-rasm O'zbekiston agrar sektori: asosiy muammolar, xususiyatlar, islohotlar zaruriyati




Download 395,16 Kb.
bet6/6
Sana29.05.2024
Hajmi395,16 Kb.
#256615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mignarova 20

2-rasm O'zbekiston agrar sektori: asosiy muammolar, xususiyatlar, islohotlar zaruriyati
Eksport rejasi biznesni maqsadli va rejali yuritishdagi muhim hal qiluvchi hujjat bo’lib, shuningdek, kreditlar olish va birlamchi kapitalning shakllanishi sari
yo’l ochadi. Eksport rejasiga orttitilgan tajriba, erishilgan natijalar, starategiya tanlash va qo’yilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda o’zgaruvchi boshqaruvchi
qurol deb qarash lozim. Bank va boshqa moliya tizmlari buni yaxshi biladilar va shu sababli yaxshi ishlab chiqilgan eksport rejasi bo’lmagan kompaniyalarning
eksport operatsiyalarini moliya bilan ta’minlashdan bosh tortadilar. Hamkor va sarmoyadorlar tadbirkorning tashabbuslarini faqat aniq belgilagan maqsadlarni amalga oshirish mexanizmlariga ega bo’lgan bo’lsa, shuningdek, tegishli texnikaviy va insoniy salohiyatlar mavjud bo’lgan sharoitdagi ko’maklashishga
rozi bo’ladilar.
24
Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarning keng jalb etilishi, eksport salohiyati va mahsulot eksporti hajmini oshirilishi milliy iqtisodiyotimizni tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni ta'minlash borasidagi eng muhim natija bo’ldi, tashqi qarzlarning maqbul darajasi saqlangan holda, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi va oltin-valyuta zahiralarining barqaror o’sishiga erishildi.
2011 yil natijalariga ko'ra O'zbekistn Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 25 537,4 mln. doll. ga teng bo'lib, 2010 yilga qaraganda 115% ni tashkil etdi. Shu jumladan, umumiy eksportning hajmi 15 027,4 mln. doll. ga teng bo'lib,
2010 yilga nisbatan bu ko'rsatkich 115,4% ga o'sdi, import esa 10 510, 0 mln. doll. yoki 114.5% teng bo'ldi. 2011 yilda O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 517,4 mln.doll. ga yetib, 2010 yilga nisbatan, 670,0 mln.doll. ga ko'pni tashkil etdi. 2012 yilning birinchi choragi natijalari bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 2011 yilning shu davriga nisbatan qariyb 102 foizni tashkil etib, 5 907, 4 million AQSH dollariga teng bo'ldi. Shu jumladan,umumiy eksport hajmi 2011 yilga nisbatan 92,5 foiz yoki 3 133,4 mln. AQSH dollarini, import esa 115,3 foiz yoki 2774,0 mln AQSH dollarini tashkil etdi.Ta'kidlash kerakki, 2012 yilning birinchi choragida O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 359,4 million AQSH dollariga teng bo'ldi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining hajmi va dinamikasi siyosatning natijasi sifatida 2005-2011 yillarda qishloq xo’jaligining mamlakatimiz
yalpi ichqi mahsulotidagi ulushi 30,1 foizdan 17,5 foizga kamayib, sanoatning ulushi 14,2 foizdan 24 foizga, xizmatlar ulushi esa 37 foizdan 49 foizga o’sdi. 55 Investitsion faollik ko’rsatkichlari keyingi yillarda ishchan muhitning sezilarli darajada yaxshilangani va yuqori iqtisodiy o’sish sur'atlari barqarorligini erkin dalilidir. Masalan, o’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar hajmi 9,7 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasi hajmining YaIMga nisbati 2011 yilda 56,1 foizni tashkil etdi. Tashqi savdoning ijobiy saldosi 2011 yilda 4 517,4million dollarni
tashkil etdi. 2011yilda eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 60 foizni tashkil etdi, holbuki, 2000-yilda bu ko’rsatkich qaryib 46 foizni tashkil etgan edi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo dinamikasi va tarkibini ko’rib chiqamiz. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritishiga qadar, asosan sobiq ittifoq respublikalarini xom ashyo resurslari bilan ta'minlashga yo’naltirilgan
