O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar




Download 187.5 Kb.
bet2/7
Sana16.03.2023
Hajmi187.5 Kb.
#45663
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 04 Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash sirtqi 5 6 sem 2021 чикти (2)
ishsizlik, Mehnat tarbiyasida xalq og\'zaki ijodidan foydalanish. Reja, Adabiyot 11 sinf 1-qism, Kasbiy faol psix Darslik, Sharq mamlakatlari tarixi yo‘nalishi kurs ishi mavzu “Fors tili
1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani makroiqtisodiyot doirasida nazariy va amaliy masalalarni o‘rganish va uni mo‘‘tadil rivojlantirishning echimlarini topishda hamda “iqtisodiyot” sohasi mutaxassislarining shakllanishida katga ahamiyatga ega. Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng foydalaniladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy boshqaruv usullarini qo‘llash, moliyaviy-iqtisodiy faoliyat natijalarini tahlil qilish, boshqaruvning turli darajalaridagi qarorlarni asoslash, makro tartibga soluvchilar tomonidan makroiqtisodiy modellar asosidagi siyosatni ishlab chiqish, mamlakat va mintaqalarning rivojlanishini iqgisodiy usullar asosida taqqoslash bo‘yicha nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, zamonaviy boshqaruv nazariyasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish; zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda makroiqtisodiy tahlil va prognoz qilish usullarini o‘zlashtirish; zamonaviy boshqaruv muammolarini hal qilish uchun makroiqtisodiy modellardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash; iqtisodiy targetlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlari to‘g‘risidagi o‘rta va uzoq muddatli ssenariylarni ishlab chiqishda makroiqtisodiy yondoshuvlarni mohirona qo‘llash usullarini o‘rganishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

  • o‘rganilayoggan modellar shakllanishining nazariy asoslarini, ulardagi elementlarning o‘zaro bog‘liqligi va bog‘lanishlari;

•modellarning asosiy qoidalari va xulosalarining iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hamda tasavvurga ega bo‘lishi;
•makro tartibga solish siyosatini nshlab chiqishni asoslaydigan makroiqtisodiy tadqiqotlar metodologiyasi;
•makroiqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilishning zamonaviy usullari;

  • standart nazariy modellar yordamida makroiqtisodiy xodisalar va jarayonlarni tahlil qilish usullari va uslublari;

•makroiqtisodiy jarayonlar va xodisalarni tavsiflovchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilishning zamonaviy usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • makro darajada iqtisodiy xodisalar, jarayonlar va institutlarni o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilish;

  • muayyan vaziyatlarni tahlil qilishda iqtisodiy xususiyatga ega muammolarni aniqlash, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik mezonlari, xavflarni baholash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy okibatlarni hisobga olgan holda ularni hal qilish yo‘llarini taklif qilish;

  • amaldagi me’yoriy-huquqiy bazaga, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga asoslanib hisoblash;

  • iqtisodiy, ijtimoiy va boshqaruv ma’lumotlarining manbalaridan foydalanish;

  • ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar va xodisalar bo‘yicha ichki va tashqi statistika ma’lumotlarini tahlil qilish va sharxlash, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tendensiyasini aniqlash;

  • olingan vazifa bo‘yicha ma’lumot qidirish, iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;

  • topshiriqqa muvofiq iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash vositalarini tanlashni amalga oshirish, hisob-kitob natijalarini tahlil qilish va xulosalarni asoslash;

  • makro darajada iqtisodiy nazariy modellar asosida iqtisodiy agentlarning xatti-harakatlarini, iqtisodiy jarayonlar va xodisalarning rivojlanishini prognoz qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.




Download 187.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 187.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

Download 187.5 Kb.