13.Motivatsiya
Sog‘lom onadan – sog‘lom bola tug‘iladi. Bu homiladorlikning, tug‘ishdan oldin, tug‘ish va keyingi davrlar qanday o‘tishiga bog‘liqdir. Homilador ayollarning homiladorlik davri yaxshi o‘tishi, tug‘ish jarayoni yengil va asoratsiz o‘tishida davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Davolovchi jismoniy tarbiyaning afzalligi shundaki, unda dori moddalari ishlatilmaydi, insonning hayoti davomida bajaradigan fiziologik harakatlar qo‘llaniladi. Shuning uchun asosiy e'tibor homiladorlik vaqtida, tug‘ish davrida va har xil ginekologik kasalliklarda va jarrohlikda jismoniy mashqlarning davolash maqsadida qo‘llanilishiga qaratiladi.
Akusherlik va ginekologiya amaliyotida davolovchi jismoniy tarbiyani homiladorlikda, tug‘ruqdan keyin, erta chilla davrida va ginekologik kasalliklarda qo‘llaniladi. Homiladorlikda qo‘llanilganda DJTni ayol organizmiga gigienik faktor sifatida va ayolning salomatligida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan har turli o‘zgarishlar va buzilishlarning oldini olish chorasi bo‘lib ta'sir qiladi.
Talabalarni davolovchi jismoniy tarbiyaning homiladorlikda, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davrda, har xil ginekologik kasalliklarda va pediatriyada qo‘llanilishining o‘ziga xosligi va ahamiyati bilan tanishtirish.
|