’lqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda ma’lumot almashinishini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog’ini tushirish kabi mablag’li jarayon uchun mablag’laringizni tejash bilan birga, o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi. Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga o’xshagan to’siqlardan ham o’tib ketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan tashqari albatta!). Simsiz tarmoqlar o’z-o’zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq hisoblanadi. Ko’pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yo’lidagi to’siqlarning qanaqaligiga va qanchaligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham bo’lishi mumkin. Bu albatta qaysi standartidan foydalanishga ham bo’gliq bo’ladi.

    1-rasm. Wi-Fi aloqa tarmog’i

    Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmog’ida ham ma’lumotlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish nuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson o’rnatilishida bo’lsa ikkinchisi esa


    Wi-Fi tarmog’ini kengaytirishdagi muammolarni umuman yo’qligi yoki boshqacha qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson bo’lgan eng sodda tarmoq hisoblanadi desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Ushbu WLAN tarmo’gini kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning o’zigina kifoya.
    Wi-Fi qurilmasini yoki razvyortkasini sotib olayotgan foydalanuvchi o’zini bemalol quyidagi imkoniyatlarni ega deb hisoblashi mumkin:

    Ko’p funksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qo’shimcha qurilmalar bilan ishlovchi maxsus qurilma

    Yuqori tezlikda uzoq masofalarga ma’lumot almashinish imkoniyatigaega bo’lasiz

    Tarmoqni kengaytirish uchun deyarli hech qanday ishni amalga oshirishni keragi yo’q:yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa ulanish parolini bilishi buning uchun yetarli hisoblanadi.

    Ushbu foydalanuvchi internet texnologiyalari hamda telekommunikatsiya sohalarining eng oxirgi yutuqlaridan foydalanayotgan bo’ladi.
    Quyidagi rasmda Wi-Fi tarmog’iga ulanish qurilmalari keltirilgan.

    Wi-Fi simsiz aloqa tarmog’ining keyingi avlodi Li-Fi deb nomlandi.


    Y aqinda olimlar ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan mutlaq yangi texnologiya ustida ishlashni boshlab yuborishgan edi. Bu simsiz interfeys bo’lib, uning yordamida oddiy yoritguvchi asboblardan foydalangan holda nurlanish maromini buzmay, osongina va tezkorlik bilan ma’lumotlarni o’tkazish mumkin. Buning uchun insonning ko’ziga ta’siri judayam kam bo’lgan yorug’lik diodlarining intensivligini tezda va yuqori aniqlikda o’zgartira olish qobiliyatiga ega texnologiyalardan foydalaniladi.
    Wi-Fi texnologiyasining ushbu analogi Li-Fi (inglizcha, light – yorug’lik so’zidan olingan) deb nomlanadigan bo’ldi. Ma’lumotlarni o’tkazishda yorug’likdan foydalanish g’oyasi yaqinda paydo bo’lgan emas, bunday g’oya bir asr avval ham mavjud bo’lgan. Ilk marta simsiz telefon qo’ng’irog’ini amalga oshirgan shaxs Aleksandr Bell bo’lib, bu voqea 1880-yilda yuz bergan. Bell buni o’zining ―Fotofon‖ deb nomlangan kashfiyoti yordamida amalga oshirgan.
    Y o rug’lik yordamida ma’lumotlarni o’tkazishga bo’lgan ilmiy va tijoriy qiziqishlar, asosan, so’nggi yillarda kuchayib ketdi. Tan olish kerakki, bugungi kunda Wi-Fi texnologiyasi shunday ommalashib ketdiki, hozirda undan hatto samolyotlarda, avtobuslarda, muzlatgich va sovutgichlarda, umuman olganda, deyarli barcha turdagi elektronika vositalarida foydalanish mumkin. Biroq, ushbu texnologiya orqali ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan kirish nuqtalari (access point) va unga bog’lanuvchi simsiz qurilmalarning ishlashi bir-biriga halaqit berib qolishi mumkin. Bu esa simsiz tarmoqning o’tkazish imkoniyatini pasaytiradi, natijada kishilarda ma’lumotlarni o’tkazishning muqobil variantlarini ishlab chiqish ehtiyoji paydo bo’ldi. Garald Xaas – Edinburg universiteti professori ilk Li-Fi timsolini namoyish qildi. U o’tkazgan tajribada ma’lumotlarni o’tkazish tezligi 10 Mbit/s gacha yetdi. Biroq, professor Xaas interfeys tezligini 100 Mbit/s gacha yetkazishni rejalashtirmoqda.
    Yorug’lik orqali ma’lumotlarni o’tkazish texnologiyasiga ko’pchilikning qiziqishi baland, chunki unda hech qanday radioto’lqinlarsiz ma’lumotlarni simsiz tarmoqda o’tkazish mumkin. Bundan tashqari, neft platformalarida, suv ostida, navigatsiya qurilmalari ishlaydigan samolyotlarda radioto’lqinlardan foydalanish ko’pincha ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
    WI-MAX TEXNOLOGIYASI: GLOBAL TARMOQQA CHIQISHNING EVOLYUTSIYASI
    So’ng gi yillarda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi personal kompyuterlarning yagona tarmoqqa ulash, hamda umumjahon Internet tarmog’iga chiqish imkoniyati usullarini oshirib yubordi.

