Klinik xolat misolida oilaviy tibbiyotning aspektlarini ko‘rib chiqamiz




Download 1,83 Mb.
bet21/76
Sana16.06.2021
Hajmi1,83 Mb.
#15068
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76
Klinik xolat misolida oilaviy tibbiyotning aspektlarini ko‘rib chiqamiz:

Bemor– 36-yoshli ayol M., oxirgi 3 yil ichida bronxial astma qo‘zishi sababli 6 marta gospitalizatsiya qilingan. Oxirgi 3 gospitalizatsiyada intensiv terapiya kerak bo‘ldi va bir marta bemorda o‘lim xavfi kuzatildi. Bu kasalxona shifokorlarini va davolovchi shifokorni xayratlantirdi– bu davo rejasining tartibini bajarmaslikdandir. Bemorga tushuntirish ishlari olib borildi, teofillin va oral steroidli ingalyatordan qanday foydalanish kerakligi tushuntirildi, lekin bemor kasalxonaga og‘ir axvolda qayta tushganida bemor buyurilgan dorilarni ko‘pini muntazam qabul qilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Bemor M. kasalxonadan 48 kilometr uzoqda yashaydi, uning davosi bir necha bor uzilgan. Bemorda uni doimo nazorat qilib davolab turadigan doimiy shifokor bo‘lmagan. Doimo uni intensiv terapiya bo‘limidan oddiy palataga olinganda shifokorlar almashgan. Uning davolanish mobaynida bir necha mutaxassislar almashgan. Bundan tashqari bemor bilan uning sog‘liga doir bo‘lgan profilaktika ishlari va kasallik avj olishi va uzoq muddatga sog‘liqni ushlab turish savollari muxokama qilinmagan va bunday xujjatlar yurgizilmagan . Bunday xolatda davolashning davomiyligi prinsipiga amal qilinmagan.

Bemor uning kasalligida samarali davo. Tekshiruvlar o‘tkazilgan: umumiy qon taxlili, bioximik ko‘rsatkichlar, o‘pka funksiyasi, va b. Lekin kasallik tarixida bemorda xavotirlanish va depressiya simptomlari mavjudligi ko‘rsatilmagan. Bir shifokor so‘ziga ko‘ra: « dastlab biz organik o‘zgarishlarni inkor qilishimiz kerak. So‘ngra esa psixosotsial aspektlar xaqida o‘ylaymiz».

Ikkita tashxis qo‘yishdan cho‘chimaslik kerak. Bemorda depressiya va asosiy kasallik bo‘lishi mumkin. Ana shu ikki muammoni xal qilish zarurdir. Yani xar tomonlama davo olib borish kerak.

Statsioanr va ambulator kasallik tarixini tekshirish mobaynida davolovchi shifokorlar orasida o‘zaro munosabat yo‘qligi aniqlandi. Ambulator davo olib borgan shifokor bemorning gospitalizatsiya sonini va sababini bilmagan. Xamda statsionardagi shifokor bemor M ning qanday ambulator davo olganligini aniqlamagan. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki ko‘p tekshiruvlar bir muassada topshirilib boshqa muassada qaytarilgan va bu to‘lovni oshishiga olib kelgan. Bu kommunikatsiya va koordinatsiyaning yo‘qligi bu sog‘liqni saqlash tizimida bemorning va uning oilasiga nisbatan sovuqqonlik.

Bemorning V ambulator kartasida, kasbi va uning uy sharoiti ko‘rsatilmagan, biz bilamizki ba’zi insonlarda nafas olish funksiyasiga uy va ish sharoiti kasallanishga ta’sir qiladi.

Bemor M. misolida bemorni umumiy emas aynan kasallikni davolash olib borilgan. Kasallik profilaktika prinsipi amalga oshirilmagan. Bundan tashqari astma kasalligining profilaktikasidan tashqari boshqa profilaktik choralar xujjatlarga qayd etilmagan. Bajarilmagan ishlar: ko‘krak bezlarini o‘zini o‘zi tekshirish o‘rgatilmagan; osteoporoz xaqida suxbat, yurak qon tomir tizimi kasalliklari va o‘sma profilaktikasida jismoniy mashqlar va diyeta.

