• 7-LABORATORIYA ISHI MAVZU: VTP PROTOKOLI SOZLASH Ishdan maqsad
  • 1-topshiriq
  • 2-topshiriq
  • Xarajatlarni kamaytirish
  • «Tarmoq xavfsizligi»




    Download 12,81 Mb.
    bet17/73
    Sana23.05.2024
    Hajmi12,81 Mb.
    #251629
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
    Bog'liq
    «Tarmoq xavfsizligi»

    Topshiriq
    Har bir talaba yuqorida keltirilgan ma’lumotlar bo`yicha Cisco Packet tracer muhitida laboratoriya ishini bajaradi. Bunda kommutator va kompyuterlar lokal tarmoq quradi. Kompyuterlar kommutatorga ulangan portlarni virtual tarmoqlarga ajratiladi.
    Bajarilgan ishlari bo’yicha hisobotini tayyorlaydi.



    T/R

    Qurilmalar

    Kompyuterlar Ip manillari

    VLAN soni

    1

    Kommutator
    3 ta kompyuter

    192.168.1.11

    2

    2

    Kommutator va hub
    6 ta kompyuter

    192.168.1.21

    3

    3

    Kommutator
    5 ta kompyuter

    192.168.1.31

    3

    4

    Kommutator va hub
    6 ta kompyuter

    192.168.1.41

    5

    5

    Kommutator
    7 ta kompyuter

    192.168.1.51

    6

    6

    Kommutator va hub
    8 ta kompyuter

    192.168.1.61

    6

    7

    Kommutator
    9 ta kompyuter

    192.168.1.71

    8

    8

    Kommutator va hub
    10 ta kompyuter

    192.168.1.81

    8

    9

    Kommutator
    11 ta kompyuter

    192.168.1.91

    7

    10

    Kommutator va hub
    12 ta kompyuter

    192.168.1.101

    7



    7-LABORATORIYA ISHI
    MAVZU: VTP PROTOKOLI SOZLASH
    Ishdan maqsad: Lokal tarmoqda yaratilgan VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani amalga oshirish va VTP protokolini ishlash tamoyili bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish
    Ushbu laboratoriya ishi bo`yicha topshiriq 2 qismdan tashkil topgan.
    1-topshiriq:

    • Cisco Packet tracer muhitida lokal tarmoq yarating va qurilmalarning bazaviy parametrlarini sozlang (7.2-rasm);

    • Har bir kommutatorda VLAN ID yarating va kommutatorlar o`rtasida trank rejimini sozlang;

    • VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani Router-on-a-Stick usuli bo`yicha sozlang (7.3-rasm);

    • Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling.

    2-topshiriq:

    • Qurilgan tarmoq bo`yicha VTP protokolini sozlang va ishlash tamoyilini tushuntiring (7.4).

    • Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling.

    1 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot
    Ma’lumot uzatish tarmoqlarining samaradorligini oshirish va xavfsizligini ta’minlashda lokal tarmoqlarda VLAN lar tashkil etiladi. VLAN tarmog`i fizik emas, mantiqiy bog`lanishga asoslangan bo`lib, lokal tarmoqda qurilmalarni guruhlaydi. VLAN tarmog`i doirasidagi qurilmalar guruhi xuddi qurilmalar bitta o`tkazgich yordamida ulangandek bo`ladi.
    VLAN tarmog`i administratorga foydalanuvchilarni yoki qurilmalarni qayerda joylashganligiga bog`liq bo`lmagan holda qo`llanilish sohasi yoki loyihalash guruhi funksiyasi bo`yicha segmentatsiyani amalga oshirishga yordam beradi. Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli bo`lishi mumkin. Bir adresli (unicast), ko`p adresli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast) paketlarni uzatish va qabul qilish faqat o`sha VLAN doirasida bo`ladi. Har bir VLAN alohida mantiqiy tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo`lmagan stantsiyalar paketlarni jo`natish uchun marshrutizatorlar orqali uzatiladi.
    VLAN tarmog`i LAN ning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi mantiqiy keng eshittirishli (broadcast) domenni yaratadi. VLAN tarmog`i quyidagi avzalliklarga ega:
    Xavfsizlik: muhim ma`lumotlarga ega bo`lgan guruhlarni tarmoqning boshqa qismlaridan ajratiladi. Uning yordamida axborotni maxfiyligini buzilish extimolligini kamaytiradi;
    Xarajatlarni kamaytirish: o`tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish va qimmat tarmoq inrastrukturalari yangilanishini arzonligi;

    Download 12,81 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




    Download 12,81 Mb.