«tasdiklayman»




Download 0,9 Mb.
bet14/36
Sana19.05.2021
Hajmi0,9 Mb.
#14550
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Motivatsiya

Umumiy amaliyotni asosiy ish faoliyati bo‘lib kasalni butun umr faoliyatida kuzatish va davolashdan iborat. shifokor kasal va uning oilasini ish va dam olish faoliyatini yaxshi biladi. g‘amxo‘r, ma’suliyatli va bilimli shifokor kasal va uning oilasi uchun ishonchli tayanch bo‘lib xisoblanadi. afsuslar bo‘lsinki oilalar umumiy amaliyot vrachini maslaxatdosh sifatida qabul qilishmaydi, ularga faqat tibbiy muammo bilan emas barcha savollar bilan murojaat qilish mumkinligini tushunishmaydi, shuning uchun shifokor o‘zini shu sifat bo‘yicha xam ko‘rsata olishi kerak. ayniqsa turmush qurishga xarakat qilayotgan yoshlarga xomiladorlarga o‘sayotgan bolalar va o‘smirlarga fertil yoshdagi ayollar, erkaklar va qariyalarga aql bilan konsultatsiya o‘tkazishni bilishi kerak. bu davrdagi suxbat shifokor va bemor orasida yangi munosabatlar o‘rnatilishiga yordam beradi, keyinchalik oila bilan ishlashni yengillashtiradi.

3. Fanlararo va fanichi aloqa
Ushbu temani talabalarga o‘qitish talabalarning anatomiya, fiziologiya, patologik anatomiya, patologik fiziologiya, mikrobiologiya, bioximiya, terapiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, klinik farmakologiyadan bilimlariga asoslanadi. mashg‘ulotdan olingna bilimlar UASh o‘tilganda va boshqa klinik fanlar o‘tganda foydalaniladi.
4. Mashg‘ulot tarkibi

4.1 Nazariy qism

Mavzuni muxokama qilish paytida quyidagi aspektlarga aloxida e’tibor beriladi: xar bir bemorga yordam berish va qo‘llab quvvatlash xar bir shifokorning burchi xisoblanadi.

1. Bemorlarni qanday bo‘lsa shunday qabul qilish kerak. uni to‘g‘rilashdan tiyiling. bemorni ko‘p shikoyati uni siz bilan muloqotini ushlab turishi mumkin. bu shikoyatlarni tashxisni boshlanish davri. diagnozni tasdiqlash kerak bo‘lsa tekshiruvlar belgilang.

2. agar bemor sizga ko‘p murojaat qilsa unga uchrashuvlar grafigini taklif qiling.

3. konsultatsiya davomida bemordan oilasi va ishi xaqida so‘rang.

4. bemorga yetarli vaqt ajrating u vaqt chegaralanganligin tushunsin

5. taskin beradigan xar bir so‘zingiz asoslangan bo‘lsin.

6. rostgo‘y bo‘ling. bemor muammosi sizning nazaringizda qandayligini ayting.

7. lekin qat’iyatli bo‘ling

8. plasebo o‘tkazmang vrach bilan suxbat davo xisoblanmaydi

9. bemorlar bilan boshqa shifokorlarni muxokama qilmang ularni kamchiligini ko‘rsatmang

10. oldingizga aniq maqsad qo‘ying

11. bemorlar bilan aloqani o‘zi xoxlamaguncha to‘xtatmang.

12. bemor sizga murojaat qilmoqchi bo‘lsa to‘sqinlik qilmang.

13. tanishlarni davolayotganda va ular sovo‘a berayotganda extiyot bo‘ling. shifokor etikasini saqlang.

14. sizga bemor bilan muloqot qiyinchilik tug‘dirsa uni boshqa shifokor maslaxatiga yuboring.

15. ayrim bemorlarga yordam berishning iloji yo‘qligiga ko‘niking.


“Insident” usulini qo‘llash

Maqsad: mavzuni yoritish jarayonida bir vaqtda barcha talabalarni bilimlarini ob’ektiv baxolash

klinik kafedralarda talabalarni ekstremal vaziyatlarda xarakatni o‘rgatish maqsadida ushbu metodika qo‘llaniladi. talabalarga muammoli vaziyatli masala ko‘rinishida beriladi. 10g‘15 minut davomida ushbu masalani o‘ylash va xulosa chiqarish kerak. bu usul talabalar fikrlashini keskin kuchaytiradi va ekstremal vaziyatlarda ishlashga o‘rgatadi.

Ushbu trening bemorni “katastrof xolati” yoki urgent xolatida yerdam berishga shifokor tayyorlash uchun kerak. Bu yerda o‘zlashtirish koefitsenti yuqori shkalada baxolanadi.

Talabalarga xoxlagan muommo xaqida qisqa ma’lumot kiritilgan vaziyatli masala beriladi. Ushbu amalni xatosiz bajarish 1,0 ga baxolanadi. asosiy bunda tezlik xisobga olinadi, to‘liq bajarish emas. talaba masalani birinchi qismini yechada bu o‘qitishning axamiyatli qismi xisoblaniladi.

Ushbu metod mashg‘ulotni xar xil qismlarida ishlatiladi, asosan asosiy qismida yangi o‘quv materialini yaxshi qabul qilish maqsadida.

Masalan: 12 yoshli bolaga sigaret sotishdi. U larka atrofida chekdi. Sizning xarakatingiz? Yoki –xomilador ayol qorin pastidagi og‘riq bilan murojaat qildi. Sizning yordamingiz?


Download 0,9 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Download 0,9 Mb.