edi. Iste'mol mahsulotlarining asosiy qismini respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati mavjudligiga qaramasdan, ular chetdan keltirilar edi. O’tgan 20 yil mobaynida tashqi savdo aylanmasi 27,1 barobar o’sdi, shu jumladan, eksport hajmi - 29,5 barobar, import - 24,2 barobar oshdi. Bu jarayonda tashqi savdoning ijobiy saldosi 53 barobar ortib, oltin-valyuta zahiralarining yuqori
darajada Eksport
o’sishi va va import tarkibi
milliy tubdan
valyuta barqarorligini ta'minladi. o’zgardi. O’zbekiston mustaqillikgacha
bo’lgan davrdagi chetga xom ashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan iste'mol tovarlarini olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunda tobora qo’ shilgan qiymati yuqori bo’lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va qo’proq ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik modernizatsiya qilish uchun mo’ljallangan yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo tarkibi aks ettirilgan. Paxta tolasining eksportdagi ulushi kamayib, 2011 yilda 11,3 foizga tushdi. Hozirgi kunda eksportning umumiy hajmida xom ashyo hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 70 foizdan ziyoddir.
Yurtimizda keyingi 10 yil mobaynida yengil avtomobillar eksporti 7,6 barobar, paxta kalavasi - 4,7 barobar, trikotaj matolar - 156 barobar, mineral o’gitlar - 11,7 barobar, neft mahsulotlari - 6,5 barobar, sement - 6,3 barobar, sabzavot va mevalar eksporti 14,1 barobar o’sdi. Oziq-ovqat mahsulotalri 9.7 barobar,kimyoviy mahsulot va undan tayyorlangan mahsulotlar hajmi 5.1 barobar, energiya va neft mahsulotlari 24.8 barobar, xizmatlar 9.1 barobar o’sishi kuzatildi. Korxonalarining eksport hajmi yuz barobardan ko’proq oshdi.
O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasining geografiq tarkibi
aks ettirilgan. Biz quyidagi jadvaldan 2011 yilda O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasining geografiq tarkibi asosan uzoq xorij mamlakatlari tashkil etgan, bu ko’rsatkich 57.1% tashkil etadi. Bundan eksport ulushi 55.3% va import ulushi 61.3% ni tashkil etdi. Mamlakatimiz iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarining tezkor rivojlanishi natijasida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi.
Hozirgi paytda bug’doy importi nafaqat to’xtatildi, balki O’zbekiston o’z bug’doyi va g’allasidan tayyorlangan unni eksport qila boshladi. Go’sht mahsulotlarini import qilish 5 barobar, sut mahsulotlari 2,6 barobar, qayta
ishlangan qishloq xo’jaligi mahsulotlari 3,5 marta, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar 16 va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari 7 barobardan ko’proq, gilam va yerga to’shaladigan qoplamalar 10 marta, trikotaj matolar 10 barobar, to’qimachiliq-trikotaj liboslari 11 marta, poyafzallar importi 11 barobar kamaydi. Mashina va uskunalarning import tarkibidagi ulushi o’sib, 1990 yildagi 12,1 foizdan 2000 yilda 35,4 foizga, 2011 yilda esa 44,1 foizga yetdi. Tashqi savdo geografiyasi ham diversifikatsiya qilindi.Hozirgi kunda korxonalar tayyorlagan mahsulotlarini tashqi savdoga uzoq xorij mamlakatlariga eksport ulushi orta boshladi.
Davlatimiz tomonidan korxonalar eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar quyidagilar:
  • eksportni rag’batlantirish, milliy mahsulotlar sifatini yanada oshirish asnosida uni jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini yanada oshirish va

  • mustahkamlash;
  • salbiy tashqi omillarga nisbatan mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini oshirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni davom ettirish orqali respublika iqtisodiyotining muvozanatli rivojlanishi va barqaror iqtisodiy o’sishni ta'minlash;
  • faol investitsion siyosatni olib borish, muhim strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish.

Download 395,16 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 395,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm O'zbekiston agrar sektori: asosiy muammolar, xususiyatlar, islohotlar zaruriyati

Download 395,16 Kb.