“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. A. Soleev




Download 1.06 Mb.
bet9/79
Sana07.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#80540
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Bog'liq
“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. A. Soleev
1, Didaktikaning predmeti va uning vazifalari, 1.Dars ishlanma.Dilnoza
1.3. Statistika fani metodi.
Ommaviy hodisa va jarayonlar har xil sohalarda kuzatiladi va turli tumandir, ularning kechish sharoitlari ham, tuzilishi ham turlichadir. Demak, bunday hodisa va jarayonlar ko’pdan ko’p shakllarga va turlarga ega. Ayniqsa, ijtimoiy hayotdagi hodisa va jarayonlar o’zining murakkabligi va ko’p o’zaro bog’lanishlarga egaligi bilan ajralib turadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar ham ularda har xil ko’rinishlarda namoyon bo’ladi va turli jihatlarini ta’riflaydi. O’z-o’zidan ravshanki, ularni qandaydir yagona bir usul yordamida o’rganib bo’lmaydi. Buning uchun maxsus usullar, yo’llar majmuasi, bilim vositalari zarur.
Umuman olganda, uslubiyat so’zi quyidagi lug’aviy ma’nolarga ega: 1) bilimning ilmiy metodlari haqidagi ta’limot; 2) biror narsani nazariy tekshirish va amaliy bajarish usuli, vositasi; 3) ayrim fan tarmoqlarida qo’llanadigan usullar, metodlar, yo’llar, vositalar majmuasi; 4) ishlash va boshqarishdagi o’ziga xos uslub, ya’ni maxsus yo’llar, usullar majmuasi.

Statistika uslubiyati - bu ommaviy hodisa va jarayonlarni o’rganishda, unda namoyon bo’ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirishda ishlatiladigan o’ziga xos uslub, ya’ni statistika fani va amaliyotida qo’llanadigan yo’llar, usullar, vositalar majmuasi.
Statistika uslubiyati deganda ommaviy hodisa va jarayonni ilmiy tekshirishda va boshqarishda, unda namoyon bo’ladigan qonuniyatlarni o’rganish va ulardan amaliy foydalanish jarayonida qo’llanadigan o’ziga xos uslub, ya’ni usullar, metodlar, yo’llar, vositalar majmuasi tushuniladi. Ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy nisbatlarini aniqlash, ularda namoyon bo’ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan statistik tadqiqotlar bir necha bosqichlarga, ular esa fazalarga bo’linadi. Bosqich va fazalar o’zining maqsadi, vazifalari va xususiyatlari bilan bir biridan ajralib turadi. Shuning uchun har bir faza va bosqichda o’ziga xos tekshirish usullari, yo’llari, vositalari qo’llanadi. Shu bilan birga o’rganilayotgan soha va masalaning xarakteriga qarab, unga mos keladigan u yoki bu usul (yoki usullar to’dasi) aniq tekshirishda, uning muayyan fazasi va bosqichida asosiy, yetakchi qurol sifatida ishlatiladi.

Statistik tadqiqot ikkita bosqich va bir necha fazalardan tashkil topadi va ularda o’ziga xos usullar qo’llanadi.
Keng va to’la ma’noda statistik tadqiqot ikkita bosqichdan tashkil topadi:
1) Tasviriy statistika bosqichi
2) Analitik statistika bosqichi.
Birinchi bosqichda quyidagi asosiy maqsad va vazifalar ko’zlanadi: o’rganilayotgan obyektlarni spesifikasiyalash, ular haqida ma’lumotlar to’plash va qayta ishlash, ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy me’yorlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni hisoblash, ularni ko’rkam va ixcham shaklda va zarur xollarda so’z bilan tavsiflash. Ikkinchi bosqichda esa ko’rsatkichlarni statistik taxlil qilish, ular orasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarni aniqlash va baholash, o’rganilayotgan obyektlar taqsimotlaridagi qonuniyatlarni oydinlashtirish, ilmiy gipotezalarni ishonchlilik jihatdan baholash va statistik xulosalarni chiqarish va hokazolar asosiy maqsad va vazifalar hisoblanadi.
Har bir bosqichni, o’z navbatida, fazalarga bo’lish mumkin. Masalan, tasviriy statistika bosqichida quyidagi fazalar ajralib turadi: o’rganilayotgan obyektlar to’plamini, ommaviy hodisa va jarayonni spesifikasiyalash; ular ustida statistik kuzatish o’tkazish; to’plangan boshlang’ich ma’lumotlarni ma’lum tartibga solish, umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblash, ularni ko’rkam va ixcham shakllarda tasvirlash. Analitik statistika bosqichida esa quyidagi fazalar odatda ko’zga tashlanadi: o’rganilayotgan obyektlarning turli belgilari asosida taqsimotlarini tuzib, ulardagi qonuniyatlarni o’rganish, hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni miqdoriy ifodalash, ularni zamonda rivojlanish tendensiyalarini o’rganish, ilmiy gipotezalarni baholash va statistik xulosalar yasash, murakkab jarayon tomonlari orasidagi o’zaro bog’lanishlarni integral tizim shaklida bir butunlikda taxlil qilish.
U yoki bu bosqichning har bir fazasida ommaviy hodisa va jarayonlarni tekshirishning turli usullari, vositalari,yo’llari qo’llanadi. Masalan, obyektlarni spesifikasiyalash fazasida ularni oddiy yoki murakkab tasniflash, elementar yoki iyerarxik birlashmalarini tuzib guruhlashlar, ikkilamchi (qayta) guruhlashning turli yo’llari, klaster taxlil yo’llari va hokazolar ishlatiladi. Statistik kuzatish jarayonida ishlab chiqarish yoki laboratoriya sharoitida tajriba sinovlar o’tkazish, hisobot yoki maxsus tekshirishlar va ro’yxatlar amalga oshirish, anketa yoki tanlama usullarda kuzatish va boshqalar qo’llaniladi. Hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni o’rganishda analitik guruhlash, parallel qatorlarni tuzish, ularning egri chiziqlarini diagrammalarda tasvirlash, balans usuli, korrelyasion va regression taxlil usullari, dispersion taxlil usullari, ko’p o’lchovli taxlil usullari (omilli taxlil, bosh komponent usuli va h.k.) va boshqa usullardan foydalaniladi. Bundan buyon so’z asosiy usullar ustida boradi.
Statistika nazariyasi statistik tadqiqotning ikkala bosqichi va ularning barcha fazalariga tegishli umumiy nazariyadir. U mazkur tekshirishning umumiy qoidalarini, uslubiyatini, ya’ni unda qo’llanadigan usullarni o’rganayotgan ommaviy hodisalarning mohiyati bilan bir butunlikda yoritadi.

