• Tarbiyaviy maqsad
  • Rivojlantiruvchi maqsad
  • Dars metodi
  • Darsning borishi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mavzu: Ishlаb chiqаrish kоrхоnаsidа mеhnаtni unumli tаshkil etish, tеjаmkоrlik




    Download 0,6 Mb.
    bet63/88
    Sana30.05.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #257828
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88
    Bog'liq
    Tartib raqam Sinf

    Mavzu: Ishlаb chiqаrish kоrхоnаsidа mеhnаtni unumli tаshkil etish, tеjаmkоrlik
    vа ishbilаrmоnlik аsоslаri.
    Darsning maqsadi:
    Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga ishlаb chiqаrish kоrхоnаsidа mеhnаtni unumli tаshkil etish, tеjаmkоrlik vа ishbilаrmоnlik аsоslаri haqida ma’lumotlar berish.
    Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
    Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida ishlаb chiqаrish kоrхоnаsidа mеhnаtni unumli tаshkil etish, tеjаmkоrlik vа ishbilаrmоnlik аsоslаri haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
    Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
    Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
    Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    1. Salomlashish

    2. Davomatni aniqlash

    3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

    4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

    1. Uyga vazifani so‘rash:

    1. Savol – javob o‘tkazish

    2. Topshiriqlarni tekshirish

    1. Yangi mavzu bayoni:

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarish va mehnatni unumli tashkil etish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonasini boshqarish deganda, rahbarni boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari majmui tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbarlikning quyidagi boshqaruv uslublaridan foydalaniladi:
    1. Xo‘jalik ishlaridagi kamchiliklarga murosasiz bo‘lish.
    2. Jamoa va uning har bir xodimi to‘g‘risida oylash, qayg‘urish.
    3. Yuqori madaniyatli boshqaruvni tashkil qilish.
    4. Rahbarning yangilikni his etish qobiliyati.
    5. Ilg‘or texnika va texnologiya asosida mehnatni to‘g‘ri tashkil etish.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish uchun korxona ishlab chiqarishni rejalashtirishning bir qator qoidalari va tamoyillariga rioya qilishi kerak, ya’ni:
    1. Bozordagi real sharoitni hisobga olish. Bunda korxona o‘z ishini bozordagi narx- navoning o‘zgarishi ehtimolini hisobga olib rejalashtiradi.
    2. Raqobatchilar imkoniyatlarini inobatga olish. Bunda qanday raqiblar bo‘lishi, ularning say-harakatlari ehtimollari e’tiborga olinadi.
    3. Rejalarni yuqoridan quyiga yoki quyidan yuqoriga qarab ishlab chiqish. Bunda reja yuqorida korxona darajasida va quyida uning bo‘g‘inlari doirasida tuziladi.
    4. Rejalashtirishning uzluksizligi. Bu tamoyilga binoan qisqa yoki uzoq muddatga mo‘ljallangan say-harakatlarga kerakli tuzatishlar kiritish talab qilinadi, chunki bozor sharoitida hamma narsani oldindan bilish qiyin va vaziyatga qarab rejalarga o‘zgarishlar kiritish talab qilinadi.
    5. Turli rejalarni muvofiqlashtirish. Korxonaning turli bo‘g‘inlaridagi rejalar bir-biriga moslashtiriladi va pirovard natijada yaxlit, hamma rejalarni birlashtirgan umumiy reja yuzaga keladi.
    Bu qoida va tamoyillarga rioya qilib ishlab chiqilgan rejalar nechog‘li aniq va sharoitga mos bo‘lsa korxonada mehnatni unumli tashkil etish, ishchi-xodimlar mehnatini qadrlash va rag‘batlantirish, daromad olishda korxonaning bor imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun sharoit yaratilgan bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyati ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llarini doimo izlanuvchanlikni talab qiladi. Ishbilarmonlik – tadbirkorlik deganda moddiy va pul mablag‘larini foyda topish yo‘lida sarflab, bozorga kerakli tovarlar va xizmatlarni yetkazib berib, kishilarga naf keltiruvchi, ularning hojatini chiqaruvchi iqtisodiy faoliyat tushuniladi. Tadbirkorlik maxsus tayyorgarlik va iste’dod talab etadi. Tadbirkor o‘z faoliyatining samaradorligiga erishishning turli-tuman yo‘llaridan foydalanishi zarur. Bular quyidagilardir:

    • Mahsulot tannarxini kamaytirish yo‘llari;

    • Ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish;

    • Fan-texnika taraqqiyoti asosida mehnat unumdorligini o‘stirish;

    • Tejamkorlik rejimiga ( xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilgi, energiya sarfini qisqartirish) qattiq amal qilish;

    • Asosiy fondlardan yaxshiroq foydalanish;

    • Mahsulot sifatini oshirish;

    • Ilg‘or texnologiya va zamonaviy uskunalardan foydalanish;

    • Boshqaruv apparatini takomillashtirish, boshqaruv harajatlarni qisqartirish.

    Yuqorida sanab chiqilgan omillarni tadbirkorlar tomonidan to‘g‘ri tashkil etilishi ishlab chiqarish korxonasining daromadini oshirishga xizmat qiladi, chunki korxonalarda ortiqcha so‘mlar qanchalik kam sarflansa, mahsulot shunchalik arzon bo‘ladi. Bu esa korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi – xodimlarning mehnat qilishdan manfaatdorligi, eng avvalo, moddiy rag‘batlantirilishi uchun imkoniyat yaratadi,chunki u mehnati evaziga o‘zining va oila a’zolarning yashashini, ya’ni yetarli darajada moddiy ne’matlar bilan ta’minlaydi.


    1. Download 0,6 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ishlаb chiqаrish kоrхоnаsidа mеhnаtni unumli tаshkil etish, tеjаmkоrlik

    Download 0,6 Mb.