IV. Issiqlik o’tkazish koeffitsientini aniqlash




Download 3,89 Mb.
bet9/98
Sana18.06.2021
Hajmi3,89 Mb.
#15109
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
IV. Issiqlik o’tkazish koeffitsientini aniqlash.

Bir va ko’p qavatli yaxlit devorlardan hamda trubaning ichki diametri di ni uning tashqi diametri dt ga nisbati di/dt > 0,5 bo’lgan sharoitda trubalardan issiqlik o’tgan paytda issiqlik o’tkazish koeffitsientini quyidagi tenglama bilan topish mumkin:


Vt/m2∙K.
Trubalar (silindrsimon yuzalar) uchun issiqlik o’tkazishning chiziqli koeffitsienti 1 m truba uzunligiga nisbatan olinadi va quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:

Vt/m∙K.
bu yerda α1 – issiq muhitdan (isituvchi bug’dan) devorga issiqlik berish koeffitsienti, Vt/m2∙K; α2 – devordan isitilayotgan muhitga issiqlik berish koeffitsienti; δ – devor qatlamining qalinligi, m; λ – alohida olingan devor qatlamining issiqlik o’tkazuvchanligi, Vt/m∙K; – devor qatlamining umumiy termik qarshiligi; ∑r3 – iflosliklarning termik qarshiligi; d3 – trubaning iflosliklar bilan qoplangan diametri.

Issiqlik berish koeffitsientlari α1 va α2 kriterial tenglamalar yordamida topiladi. Masalan, bug’dan devorga berilayotgan issiqlik berish koeffitsienti α1 quyidagi bilan aniqlanadi:



Kondensatning fizik-kimyoviy kattaliklari λ, μ, ρ yupqa qatlam (plenka) ning o’rtacha temperaturasi bo’yicha topiladi.

Kondensatsiyalanish issiqligi r to’yinish temperaturasi tt ga qarab aniqlanadi. Temperaturalar farqi quyidagi qyirmaga teng:

t = tt – td

bu yerda td – devorning temperaturasi; H – vertikal yuzaning balandligi.



Agar isitish trubalari gorizontal bo’lsa, bunda bug’ning truba devorlariga issiqlik berish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda d – trubaning diametri.



Devorlardan isitilayotgan muhitga issiqlik berish koeffitsienti harakat rejimiga ko’ra har xil kriterial tenglamalar yordamida topiladi. Hisoblash tenglamasini topish uchun avval Reynolds kriteriysi Re aniqlanadi. Agar Re>10000 bo’lsa, trubalardagi majburiy konveksiya vaqtidagi issiqlik berish koeffitsienti α2 quyidagiga teng bo’ladi:

Agar 2300>Re>10000 bo’lsa:



Agar laminar rejimda Re<2300 bo’lsa:



So’ngra α ning qiymati Nusselt kriteriysi orqali topiladi:






Download 3,89 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Download 3,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. Issiqlik o’tkazish koeffitsientini aniqlash

Download 3,89 Mb.