• Qobiliyatlar.
  • Tartib raqam Sinf




    Download 0,6 Mb.
    bet81/88
    Sana30.05.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #257828
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88
    Bog'liq
    Tartib raqam Sinf

    Yangi mavzu bayoni: Kasbni to‘g‘ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e’tiborga olish. Qiziqish va mayllar. Qiziqish deganda odamning u yoki bu predmetga qaratilgan aktiv bilish faoliyati tushuniladi. Kasb tanlashga nisbatan olganda qiziqishlar bu odamning muayyan mehnat sohasiga ijobiy munosabati, uning bilishga va faoliyat ko‘rsatishga bo‘lgan intilishidir. Qiziqishlar o‘zining mazmuni, ko‘lami, uzoq davom etishi va teranligiga qarab bir- biridan farq qiladi. Qiziqishlarning mazmuni va ko‘lami odamning bilim darajasini hamda har narsaga qiziquvchanligini aks ettiradi. Qiziqishlarning teranligi va uzoq vaqt davom etishi ularning barqarorligini ko‘rsatadi. Qiziqishlar o‘z taraqqiyoti mobaynida bir nechta bosqichdan o‘tadi. Dastlab ular vaqtincha, epizodik xarakterda bo‘ladi hamda muayyan bir predmetga nisbatan ijobiy munosabatda namoyon bo‘ladi. Bunday qiziqishlar rivojlantirib borilmasa, ular tez orada susayib ketadi yoki mutlaqo so‘nadi. U yoki bu predmetning chuqur va muntazam ravishda o‘rganib borilishiga, mehnat faoliyatining qiziqqan sohasiga sinchkovlik bilan kirishib ketilishiga qarab qiziqishlar mustahkamlanib, kuchayib borishi va asta-sekin barqaror qiziqishga aylanib qolishi mumkin. Bunday qiziqishlar ko‘pincha o‘sib, ulg‘aya borib, maylga — kishining muayan faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan intilishiga hamda mazkur faoliyat turiga muvofiq keladigan mahorat va malakalarni takomillashtirib, doimiy ravishda o‘z bilimini oshirib borish uchun intilishiga aylanadi. Agar qiziqishlar «bilishni istayman» degan formula bilan ifodalanadigan bo‘lsa, mayllar «bajarishni istayman» degan formula bilan ifodalanadi. Hayvonlar to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qishga bo‘lgan qiziqish hayvonot bog‘iga borib turishni yaxshi ko‘rish, «Hayvonot olamida» deb ataladigan televizion ko‘rsatuvning birortasini qoymay ko‘rib borish boshqa-yu, hakiqiy jonivorlarni har kuni parvarish qilish natijasida xosil qilinadigan bir olam quvonch boshqadir. Faoliyat ko‘rsatish mobaynida kishining mayllari faqat namoyon bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga uning mayllari shakllanib ham boradi. Shuning uchun mehnatning har xil turi tasodifan duch kelishini kutib o‘tirmay, u ishlarga ongli ravishda kirishib ketaverish kerak. Faqat turli yo‘nalishda olib borilgan aktiv faoliyatgina sizga o‘z mayllaringizni bilib olish va sinab ko‘rish imkonini beradi. Shunday qilib, kasbni barqaror qiziqish, maylga muvofik tanlash kerak ekan. Qobiliyatlar. Bular qiziqish va mayllar bilan mahkam bog‘liq bo‘ladi hamda odamning kasbga layoqatini ko‘rsatuvchi belgilarning ajralmas qismi hisoblanadi. Xo‘sh, qobiliyatning o‘zi nima? Odamning biror faoliyat sohasida muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradigan har qanday individual psixologik xususiyatni qobiliyat deb hisoblash mumkin. Qobiliyatni faqat bilim va malakalardan iborat deb hisoblab bo‘lmaydi. Masalan, agar odam hidlarning bir-biridan farqini yaxshi bilsa va ularni esda saqlab qola olsa, u holda bunday fazilat ximik uchun, degustator uchun, oshpaz va boshqa shunga o‘xshash kasbdagi kishilar uchun juda zarur bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi. Basharti, kishining xotirasida juda ko‘p raqamlar, harflar, so‘zlar yoki tashqi alomatlar yaxshi (mustahkam) saqlanib qoladigan bo‘lsa, u kishi mana shu o‘z xotirasidagi ma’lumotlarni kerak paytda ishlata olsa, u holda