    Hozirgi kunda deyarli barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohud internetga chqish imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi kunda deyarli barcha foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo’lgan tarmoqqa ulanish usullarini biroz ko’rib chiqamiz.


    Dial-Up. Telefon liniyasi orqali kommutatsiyalangan ulanish. Ushbu texnologiya ulanishdagi oddiylik sababli yaratilganidan buyon ishlatilib kelinmoqda. Ikki modem bir-biri bilan telefon liniyasini ishlatgan holda aloqa o’rnatadi. Oddiy holda ulanish birga-bir amalga oshiriladi hamda ma’lumot uzatish uchun barcha mavjud ovoz diapazoni chastotasidan foydalanadi. Lekin ushbu texnologiyaning ko’pgina kamchiliklari mavjud. Masalan: ma’lumot uzatishdagi past tezlik, tashqi ta’sir tufayli yuborilayotgan paketlarning qismi yo’qolish extimoli, ulanishning uzilib qolish extimoli hamda ulanish davrida telefon liniyasining butunlay band bo’lishi.

    Keng polosali ma’lumot uzatish texnologiyasi xDSL. Ushbu texnologiya statsionar obyektlar uchun juda ham maqbuldir. Mavjud telefon tarmog’idan foydalangan holda bemalol ushbu texnologiya orqali yuqori tezlikka ega bo’lish mumkin, lekin liniyalar mavjud bo’lmasachi? Yangi liniyasini foydalanuvchi manziligacha olib borish, juda ham qimmatga tushishi aniq. Uning ustiga ushbu texnologiyani har bir yangi foydalanuvchiga o’rnatish uchun ham foydalanuvchi ham uzatuvchi liniyasi tomonda ma’lum o’rnatish va tuzatishlar amalga oshirilishi lozim.


    Ethernet texnologiyasi. Lokal tarmoq texnologiyasining eng keng tarqalgan turi bo’lib, 10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlik bilan ulanib turish imkoniyatiga egadir. Ethernet ning yutug’i tarmoq strukturasi tanlanishidagi qulayligidir. Ammo ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning ma’lum masofadagina ishlay olishidir. Agarda vitaya para kabelini oladigan bo’lsak, u holda tarmoq masofasi 100 metrdan oshmasligi aniq. Uzaytirish uchun esa har 100 metrda qurilma qo’yishga to’g’ri keladi yoki optik toladan foydalanish zarur. Lekin qo’shni binolarni bir tarmoqda jamlash uchun bu juda qiyin hamda qimmatga tushishi mumkin.
    MAVZU:INTERNETDA AXBOROT XAVSIZLIGI VA UNI HIMOYALASH USULLARI

    UIMamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan kompyuter va axborot texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet xizmatlaridan foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Jamiyatimizning barcha sohalariga kundalik hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni ta’minlaydi. Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda.


    Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi. Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tezkor natijaga ega bo‘linadi.
    Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish faoliyatini tarmoq bilan bog‘lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari ma’lumot almashish uchun tarmoqqa bog‘lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy e’tibor qara-tishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vositalar va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. Tarmoq xavsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan vosita xavf-xatarni tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi kerak. Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga bo‘linadi:
    axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish (Eavesdropping);

    xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service)

    portlarni tekshirish (Port scanning).

    Axborotni uzatish jarayonida, eshitish va o‘zgartirish hujumi bilan telefon aloqa liniyalari, internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks jo‘natmalari orqali amalga oshiriladigan axborot almashinuvida foydalanuvchilarga sezdirmagan holatda axborotlarni tinglash, o‘zgartirish hamda to‘sib qo‘yish mumkin. Bir qancha tarmoqni tahlillovchi protokollar orqali bu hujumni amalga oshirish mumkin. Hujumni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotlar orqali CODEC (video yoki ovozli analog signalni raqamli signalga aylantirib berish va aksincha) standartidagi raqamli tovushni osonlik bilan yuqori sifatli, ammo katta hajmni egallaydigan ovozli fayllar (WAV)ga aylantirib beradi. Odatda bu hujumning amalga oshirilish jarayoni foydalanuvchiga umuman sezilmaydi. Tizim ortiqcha zo‘riqishlarsiz va shovqinsiz belgilangan amallarni bajaraveradi. Axborotning o‘g‘irlanishi haqida mutlaqo shubha tug‘ilmaydi. Faqatgina oldindan ushbu tahdid haqida ma’lumotga ega bo‘lgan va yuborilayotgan axborotning o‘z qiymatini saqlab qolishini xohlovchilar maxsus tarmoq xafvsizlik choralarini qo‘llash natijasida himoyalangan tarmoq orqali ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tarmoq orqali ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni eshitish va o‘zgartirishga qarshi bir necha samarali natija beruvchi texnologiyalar mavjud:


    IPSec (Internet protocol security) protokoli;

    VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq;

    IDS (Intrusion Detection System) ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi.

    Ipsec (Internet protocol security) bu xavfsizlik protokollari hamda shifrlash algoritmlaridan foydalangan holda tarmoq orqali xavfsiz ma’lumot almashish imkonini beradi. Bu maxsus standart orqali tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro aloqasida dastur va ma’lumotlar hamda qurilmaviy vositalar bir-biriga mos kelishini ta’minlaydi. Ipsec protokoli tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning sirliligini, ya’ni faqatgina yubo-ruvchi va qabul qiluvchiga tushunarli bo‘lishini, axborotning sofligini hamda paketlarni autentifikatsiyalashni amalga oshiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash har bir tashkilotning rivojlanishi uchun zaruriy vosita bo‘lib qoldi, Ipsec protokoli esa aynan quyidagilar uchun samarali himoyani ta’minlaydi:


    bosh ofis va filiallarni global tarmoq bilan bog‘laganda;

    uzoq masofadan turib, korxonani internet orqali boshqarishda;

    homiylar bilan bog‘langan tarmoqni himoyalashda;

    elektron tijoratning xavfsizlik darajasini yuksaltirishda.

    VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq sifatida ta’riflanadi. Bu texnologiya foydalanuvchilar o‘rtasida barcha ma’lumotlarni almashish boshqa tarmoq doirasida ichki tarmoqni shakllantirishga asoslangan, ishonchli himoyani ta’minlashga qaratilgan. VPN uchun tarmoq asosi sifatida Internetdan foydalaniladi.
    VPN texnologiyasining afzalligi. Lokal tarmoqlarni umumiy VPN tarmog‘iga birlashtirish orqali kam xarajatli va yuqori darajali himoyalangan tunelni qurish mumkin. Bunday tarmoqni yaratish uchun sizga har bir tarmoq qismining bitta kompyuteriga filiallar o‘rtasida ma’lumot almashishiga xizmat qiluvchi maxsus VPN shlyuz o‘rnatish kerak. Har bir bo‘limda axborot almashishi oddiy usulda amalga oshiriladi. Agar VPN tarmog‘ining boshqa qismiga ma’lumot jo‘natish kerak bo‘lsa, bu holda barcha ma’lumotlar shlyuzga jo‘natiladi. O‘z navbatida, shlyuz ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradi, ishonchli algoritm asosida shifrlaydi va Internet tarmog‘i orqali boshqa filialdagi shlyuzga jo‘natadi. Belgilangan nuqtada ma’lumotlar qayta deshifrlanadi va oxirgi kompyuterga oddiy usulda uzatiladi. Bularning barchasi foydalanuvchi uchun umuman sezilmas darajada amalga oshadi hamda lokal tarmoqda ishlashdan hech qanday farq qilmaydi. Eavesdropping hujumidan foydalanib, tinglangan axborot tushunarsiz bo‘ladi.
    Bundan tashqari, VPN alohida kompyuterni tashkilotning lokal tarmog‘iga qo‘shishning ajoyib usuli hisoblanadi. Tasavvur qilamiz, xizmat safariga noutbukingiz bilan chiqqansiz, o‘z tarmog‘ingizga ulanish yoki u yerdan biror-bir ma’lumotni olish zaruriyati paydo bo‘ldi. Maxsus dastur yordamida VPN shlyuz bilan bog‘lanishingiz mumkin va ofisda joylashgan har bir ishchi kabi faoliyat olib borishigiz mumkin. Bu nafaqat qulay, balki arzondir.
    VPN ishlash tamoyili. VPN tarmog‘ini tashkil etish uchun yangi qurilmalar va dasturiy ta’minotdan tashqari ikkita asosiy qismga ham ega bo‘lish lozim: ma’lumot uzatish protokoli va uning himoyasi bo‘yicha vositalar.
    Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (IDS) yordamida tizim yoki tarmoq xavfsizlik siyosatini buzib kirishga harakat qilingan usul yoki vositalar aniqlanadi. Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlari deyarli chorak asrlik tarixga ega. Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlarining ilk modellari va prototiplari kompyuter tizimlarining audit ma’lumotlarini tahlillashdan foydalangan. Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection System) va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection System) bo‘linadi.

    IDS tizimlari arxitekturasi tarkibiga quyidagilar kiradi:


    himoyalangan tizimlar xavfsizligi bilan bog‘liq holatlarni yig‘ib tahlillovchi sensor qism tizimi;

    sensorlar ma’lumotlariga ko‘ra shubhali harakatlar va hujumlarni aniqlashga mo‘ljallangan tahlillovchi qism tizimi;

    tahlil natijalari va dastlabki holatlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishni ta’minlaydigan omborxona;

    IDS tizimini konfiguratsiyalashga imkon beruvchi, IDS va himoyalangan tizim holatini kuzatuvchi, tahlil qism tizimlari aniqlagan mojarolarni kuzatuvchi boshqaruv konsoli.

    Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection System) va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection System) bo‘linadi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (NIDS) ishlash tamoyili quyidagicha:
    1. tarmoqqa kirish huquqiga ega bo‘lgan trafiklarni tekshiradi;
    2. zararli va ruxsatga ega bo‘lmagan paketlarga cheklov qo‘yadi.
    Sanab o‘tilgan xavfsizlik bosqichlarini qo‘llagan holda Eavesdropping tahdidiga qarshi samarali tarzda himoyalanish mumkin.
    DOS (Denial-of-service) tarmoq hujumning bu turi xizmat qilishdan voz kechish hujumi deb nomlanadi. Bunda hujum qiluvchi legal foydalanuvchilarning tizim yoki xizmatdan foydalanishiga to‘sqinlik qilishga urinadi. Tez-tez bu hujumlar infratuzilma resurslarini xizmatga ruxsat so‘rovlari bilan to‘lib toshishi orqali amalga oshiriladi. Bunday hujumlar alohida xostga yo‘naltirilgani kabi butun tarmoqqa ham yo‘naltirilishi mumkin. Hujumni amalga oshirishdan oldin obyekt to‘liq o‘rganilib chiqiladi, ya’ni tarmoq hujumlariga qarshi qo‘llanilgan himoya vositalarining zaifligi yoki kamchliklari, qanday operatsion tizim o‘rnatilgan va obyekt ish faoliyatining eng yuqori bo‘lgan vaqti. Quyidagilarni aniqlab va tekshirish natijalariga asoslanib, maxsus dastur yoziladi. Keyingi bosqichda esa yaratilgan dastur katta mavqega ega bo‘lgan serverlarga yuboriladi. Serverlar o‘z bazasidagi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga yuboradi. Dasturni qabul qilgan foydalanuvchi ishonchli server tomonidan yuborilganligini bilib yoki bilmay dasturni o‘rnatadi. Aynan shu holat minglab hattoki, millionlab kompyuterlarda sodir bo‘lishi mumkin. Dastur belgilangan vaqtda barcha kompyuterlarda faollashadi va to‘xtovsiz ravishda hujum qilinishi mo‘ljallangan obyektning serveriga so‘rovlar yuboradi. Server tinimsiz kelayotgan so‘rovlarga javob berish bilan ovora bo‘lib, asosiy ish faoliyatini yurgiza olmaydi. Server xizmat qilishdan voz kechib qoladi.

    Xizmat qilishdan voz kechish hujumidan himoyalanishning eng samarali yo‘llari quyidagilar:


    tarmoqlararo ekranlar texnologiyasi (Firewall);

    IPsec protokoli.

    Tarmoqlararo ekran ichki va tashqi perimetrlarning birinchi himoya qurilmasi hisoblanadi. Tarmoqlararo ekran axborot-kommunikatsiya texnologiya (AKT)larida kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarni boshqaradi va ma’lumotlarni filtrlash orqali AKT himoyasini ta’minlaydi, belgilangan mezonlar asosida axborot tekshiruvini amalga oshirib, paketlarning tizimga kirishiga qaror qabul qiladi. Tarmoqlararo ekran tarmoqdan o‘tuvchi barcha paketlarni ko‘radi va ikkala (kirish, chiqish) yo‘nalishi bo‘yicha paketlarni belgilangan qoidalar asosida tekshirib, ularga ruxsat berish yoki bermaslikni hal qiladi. Shuningdek, tarmoqlararo ekran ikki tarmoq orasidagi himoyani amalga oshiradi, ya’ni himoyalanayotgan tarmoqni ochiq tashqi tarmoqdan himoyalaydi. Himoya vositasining quyida sanab o‘tilgan qulayliklari, ayniqsa, paketlarni filtrlash funksiyasi DOS hujumiga qarshi himoyalanishning samarali vositasidir. Paket filtrlari quyidagilarni nazorat qiladi:
    fizik interfeys, paket qayerdan keladi;

    manbaning IP-manzili;

    qabul qiluvchining IP-manzili;

    manba va qabul qiluvchi transport portlari.

