"tasdiqlayman" Namangan tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktоri U. Abdurahmanov Tayyorlov yo’nalishi




Download 37,42 Kb.
bet2/6
Sana20.01.2024
Hajmi37,42 Kb.
#142046
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ishchi dastur Mehnat muhofazasi

TUSHUNRIRISHXATI

Hozirgi davrda biror-bir sohada ish yuritish, uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo‘lish uchun avvalo kompyuter savodxon bo‘lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi» deb belgilab qo‘yilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatning 2010 yil 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir”, hamda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisidagi “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” mavzularidagi ma’ruzalarida ham o‘quv jarayoniga yangi axborot–kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash vazifalari qo‘yilgan.
Shuningdek 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1761 sonli qarorida mazkur ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng tatbiq etishga, bitiruvchilarning tayyorgarlik sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ma’lumki 2010 yilda ta’lim tizimidagi fanlarni o’qitishda uzviylik va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, har bir fanning mazmuni qayta taxlildan o’tkazildi, Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari takomillashtirildi,ta’lim bosqichlari bo’yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan isloh qilindi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quv rejasida umumta’lim predmeti sifatida kiritilgan «Informatika» va “Axborot texnologiyalari” fanlari bo’yicha ham tegishli o’quv dasturlari takomillashtirilgan DTS asosida o’rta umumta’lim maktablaridagi «Informatika» va oliy ta’limdagi «Informatika va axborot texnologiyalari» fanlari bilan uzviy bog’liq ravishda qayta tuzib chiqildi.
Kasb-hunar kollejlarida «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o’qitishning bosh maqsadi o’quvchilarga informatika va axborot texnologiyalarini kasbga yo’naltirilgan holda o’qitish, asosan ularning amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan o’z kasbiy faoliyatlarida unumli foydalana olish ko’nima va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi bo’lajak kichik mutaxassislarga informatika va axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatida samarali foydalana oladigan darajada o’rgatish, shu sohada mukammal to’liq bilim berilishini ta’minlashdan iboratdir.
Dasturga kiritilgan bir qator amaliy dasturlarning barchasini ham o’rganish shart emas. Kasb-hunar kollejining kichik mutaxassislarni tayyorlash yo’nalishidan kelib chiqqan holda u yoki bu amaliy dasturni o’rganish tavsiya etiladi.
O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalariga talablar:
Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar:

  • axborotni turlari, ularni tasvirlash, saqlash, ishlov berish va uzatish yo’llarini, axborotning sifat ko’rsatkichlari, jamiyatda axboriy jarayonlar, axborotlashgan jamiyat, axboriy madaniyat, jamiyatni axborotlashtirishning xuquqiy asoslari, axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizlari, jamiyatning axborot resurslari, axborot xavfsizligi, axboriy xuquq va etika, o’z kasbiy faoliyatda axborotning roli va ahamiyatini, informatika va axborot texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi, hususan o’z kasbiy soxasidagi o’rni, roli va vazifalarini bilishi va ular haqida tushunchalarga ega bo’lishi;

  • kompyuterni axborotga ishlov beruvchi vosita sifatidagi rolini, kompyuter dasturlari va ularning axborotlarga ishlov berish jaryonidagi o’rnini, shaxsiy kompyuterlar tasnifi va tarkibini, tizimli blok va uning tuzilmasini, kompyuterda ma’lumotlarni tashkil etish va saqlashni bilishlari;

  • shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning turlarini, drayverlar, utilitlar, amaliy dasturiy ta’minot turlarini, dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini bilishi va ular bilan ishlay olishi;

  • tizimli dasturiy ta’minot va uning turlarini, operatsion tizim va uning qobigi ostida ishlovchi dasturlarni bilishi va ular bilan ishlay olishi, zamonaviy operatsion tizimlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi, WINDOWS operatsion tizimining yangi versiyalarida ishlay olishi, LINUX-operatsion tizimi, uning imkoniyatlari, qo’llanilish doirasi, hususiyatlari va afzalliklari haqidagi bilimlarga ega bo’lishi;

