Bolalar kasalliklarida DJT.
Maksad: talabalarga ShJTga kursatmani o‘rgatish, davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashni o‘rgatish, bolalar kasalliklarining xususiyatlarini hisobga olib kompleks davolashni tuzishni o‘rgatish.
Topshiriklar:
- bolalar kasalliklarida DJT yunalishni tanlash;
- bolalar kasalliklarida etiopatogenetik va simptomatik davolash;
- bolalar kasalliklarining profilaktikasi va sog‘lomlashtirishning asosiy usullari.
Xozirgi zamonda kasalliklarni davolash va ularning profilaktikasida qator tabiiy faktorlarni qo‘llash imkoniyatiga ega. Ular o‘sib borayotgan organizmning ko‘plab fiziologik jarayonlariga aktiv tasir etadi: himoya kuchini oshiradi, yalliglanishga qarshi tasir qiladi, funksional buzilishlarga qarshi tasir kiladi, adaptatsion qobiliyatni oshiradi.
DJT bolalarning o‘tkir va surunkali kasalliklarini davolashda ajralmas qisimga aylandi. Pediatriya bolalar organizmining yoshga bog‘lik anatomo-fiziologik xususiyatlari shartli qilib olingan. Bola organizmining funksional yetilmaganligi xarorat muvozanatini ushlab turolmaganligi tufayli fizik va kimyoviy boshqoruviga bog‘lik bo‘lgan moddalar almashinuvi jadalligi va buning natijasida issiqlik xosil bo‘lishi organizmning gomeotermik xolatini ushlab turadi. Bola qanchalik yosh bulsa, fizik vositalar bilan davolash shunchalik ahamiyatli bo‘ladi. Ularni quyidagicha o‘tkazish mumkin.Bola ulgaygan sayin uning tarbiyasida shartli reflekslar paydo buladi. Avvaliga shartli reflekslar uzoq vaqt shakillangani uchun sust bo‘ladi. Ularning tezlashishi 2 yoshdan oshganda va yana qayta sustlashishi pubertat yoshda buladi. Bolalarda shartli reflekslar bekaror bo‘ladi. Xar kanday kichik tashqi yoki ichki ( yangi sharoit,salbiy o‘zgalishlar, interkurrent kasalliklar, kuchli affektlar ) o‘zgarishlar markaziy asab tizimi faoliyati tormozlanishi va shartli reflekslar shakllanishining cheklanishiga olib keladi. Bolalar uchun tormozlanish Jarayonining sekin rivojlanish xarakterli, bolalarda irodaviy faollik yoshi kattalarga nisbatan sust. Bolaning suyaklari kattik moddani kam tutadi, qanchalik yumshok va elastik bo‘lsa shunchalik deformatsiya va dislokatsiyaning shakllanishi kam buladi. Mushak tizimi yoshga bog‘lik xolda rivojlanadi. Bola tug‘ilgandan keyin uning yozuvchi mushaklarining usishi bukuvchi mushaklarga nisbatan axamiyatlirok. Bola hayotining 1,5 – 2 chi oylarida xarakatlari impuls-reflektor, tarqoq koordinatsiyalashmagan, stereotipik atetozasimon xarakterga ega buladi. Piramida tizimi va bosh miya pustlok kismining boshkaruvchanligi boshlangandan sung maksadga yunaltirilgan va differensiallashgan xarakatlar boshlanadi.
Bu barcha momentlar bolalarda DJT kompleksini tuzish va iqlim-davolash o‘tkazishda o‘z aksini topadi.
-
Bolalarga DJT kichik dozalarda buyuriladi. Bunda kuch ishlatish shart bulmagan va muvozanatni ushlab turuvchi mashklar bajarilmaydi. Muolajalar kam vaqtda, lekin kuniga 2 – 3 martagacha buyuriladi.
-
Bolalarda jismoniy mashqlarga faol ishtiroki ikki yoshdan keyin, qachonki ikkinchi signal tizimi ishga tushgandan so‘ng boshlanadi. Bu yoshda mashklar intensiv nutk mustaxkamlovchilar va bolaga tanish bulgan rasmlar Bilan bajariladi. Faqat olti yoshdan keyingina analitik-sintetik usuldagi mashqlarga bosqichma-bosqich o‘tiladi va bola o‘zi aktiv ishtirok etib mustaqil bajaradi.
-
Bolaning klinik xususiyatlaridan kelib chikib asosiy joyda qiziqarli va modifikatsiyalashgan sport o‘yinlari, dozalangan sayr va ekskursiya ajratib olinadi. Shuning uchun bolaning yoshi qanchalik kichik bo‘lsa DJT kompleksiga o‘yin elementlari va o‘yinlar shuncha ko‘p kiritiladi.
DJT – kompleks nafas gimnastikasi, kukrak qafasi massaji, umumiy UBN keyinchalik bosqichma-bosqich mashg‘ulotlar: basseynda cho‘milish, suzish, sanator – kurort davolanish.
|