    Tarmoqlararo ekran ba’zi bir kamchiliklari tufayli Dos hujumidan to‘laqonli himoyani ta’minlab bera olmaydi:
    loyihalashdagi xatoliklar yoki kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarning har xil texnologiyalari himoyalana-yotgan tarmoqqa bo‘ladigan barcha suqilib kirish yo‘llarini qamrab olmaydi;

    amalga oshirish kamchiliklari — har bir tarmoqlararo ekran murakkab dasturiy (dasturiy-apparat) majmua ko‘rinishida ekan, u xatoliklarga ega. Bundan tashqari, dasturiy amalga oshirish sifatini aniqlash imkonini beradigan va tarmoqlararo ekranda barcha spetsifikatsiyalangan xususiyatlar amalga oshirilganligiga ishonch hosil qiladigan sinov o‘tkazishning umumiy metodologiyasi mavjud emas;

    qo‘llashdagi (ekspluatatsiyadagi) kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarni boshqarish, ularni xavfsizlik siyosati asosida konfiguratsiyalash juda murakkab hisoblanadi va ko‘pgina vaziyatlarda tarmoqlararo ekranlarni noto‘g‘ri konfiguratsiyalash hollari uchrab turadi. Sanab o‘tilgan kamchiliklarni IPsec protokolidan foydalangan holda bartaraf etish mumkin. Yuqoridagilarni umumlashtirib, tarmoqlararo ekranlar va IPsec protokolidan to‘g‘ri foydalanish orqali DOS hujumidan yetarlicha himoyaga ega bo‘lish mumkin.

    Port scanning hujum turi odatda tarmoq xizmatini ko‘rsatuvchi kompyuterlarga nisbatan ko‘p qo‘llanadi. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘proq virtual portlarga e’tibor qaratishimiz kerak. Chunki portlar ma’lumotlarni kanal orqali tashuvchi vositadir. Kompyuterda 65 536ta standart portlar mavjud. Kompyuter portlarini majoziy ma’noda uyning eshigi yoki derazasiga o‘xshatish mumkin. Portlarni tekshirish hujumi esa o‘g‘rilar uyga kirishdan oldin eshik va derazalarni ochiq yoki yopiqligini bilishiga o‘xshaydi. Agar deraza ochiqligini o‘g‘ri payqasa, uyga kirish oson bo‘ladi. Hakker hujum qilayotgan vaqtda port ochiq yoki foydalanilmayotganligi haqida ma’lumot olishi uchun Portlarni tekshirish hujumidan foydalanadi.


    Bir vaqtda barcha portlarni tahlil qilish maqsadida xabar yuboriladi, natijada real vaqt davomida foydalanuvchi kompyuterning qaysi portini ishlatayotgani aniqlanadi, bu esa kompyuterning nozik nuqtasi hisob-lanadi. Aynan ma’lum bo‘lgan port raqami orqali foydalanuvchi qanday xizmatni ishlatayotganini aniq aytish mumkin. Masalan, tahlil natijasida quyidagi port raqamlari aniqlangan bo‘lsin, aynan shu raqamlar orqali foydalanilayotgan xizmat nomini aniqlash mumkin
    Port #21: FTP (File Transfer Protocol) fayl almashish protokoli;

    Port #35: Xususiy printer server;

    Port #80: HTTP traffic (Hypertext Transfer [Transport] Protocol) gipermatn almashish protokoli;

    Port #110: POP3 (Post Office Protocol 3) E-mail portokoli.


    Portlarni tekshirish hujumiga qarshi samarali himoya yechimi tarmoqlararo ekran texnologiyasidan unumli foydalanish kutilgan natija beradi. Barcha portlarni bir vaqtda tekshirish haqidagi kelgan so‘rovlarga nisbatan tarmoqlararo ekranga maxsus qoida joriy etish yo‘li bilan hujumni bartaraf etish mumkin.