  • Ofis dasturlari paketi va uning tarkibini, zamonaviy matn protsessorlarining imkoniyatlarini bilishi va ulardan foydalana olish malakalariga ega bo’lishi, gipersso’lkalar, rasmlar va murakkab jadvallar bilan ishlay olishi, zamonaviy jadval protsessorining imkoniyatlari xaqida bilimlarga ega bo’lishi va ulardan foydalana olishi, taqdimot yaratishning zamonaviy dasturiy ta’minoti haqida chuqurroq bilimga ega bo’lishi va Power Point dasturida murakkab animatsion taqdimotlarni yarata olishi, o’z kasbiy faoliyatda ofis dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo’lishi va ulardan foydalana olishi;

  • grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini, kompyuter grafikasi va uning turlarini, tasvirlarni grafik muxarrir uskunalari (skaner, grafik planshet) yordamida kiritish va qayta ishlash yo’llarini, rastrli va vektorli grafikaning dasturiy ta’minotini bilishi, PhotoShop, CorelDraw dasturlaridan birida ishlay olishi, ikki va uch o’lchovli grafika xaqida bilimga ega bo’lishi va o’z kasbiy faoliyatida grafik dasturlaridan foydalana olish malakalariga ega bo’lishi;

  • amaliy dasturlar va ularning turli kasbiy sohalarda qo’llalanilishi, nashriyot tizimlari hakida ma’lumotga ega bo’lishi, o’z kasbiy sohasi-dan kelib chiqqan holda turli soxalarda qo’llaniladigan dasturlar (PageMaker, 1S: Bugalteriya, BEM, muhandislik grafikasi dasturlari – AvtoCad, MathCAD va boshqa dasturlar) haqida ma’lumotga ega bo’lishi va ulardan birida ishlay olish malakalariga ega bo’lishi;

  • zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifi, dasturlash tilining asosiy tushunchalari va operatorlarini, obektga mo’ljallangan dasturlash xaqida bilimga ega bo’lishi, Delphi dasturlash tili va uning ishchi muhiti bilan ishlay olishi, komponentlar palitrasi va uning bo’limlari va ayrim komponentlari bilan ishlay olishi, Delphi dasturi strukturasi, loyiha va modullar tuzishga oid masalalarni hal qilishni, Delphida protsedura va funktsiyalar bilan ishlay olishi, Delphi dasturlash tilining grafik imkoniyatlari oid dasturlar tuzish va ularni kompyuterga kiritib taxlil qilish, o’z kasbiy sohasiga oid uncha murakkab bo’lmagan masalalarni dasturini tuzish va kompyuterda natijasini ola bilish malakalariga ega bo’lishi;

  • Web-dizayn va uning dasturiy ta’minoti, Flash texnologiyasi yordamida Web-sahifa yaratish va bezashni, Web-sahifalarga rasmli, grafikli ma’lumotlarni turli usullarda joylashtirish va bezash usullarini, Web-sahifalarda formalar o’rnatish usullarini, tovushli ma’lumotlarni joylashtirishni, Web- sahifalar orasida aloqalarni o’rnatish imkoniyatlarini bilishlari va amaliyotda qo’llay olishlari;

  • axborotni tashkil qilish va izlab topish, ajratib olingan axborotni tizimlashtirish, tarkiblantirish, umumlashtirish va tushunarli shaklga keltirishni bilishi;

  • kompyuterlarga xizmat qilishning asosiy qoidalari, ularga xizmat qiluvchi dasturlar va ulardan foydalana olishni bilishi;

  • kompyuter viruslaridan saqlanish usullari, antivirus dastur vositalarining imkoniyatlaridan foydalana olishi;

  • fayllarni arxivlash usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni bilishi;

  • kasbiy soxasiga oid sodda masalalarning modellarini tuza olishi;

  • multimediya texnologiyasi va telekommunikatsiya vositalarini bilishi va ulardan foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi;

  • shaxsiy elektron manzil (elektron pochta) ochish va u bilan ishlash, Internet tarmog’ida axborot izlash tizimlaridan foydalana olish malakalariga ega bo’lish;

- Internet va lokal kompyuter tarmoqlaridan foydalana olish malakalariga ega bo’lishlari zarur.



Download 37,42 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 37,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"tasdiqlayman" Namangan tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktоri U. Abdurahmanov Tayyorlov yo’nalishi

Download 37,42 Kb.