bu ham juda zarur fazilat, matematika, dasturchiga, konstruktorga va boshqa shunga o‘xshash kasbdagi kishilar uchun zarur bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi. Har qanday faoliyat muayyan qobiliyatlar jamini ishlatishni taqozo etadi. Masalan, veterinariya feldsheri yoki shifokor kuzatuvchan yoki tashabbuskor kishi bo‘lishi, chuqur aql idrokka ega bo‘lgan chaqkon-epchil odam bo‘lmog‘i, o‘z ishiga g‘oyat halol munosabatda bo‘lishi kerak. Hamma uchun zarur bo‘lgan umumiy qobiliyatlar (masalan, ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyat) yoki juda ko‘p kasblar va faoliyat turlari uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar (tashkilotchilik qobiliyatlari) ayrim kasblar yoki nisbatan tor doiradagi kasblar uchun muhim hisoblangan maxsus qobiliyatlar bo‘ladi, elektromexanik releni regulirovka qiluvchi kishining qo‘llarida sezuvchanlik juda yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak, bir xil ohangdagi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan bardoshlilik — transport vositalarini haydovchi kishi uchun zarur, chizmalarga qarab murakkab buyumlar tayyorlaydigan kishilar uchun esa jismlarning fazodagi holatini tasavvur qila olish qobiliyati yaxshi rivoj-langan bo‘lmog‘i kerak. Har qanday kasbda ham umumiy va maxsus qobiliyatlar birga qo‘shilib kelgan takdirdagina ishning muvaffaqiyati ta’minlanishi mumkin. Xo‘sh, agar kishida tanlangan kasb uchun zarur qobiliyatlarning hammasi bo‘lmasachi? Bunday holda ikki yo‘l bo‘lishi mumkin: yo tanlangan kasbni o‘zgartirish yoxud etishmayotgan yoki kam namoyon bo‘lgan qobiliyatlar o‘rnini qoplash yo‘llarini qidirib ko‘rish kerak bo‘ladi. Masalan, xotirada kamchilik bo‘lsa, muntazam ravishda har xil yozuvlar olib borish, kartoteka tuzish va boshqa shunga o‘xshash tadbirlar bilan o‘sha etishmovchilik o‘rnini qoplash mumkin. Jismning fazodagi tasvirini tasavvur etishdagi kamchiliklarni to‘ldirish uchun hajmli modellardan foydalaniladi va hokazo. Qobiliyatning bo‘sh rivojlangan o‘rnini qoplash — bu odatdagi va zarur hodisa bo‘lib, agar kishi o‘z ishi sohasida chindan ham yuksak mahoratni egallashi kerak bo‘lsa, qo‘shimcha mashg‘ulotlar uning hayotida katta o‘rinni egallashi kerak. Maktabda olib boriladigan aktiv o‘quv faoliyati sizning har biringizga o‘z aqliy qobiliyatingizni va eng avvalo tafakkur tiniqligini, mantiqan to‘g‘ri fikrlashni, tafakkurning mustaqil va original bo‘lishini, topqirlikni, chuqur mulohaza qilishni, aqliy teranlik va o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishni rivojlantirish imkonini beradi. Irodaviy sifatlarni, ya’ni: dadillik, qat’iyat, intizomlilik, o‘ziga va o‘z kuchiga ishonish, o‘zini idora qila bilish, og‘irvazmin bo‘lish singari fazilatlarni rivojlantiri shga ham harakat qilish kerak. Mana shu sifatlarning hammasi birga qo‘shilib mehnatga bo‘lgan qobiliyatni ta’minlaydi. Mayllar. Shunday qilib, har bir kishi konkret faoliyat sohasida o‘z qiziqishlari, mayllari va qobiliyatlarini shakllantirib hamda rivojlantirib, tanlanadigan kasbga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib bormog‘i kerak.

  • Yangi mavzuni mustahkamlash.

    Mustahkamlash uchun savollar:
    1. Kasb tanlashda qiziqishlar, mayllar, qobiliyatlar qanday rol o‘ynaydi?
    2. Qobiliyatlar umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi, shularning farqini tushuntirib bering va misollar keltiring.
    3. Qobiliyat o‘rnini qoplash deganda siz nimani tushunasiz?

    1. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.

    2. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.




    Download 0,6 Mb.
  • 1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88




    Download 0,6 Mb.