Mavzu: Yonaki b guruh metallari xaqida umumiy malumoti




Download 132.26 Kb.
bet1/5
Sana04.04.2024
Hajmi132.26 Kb.
#188152
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘stemirova Shaxlo
Xabibullayev Qodirjon Maruza 2, pdf (2) (1), 1. Alpomish dostoni, Дада Қўрқут китоби Алпомиш достонининг қиёсий таҳлили, Презентация Microsoft PowerPoint, Iqtisodiyotda tovar va pul



MUSTAQIL ISH
Mavzu: Yonaki B guruh metallari xaqida umumiy malumoti

Bajardi:O‘stemirova Shaxlo


Guruh:21/1
B irinchi guruhning qoʻshimcha gruppasiga miskumush, oltin kiradi. Bularning ham, birinchi gruppa bosh gruppachasidagi elementlarishqoriy metallar kabi, sirtqi qavatlarida bittadan elektron boʻladi, ammo xossalari jihatidan ulardan katta farq qiladi. Ishqoriy metallar aktiv elementlar boʻlgani uchun tabiatda erkin holda uchramaydi, ularning ionlanish xususiyati kuchli, mis gruppasi elementlari esa tabiatda erkin holda ham uchraydi, ular aktiv emas, ionlanish xossalari kuchli boʻlmagan metallardir. Birinchi gruppa bosh va qoʻshimcha gruppachalarining elementlari orasidagi katta farq sirtdan hisoblanganda ikkinchi qavat elektronlarida va atom radiuslaridadir. Mis gruppasi elementlarining sirtqi ikkinchi kavatida 18 tadan elektron bor, bu qavat ancha turgʻun, lekin butunlay barqaror emas. Bu elementlar sirtqi qavatlaridagi bitta elektronini yoʻqotib, ishqoriy metallar kabi, musbat bir zaradli boʻla oladi va sirtdan ikkinchi qavatidan ham elektron yoʻqota oladi. Ishqoriy metallarning sirt qavatidagi ikkinchi qavatida 8 tadan elektron bor, ular butunlay barqaror shuning uchun ishqoriy metallar hamisha bir valentli boʻladi. Mis esa sirtqi qavatidagi elektronini yoʻqotsa, bir valentli boʻladi, sirtining ikkinchi qavatidan ham bir elektron yoʻqotishi mumkin, bu holda u ikki valentli boʻladi. Mis birikmalari koʻpincha, ikki valentlidir. Oltin sirtqi qavatidagi bir elektronini yoʻqotib, bir valentli boʻladi, sirtdan ikkinchi qavatidagi ikki elektronini yoʻqotishi ham mumkin, bu holda u uch valentli boʻladi, oltin oʻz birikmalarida, koʻpincha uch valentlidir. Ishqoriy metallar atomining radiusi katta, shuning uchun sirtqi valent elektronining yadroga bogʻlanish kuchi zaifroq. Shu sababdan, uning ionlanish xususiyati kuchli. Mis gruppasi elementlarining atom radiuslari ishqoriy metallarnikiga qaraganda ancha kichik, demak, sirtqi birinchi va ikkinchi qavat elektronlari, ya’ni valent elektronlari yadroga kuchli bogʻlangan, shuning uchun ularning ionlanishi-oksidlanishi ancha qiyin, qaytarilishi esa osondir. Bu elementlar aktivlik qatorida vodoroddan keyin turadi. Mis gruppasi elementlarining atom radiuslari quyidagicha: Cu-1,28 A, Ag-1,44 A, Au-1,44 A Mis gruppasidagi elementlarining suyuqlanish va qaynash temperaturalari ancha yuqori. Ular suvni parchalay olmaydi, suvni hatto isitganda ham ta’sir etmaydi. Ularning gidroksidlari suvda erimaydigan kuchsiz asoslardir.
Mis

Download 132.26 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 132.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Yonaki b guruh metallari xaqida umumiy malumoti

Download 132.26 Kb.