|
Tasdiqlayman
|
bet | 6/98 | Sana | 18.06.2021 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #15109 |
2-AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: Davriy ishlovhi issiqlik almashinish apparatlarining issiqlik hisobi.
Maqsad: Davriy ishlovchi issiqlik almashinish apparatlarining turlari bilan tanishib chiqishi hamda issiqlik tashuvchi agentlarning sarfi, ularning dastlabki va oxirgi temperaturalarini bilgan holda zarur bo’lgan issiqlik almashinish yuzasi F ni aniqlashdir.
Nazariy qism. Issiqlik almashinish apparatlarini loyihalashda ular uchun avval turli hisoblash ishlari bajariladi. Hisoblash uch qismdan iborat:
Issiqlik hisobi;
Konstruktiv hisoblash;
Gidravlik hisoblash;
Bunday issiqlik hisobi natijasida quyidagilar aniqlanadi: 1) o’rtacha temperaturalar farqi va ish muhitining o’rtacha temperaturalari; 2) issiqlik miqdori va ish jismlarining sarfi; 3) issiqlik o’tkazish koeffitsienti; 4) isitish yuzasi.
Issiqlik almashinish apparatining issiqlik hisobini ko’rib chiqamiz. Berilgan boshlang’ich ma’lumotlar:
isitilayotgan eritmaning miqdori G, kg/s;
eritmaning konsentratsiyasi C, %;
eritmaning boshlang’ich va oxirgi temperaturalari tb, t0;
isitkichning turi – vertikal, gorizontal trubalar, yo’llar soni;
isituvchi bug’ning bosimi P yoki temperaturasi t;
po’lat trubalarning ichki va tashqi diametri di va dt;
trubalarning uzunligi l, m;
eritmaning hrakat tezligi w, m/s;
isitish yuzasidan foydalanish koeffitsienti φ.
Hisoblash quyidagi tartibda olib boriladi:
|
| |