• Simsiz tarmoqlar xavfsizligi
  • “tarmoq xavfsizligi”




    Download 10,58 Mb.
    bet40/144
    Sana20.05.2024
    Hajmi10,58 Mb.
    #245858
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   144
    Bog'liq
    “tarmoq xavfsizligi”

    SOCKS protokoli


    SOCKS (SOCKet Secure) protokoli server – vositachi yoki proksi – server orqali OSI modelining seans darajasida mijoz/server dasturlarning o’zaro munosabatini tashkillashtiradi.
    Dastlab SOCKS protokoli faqatgina mijoz dasturlari tomonidan keladigan so’rovlarni serverlarga qayta yo’llash, shuningdek olingan javoblarni qayta mijozga uzatish uchun ishlab chiqilgan. Mijoz/server dasturlari o’rtasida so’rov va javoblarni qayta yo’llash NAT (Network Address Translation) IP – adreslarini translyatsiyalash funksiyalarini qo’llash imkonini yaratadi. NAT texnologiyasini qo’llash ichqi tarmoq topologiyasi yashirishga yordam beradi, bu esa o’z navbatida tashqaridan uyushtiriladigan hujumlarni amalga oshirishni qiyinlashtiradi.Tarmoq manzillarini translyatsiyalash himoyani kuchaytirishdan tashqari, o’zining shaxsiy adresatsiyasini amalga oshira olish imkoniyati tufayli ichki adres sohasini kengaytirishga imkon beradi.
    SOCKS v.5 protokoli IETF (Internet Enfineering Task Force) tashkiloti tomonidan Internet standarti sifatida tasdiqlangan bo’lib, RFC 1928 (Request for Comments) ga kiritilgan.

    Simsiz tarmoqlar xavfsizligi


    Simsiz tarmoqlar butun dunyo bo’ylab kundan kunga keng tarqalmoqda. Bunga sabab bu texnologiyaning qulayligi, keng ko’lamligi va nisbatan arzonligidadir. Simsiz tarmoqlar tezlik, tarqalish radiusi, aloqa sifati va himoyalanganlik kabi parametrlar bilan xarakteristikalanadi.
    LAN (Lokal Area Network) va MAN (Metropolitan Area Network)
    tarmoqlari standartlar oilasi IEEE 802 tarkibiga kiruvchi IEEE 802.11 standarti simsiz tarmoqlar standarti hisoblanadi. Bu standart hali to’liqligicha yakunlanmagan bo’lib, uning istida izchil izlanishlar olib borilmoqda va yangi yutuqlarga erishilmoqda[2].

    • 802.11 – dastlabki 1 Mbit/s va 2 Mbit/s, 2.4 GHz (1997-yil);

    • 802.11a – 54 Mbit/s, 5 GHz (1999-yil);

    • 802.11b – yangilangan standart, 5.5 va 11 Mbit/s (1999-yil);

    • 802.11g – 54 Mbit/s, 2.4 GHz (b versiya bilan moslik) (2003);

    • 802.11n – yangi standart, 600 Mbit/s, 2.4-2.5 yoki 5 GHz;

    802.11a/b/g lar bilan moslik (2009);

    • 802.11ac – yangi ishlab chiqarilayotgan IEEE standarti. Tezlik 1.3 Gbit/s gacha, energiya iste’moli 802.11n ga qaraganda olti barobar kam. 802.11 a/b/g/n lar bilan moslik. 2013-yil 1-fevral holatida 95% ga tayyor. Yangi standartda ishlovchi qurilmalar ishlab chiqilgan.

    • 802.11ad – qo’shimcha diapazonli yangi standart, 60 GHz, 7 Gbit/s.

    • 802.11as (taxminan) – yangi turdagi antennalardan foydalanishi nazarda tutuilgan yangi standart, 135 GHz, 20 Gbit/s.Simsiz tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash uchun dastlab ishlab chiqilgan WEP (Wired Equivalent Privacy) standarti bir qator kamchiliklarga ega edi.Shuning uchun uning o’rnini WPA (Wi-Fi Protected Access) standarti egalladi. Simsiz tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi talablar ham bajarilishi kerak: Fizik himoya.Wi-Fi tarmog’ini qurishda ulanish nuqtalarini tashqi fizik ta’sirdan himoyalash.To’gri sozlash. Tavsiya etilgan shifrlash va autentufikatsiya standartlaridan foydalanish.




    Download 10,58 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   144




    Download 10,58 Mb.