Ommaviy hodisalarni o’rga-nishda matematika usullari ham ishlatiladi.

Statistika nazariyasi va matematik statistika yagona fandir.
Ommaviy hodisa va jarayonlarni miqdoriy jihatdan statistika o’rganayotganda matematika usullaridan ham foydalanadi. Jumladan bir qator statistika metodlari algebra va sonlar nazariyasiga - to’plamlar nazariyasi, algebraik sistemalar, chiziqli tenglamalar va tengsizliklar sistemalari hamda matrisalar, vektor va Yevklid fazolari, determinantlar va hokazolarga tayanadi.2[2] Odatda statistika nazariyasi va matematik statistika ikkita mustaqil fan sohalari sifatida qaraladi. Bunday zid qo’yish ularning matematik apparatidagi farqlarga asoslanadi. Statistika nazariyasi elementar, matematik statistika esa murakkabroq matematik yo’llardan foydalanadi.
Ammo mazakur xususiyat ularni alohida fanlar sifatida qarash uchun asos bo’la olmaydi, chunki stististika nazariyasi va matematik statistika yagona fandir. Birinchidan statistikada sodda usullar o’rniga murakkab, takomillashgan matematika vositalarini qo’llanilishi umuman ilm-fan taraqqiyotidan kelib chiqadi va uning oqibati hisoblanadi. Bu jarayon nafaqat statistika taraqqiyotini, balki matematika taraqqiyotini ham aks ettiradi.
Ikkinchidan, statistikada qo’llaniladigan barcha matematik vositalar, ular qanday ko’rinishda bo’lmasin, ya’ni arifmetik, algebraik yoki biror oliy matematik analiz bo’lishidan qat’iy nazar, o’z mazmunini matematikaning tarkibiy qismi bo’lmish ehtimollar nazariyasidan oladi va u tomonidan ochiladigan qonuniyatlarga asoslanadi.
Ehtimollar nazariyasi ommaviy hodisalarni sifat mohiyatidan ajralgan holda, umumnazariy jihatdan butunlay musaffo tasodifiy sonlar qatori sifatida qarab muhim xossalarini o’rganadi. Statistika esa hatto ommaviy hodisalarning umumiy qonun va qoidalarini tadqiq qilayotganda ham ularning birgina miqdoriy xususiyatlariga tayanmasdan, balki vujudga kelish mexanizmiga asoslanadi, yuzaga chiqish sabablarini hisobga oladi. Statistika kursidan matematika usullarini chiqarib tashlashga urinish, ulardan sun’iy ravishda yangi o’quv predmeti sifatida - matematik statistikani shakllantirishga harakat qilish statistika nazariyasining asosiy boyligini hyech qanday asossiz musodara qilish bilan barobardir.
Biroq ushbu kitob umumiqtisodiy yo’nalish bo’yicha bakalavr darajasida mutaxassislar tayyorlash dasturiga binoan va talabalarning oliy matematik analiz bo’yicha bilim darajalarini hisobga olib yaratilgani uchun unda matematik apparatni juda soddalashtirishga harakat qilindi. Shu bois nozik matematik yo’llarga tayangan usullar umumiy tarzda bayon etildi. Ularni chuqur egallashni xohlovchi o’quvchilar kitob ilovasida tavsiya etilgan maxsus adabiyotlarga murojaat qilishlari mumkin.


Download 1.06 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Download 1.06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. A. Soleev

Download 1.06 Mb.