|
Tasdiqlayman” Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Sh. Urazov
|
bet | 2/4 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 24,08 Kb. | | #99143 |
Bog'liq Bulung‘ur tuman AKTII. Bulung‘ur tuman AKTbo‘yicha yetakchi mutaxassisining lavozim majburiyatlari
1. Bulung‘ur tuman AKTR bo‘yicha yetakchi mutaxassisi majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
2. Bulung‘ur tumanida AKTni joriy etish va rivojlantirish, ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va ularga ishlov berish jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha dasturlar majmuini tashkil etish;
3. Bulung‘ur tumanida texnik xarakteristikalar asosida kompyuter texnikalarining aniq hisobini;
4. Har bir kompyuterni lokal kompyuter tarmog‘i, internet, elektron hujjat aylanish dasturi, axborot tizimlarida ishlashiga moslashtiradi, axborot resurslariga kirish bo‘yicha vakolatlari doirasini belgilaydi. Foydalanuvchilarni vakolati bo‘yicha “Administrator”, “Foydalanuvchi”, “Mehmon” guruhlariga ajratadi va axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan ularning imkoniyatlarini cheklaydi.
5. Ruxsat etilgan holatdan tashqari barcha kompyuterlarning USB-portlari, disk o‘qish-yozish qurilmalaridan foydalanishni taqiqlovchi muhit yaratadi.
6. Bulung‘ur tumanida axborot tizimlari va resurslarining axborot-texnologiyalari bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini ta’minlash, ma’lumotlar bazalarini yaratishni ta’minlovchi infratuzilmani shakllantirishni va rivojlantirishni tashkil etish;
7. Bulung‘ur tumanining tizimidagi bo‘limlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va rivojlantirish jarayonlarini me’yoriy-huquqiy, texnologik
va axborot-tahlil ma’lumotlar bilan ta’minlash;
8. Bulung‘ur tumanida rasmiy veb-sahifasini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini ta’minlash;
9. Bulung‘ur tumanining axborot resurslari va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik infratuzilmasini joriy etish va rivojlantirish;
10. Bulung‘ur tumanining rasmiy veb-sayti va Ochiq ma’lumotlar Portalida majburiy e’lon qilinishi kerak bo‘lgan ochiq ma’lumotlari to‘plamlarining ro‘yxatiga muvofiq Portal operatori tomonidan ishlab chiqilgan jadvallar (shakllar)ni to‘ldirish yo‘li bilan ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini shakllantirish;
11. Bulung‘ur tumanida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanganda axborot xavfsizligi siyosatini yuritish, unga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.
12. Bulung‘ur tumanida O‘zbekiston Respublikasi Axborot, texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolati doirasida davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning barcha sohalariga axborot resurslari, ma’lumot bazalari, axborot tizimlari va interaktiv davlat xizmatlari joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ijrosini ta’minlash;
13. Bulung‘ur tumantizimidagi bo‘limlarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, dasturiy mahsulotlardan va ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalardan, aloqa va ma’lumotlar uzatish vositalaridan foydalanish hamda axborot havfsizligini ta’minlash, ularni rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish;
14. Bulung‘ur tumanining xarajatlar smetalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarini joriy etish va rivojlantirish, axborot xavfsizligi ta’minlash hamda xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha alohida bandlar kiritilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
15. Bulung‘ur tumanida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va axborot xavfsizligi ta’minlash bo‘yicha rejalar ishlab chiqish, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish;
16. Bulung‘ur tumanining korporativ tarmog‘ini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
va telekommunikatsiya tarmoqlarini, dasturiy vositalari, ma’lumotlar almashish va saqlash tizimlarini yaratish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
17. Bulung‘ur tumanining veb-saytini takomillashtirish, texnik jixatdan ishlashini ta’minlash;
18. Mazkur lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilmagan, lekin O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ish faoliyati yuzasidan tegishlilik bo‘lgan boshqa majburiyatlarni ham amalga oshiradi.
|
| |