    Simsiz tarmoq arxitekturasi.
    Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshi sifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik hayotimizga mustahkam joylashib bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda. Yangi CDMA (Code Division Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global Systems for Mobile Communications- mobil aloqa tarmoqlarining global tizimi), TDMA (Time Division Multiple Access-kanallarni vaqt orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi avlod texnologiyalari), GPRS (General Packet Radio Service, ma’lumotlarni paketlab uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i), EDGE (Enhanced Data Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq) va shu kabi texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada tub burilish boshlanayotganini anglatib turibdi. Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) hamda o’rta va qisqa masofa tarmoq (Bluetooth) larning rivojlanishi juda istiqbollidir. Simsiz lokal tarmoqlar aeroportlar, universitet va institutlar, mehmonxonalar, restoranlar, korxona va tashkilotlar tarmoqlarida ko’plab qo’llanilmoqda. Simsiz tarmoqlarni standartlarini ishlab chiqish 1990 yilda butunjahon IEEE (Elektr va elektronika bo’yicha muhandislar instituti) tashkiloti tomonidan 802.11 komiteti tashkil etilishi bilan boshlangan. Butunjahon o’rgimchak to’ri va bu tarmoqda simsiz qurilmalar yordamida ishlash g’oyasi simsiz texnologiyalarning rivojlanish jarayonlariga muhim turtki vazifasini o’tadi.
    90-yillar oxiriga kelib foydalanuvchilarga WAP-xizmati taqdim etildi. Shuni ta’kidlash kerakki boshida bu xizmat ko’pchilikda uncha qiziqish uyg’onmadi. WAP-xizmati asosiy axborot xizmatlari sifatida - yangiliklar, ob-qavo, kundalik va boshqa xizmatlar to’plamini taqdim etgan edi. Shuningdek, Bluetooth va WLAN dan ham ushbu aloqa vositalarining qiymati yuqoriligi bois juda kam miqdorda foydalanishgan. Lekin narxlarning tushishi ushbu vositalarga bo’lgan talab va qiziqishni ortishiga sabab bo’ldi. XXI asrning dastlabki o’n yilligi o’rtalariga kelib simsiz Internet-servisi foydalanuvchilarining soni bir necha o’n millionga etdi. Simsiz Internet-aloqasining paydo bo’lishi bilan birinchi o’rinda uning xavfsizligini ta’minlash masalalari ko’tarildi. Simsiz tarmoqlardan foydalanganda paydo bo’lgan asosiy muammolar sirasiga quyidagilarni keltirib o’tish lozim - bu maxsus xizmat, tijorat tashkilotlari va xususiy tadbirkorlar jo’natmalarini tutib qolish, kredit kartochkalar nomerlarini tutib qolish, bog’lanish uchun to’lov vaqtini o’g’irlash, kommunikatsiya markazlari ishiga xalal berish kabilardir. Bu muammolar aloqa standartlarini takomillashtirish orqali hal etib borilmoqda. Simsiz texnologiyalar taraqqiyotining ahamiyatli jihati shundaki, bu texnologiyalardan uy sharoitidagi foydalanuvchilar qulay tarzda foydalana olishlaridir. Uy tarmog’i qurilmalari sonining ortishi bilan ushbu qurilmalarni birbiri bilan ulovchi ko’plab simlar bu tarmoqning asosiy muammosiga aylanib bormoqda. Bu o’z navbatida simsiz texnologiyalarga o’tishga sabab tug’dirmoqda. Simsiz texnologiyalarning yakka tartibda foydalanuvchilari soni salmoqli bo’lsada tezkor o’sib boruvchi segmenti - bu uning korporativ foydalanuvchilari hisoblanadi. Ma’lumotlarni simsiz uzatish muhim strategik vosita hisoblanib korxonada unumdorlikni oshishi (hodimlar korporativ axborotlarga doimiy va tezkor ega bo’ladilar, ular yangiliklardan tezkor boxabar bo’ladilar) ni ta’minlaydi, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshiradi (bir vaqtning o’zida ularning shikoyatlarini va xohishlarini qabul qilish hamda bir vaqtning o’zida sezish mumkin), raqiblarga nisbatan ustunlikni yaratadi (axborotlarni almashish va qaror qabul qilish tezliklarini oshishi). Bir so’z bilan simsiz texnologiyalarni kelajak texnologiyalari deb aytishimiz mumkin.
    Download 88.61 Kb.




    Download 88.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarmoq xavfsizligi fanidan tayyorlagan

    Download 88.61 Kb.