Masala №3. Bemor 30 yoshda. Diagnoz: bronxial astma, o‘rta og‘ir kechishi, qo‘zish davrida. Bemor bir yildan beri xasta, bir necha marta hurujlar kuzatilgan Ko‘krak qafasi silindrik shaklda, aralash tipda nafas oladi, perkussiyada o‘pkalarida qutichasimon tovush aniqlanadi. O‘pka ekskursiyasi ikki tomonda 2,5sm. Nafas sustlashgan, vezikulyar, jarangli xirillashlar nafas chiqarganda kuchayadi, nafas olish soni 24 ta/min. Yurak chegaralari normada,tonlari biroz bo‘g‘iqlashgan, puls 82 ta/min, ritmik. AD 120/85 mm sm.ust.
Tashqi nafas tekshiruvlari: O‘TS 3,8 l (99,4% IO‘TS), nafas hajmi 680 ml, nafas chiqarish hajmi - 0,95 l, nafa solish -1,75 l.
FO‘TS 1 s — 2,05 l (64,26% IO‘TS), Tiffno indeksi — 60-65%; O‘MTX —11,34 l, O‘MV — 15,06 l (14,25% IO‘MV).
1.DJTning vazifalarini qo‘ying.
2.DJTning vositalarini belgilang.
3.Maxsus mashqlarni taklif eting.
Javob:
1.Nafasning kompensator imkoniyatlarini rivojlantirish, nafas va yurak-qon tomir tizimining funksional holatini yaxshilash, kundalik va mehnat yuklamalariga moslanuvchanlikni oshirish.
2.Jismoniy mashqlar, ko‘krak qafasi massaji.
3.Nafas chiqarish fazasini oshirish bilan statik nafas mashqlari, nafas chiqrishda nafasni ushlab qolish, dinamik nafas mashqlari, tovushli nafas gimnastikasi. Ko‘krak qafasi va yelka kamari mushaklarini bo‘shashtirishga, qo‘l va oyoqlar uchun dinamik mashqlar.
|