|
Ishlatilmayotgan portlarni o`chirish
|
bet | 6/73 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 12,81 Mb. | | #251629 |
Bog'liq «Tarmoq xavfsizligi»Ishlatilmayotgan portlarni o`chirish
Ishlatilmayotgan portlarni o`chirish – bu ko`pchilik administratorlar foydalanadigan, tarmoqni ruxsatsiz kirishdan himoya qilishda oddiy usullardan biri. Masalan, agar Catalyst 2960 kommutatori 24 portga ega va unda 3 ta FastEthernet portlari ishlatilayotgan bo`lsa, qolgan 21 ta ishlatilmayotgan portlarni o`chirib qo`yish tavsiya etiladi. Buni amalga oshirish uchun har bir ishlatilmayotgan portga alohida kiritiladi va o`chirib qo`yish buyrug`i beriladi:
Cisco kommutatorning CLI oynasiga quyidagi buyruqlarni kiritamiz:
Switch>enable
Switch#conf t
Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z.
Switch(config)#interface range fastethernet 0/3-24
Switch(config-if-range)#shutdown
Natijada tarmoqdagi quyidagi holat yuzaga keladi.
2.5-rasm. Noutbok tarmoqga ulanish cheklanganligi holati
Agar keyinchalik portlarni yana ishga tushurish kerak bo`lsa, no shutdown buyrug`idan foydalaniladi:
Switch(config)#interface range fastethernet 0/3-24
Switch(config-if-range)# no shutdown
Cisco kommutatorlarida Port-security
Port-securityni sozlash
Port-security interfeysni sozlash kommutatorning port rejimlar orqali amalga oshiriladi. Ko`pchilik Cisco kommutatorlarida portlar odatda dynamic auto rejimida turadi, ushbu rejim port-security funksiyasiga to`g`ri kelmaydi. Shuning uchun interfeysni trunk yoki access rejimiga o`tkazish kerak:
Switch>enable
Switch#conf t
Switch(config)#int range f0/1-2
switch(config-if-range)# switchport mode access
switch(config-if-range)#)# switchport port-security { Interfeysda port securityni ishga tushurish }
Xavfsiz MAC-manzillarning maksimal soni
switchport port-security maximum N – bu bir vaqtda N sonli MAC-manzillar interfeysda ishlashini anglatadi.
Masalan:
switch(config-if-range)# switchport port-security maximum 1
|
| |