Bemor M. ning oilaviy anamnezi to‘liq yeg‘ilmagan. Genogramma ko‘rsatdiki,bemor M. va uning xo‘jaynida uch nafar farzand bor (ikki qiz va o‘g‘il). Qizlar sog‘lom, o‘g‘il esa, bronxial astma bilan kasallangan. Bemor M.ning ota onasi o‘tib ketishgan. Otasi alkogolik bo‘lgan. Xo‘jayninig ota onasi xayot. Uning onasi qarilik aqli zaiflik bilan kasallangan, otasi– alkogolik. Erinig ota onasi bemor yashayotgan ikki xonali domga ko‘chishgan.

Bemor M. oilasinig sxemasi ko‘rsatilgan unda eri o‘zi va uchta farzandlari tashkil etgan. Bitta farzandi emotsional qiyinchiliklar tufayli oiladan ancha uzoqlashtirilgan edi. Mariya o‘zining oilaviy xalqasini chizdi. Xalqaning bir tomonida Mariyaning o‘zi joylashgan uning ortida uch farzandi, xalqaning boshqa tarafida eri va uning ortida ota. So‘ngra Mariya o‘zining tarixini bayon qildi. Eri ko‘p ichgan paytida u dori ichishni to‘xtatib qo‘yarkan. Er va qaynota ichib olib astma bilan kasallangan o‘g‘lini ko‘p urib turarkan. Bu xolatni bartaraf etish uchun, Mariya qiyin nafas olishni boshlar va unda xuruj boshlanarkan. Xar bir xuruj oiladagi notinchlik sababli kelib chiqishi ma’lum bo‘ldi. Bo‘g‘ilish xuruji farzandini bemor uyda bo‘lgan paytda qutqarib qolar ekan, shuning uchun u xozirgi paytda kasalxonada bolalari esa uyda otasi bilan ekanligidan xavotirda.

Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki kasallikning asosiy negizi turli xil faktorlar asosida kelib chiqishi mumkin. Shu ma’noda oilaviy shifokor yutuqli xolatda turadi: bemorni oilaviy sharoitini bilgan xolatda, muammolarini bilgan xolatda kasallikning asosiy sababini tushunib, oila a’zolarini davolab va ularni kuzatuvga oladi.

Xamda oilaviy tibbiyot sharoitida tibbiy xujjatga urg‘u berish kerakdir. UASh xar bir inson va bemorga ambulator karta to‘ldiradi, u yerda bemor sog‘lig‘iga doir o‘zgarishlar, qo‘shimcha tekshiruv usullari, davolash, qaysidur kasallik xavf guruxiga kirishi to‘liq yoziladi. Xozirgi kunda tibbiy xujjatlar MZ 535 6.12.2004 yilgi buyruq asosida ancha kamaygan .

Oilaviy shifokor– bemorlarni uyda ko‘rish bo‘yicha yagona shifokordir. Bemorlarni uyda ko‘rish umumiy amaliyot shifokori tomonidan muxim kasb etib, ular nafaqat tibbiy muammolarni xal qilishar balki boshqa muammolarni xam xal qilishadi. Shifokor bemorning qanday sharoitda yashayotganligini bilish, oila a’zolari bilan o‘zaro munosabati qandayligini tushunishi mumkin. Ular oila bilan shifokor o‘rtasidagi munosabatni mustaxkamlaydi.

Jamiyatni muammoni xal qilishda jalb etish juda muxim axamiyatga egadir.



Download 1,83 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76




Download 1,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Klinik xolat misolida oilaviy tibbiyotning aspektlarini ko‘rib chiqamiz

Download 1,83 Mb.