• Kalit so’zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • O`quvchilarining intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish usullari, iste`dodli bolalarni aniqlash




    Download 22.77 Kb.
    Sana02.04.2024
    Hajmi22.77 Kb.
    #185537
    Bog'liq
    O`QUVCHILARINING INTELLEKTUAL IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI, ISTE`DODLI BOLALARNI ANIQLASH.
    Fuqarolik jamiyati - Vikipediya, Multimedia texnologiyalari, 23.12.2021, ВЫФРВЫФАГВГФЙГД, 315-316-гурух амалиёт, Boshlsng\'ich sinf. axbor.tex, amaliy - 11 6- semestr, 1-MAVZU, Tursunov Ozodbek, disserCat, Hisobot.doc 1-semestr, ХУРРАМОВ.Р 1-ИЛОВАВА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТ ИШЛАРИ, Bog\'lovchi va uning grammatik xususiyatlari, maqollar, Elmira Mamaziyayava Orol fojiasi

    O`QUVCHILARINING INTELLEKTUAL IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI, ISTE`DODLI BOLALARNI ANIQLASH.
    DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI BOSHLANG'ICH TALIM
    4-BOSQICH 2BT-OT-S-21-GURUH TALABASI Qurbonova Gulsoat
    Annotatsiya: Ushbu maqolada, ko’rib turganimizdek, intellectual rivojlanish har bir darslarda, balki kompleks, muntazam ravishda rivojlanishi kerak. Voqelik narsa va hodisalarini aks ettiruvchi fikrlash inson bilimining eng yuqori bosqichidir. Shu bilan birga, u o’zining yagona sezgi manbasiga ega bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri aks ettirish chegaralarini kengaytiradi, bu esa odam tomonidan to’g’ridan-to’g’ri idrok eta olmaydigan bunday xususiyatlar va hodisalar haqida bilim olish imkonini beradi.
    Kalit so’zlar: maktab, xotira, mantiqiy, tahlil, sintez, shaxs, ijodkorlik, faoliyat, o’quvchi, qobiliyat.
    «Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon hayotning, do’stona hamkorlik esa - taraqqiyotning kafolatidir!”
    Sh.M.Mirziyoyev
    Yurtimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimiz har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga hozirgi kunda oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas bo’lib takomillashib bormoqda.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston” gazetasiga bergan intervyularida shunday gaplarni aytib o’tganlar: “Yangi O’zbekiston” degan tushunchasi real voqelikka aylanmoqda. O’z yurtida ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni o’z oldiga qo’ygan har qanday xalq, har qanday millat og’ir, mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tadi.(8)
    Bugungi kunda yurtimizda “Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan g’oyalari asosida maktab ta’limi tizimida katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Inson hayotining bilim olish davri mobaynida mantiqiy fikrlashni mantiqiy topshiriqlar bilan o’z aqliy qobilyatini rivojlantiradi. Bu jarayonga bir necha fanlar misol ko’rsatib o’tiladi: matematika, tabiatshunoslik, tabiiy fanlar, tasviriy san’at.
    Tadqiqot jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarning faoliyati davomida quyidagilarni o’rganib tadbiq qildik:
    1. Intellektual qobilyat so’zlarini tub maʼnosini bilish darajasini qay darajadaligiga bog’liq.
    2. Matematika fanidagi masala va misollarni ishlash hamda ishlash usullarini aniqlash va o’rganish.
    3. Tabiatda yuz berayotgan o’zgarishlarni izchillik bilan ko’ra bilish.
    4. Tarbiatshunoslik fanida tabiat xodisasida qanday o’zgarishlar yuzaga keladi deb tasavvurini shakllantirishimiz mumkin.
    Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual rivojlanishining muhim qismlari shundan iboratki ularning qo’shimch xotira zaxiralariga ega, chunki bu yoshda barcha kognitiv jarayonlarda o’zgarishlar boshlanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual fikrlashini rivojlantirish uchun eng qulay va samarali hisoblanadi. Intellektual tafakkur o’quvchi yoshlarning tafakkuri intellektual rivojlanishining eng yuqori bosqichidir, chunki u obrazli tafakkur negizida shakllanadi. Mantiqiy fikrlash rivojlanishning quyi bosqichiga erishish uchun quyidagilarni bilish zarur hisoblanadi: intellektual faoliyatning yuqori faolligi va umumiy va maxsus tushunilgan va amaliy bilimlarning yetarli darajasi hisoblanadi. Bu jarayon ko’p vaqt, kuch hamda mehnatni talab qiladi, bu holat uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarning intellektual fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish kerak. Shuni yodda tutish lozimki, mantiqiy fikrlashning rivojlanish jarayoni har tomonlama va tizimli ravishda amalga oshirilishi kerak. Bunday ishlarni nafaqat sinfda, balki darsdan tashqari mashg’ulotlarda ham bajarsa bo’ladi. Faoliyatning ushbu turida o’qituvchining asosiy vazifasi yosh bolalar uchun qulay va maqbul bo’lgan turli shakl va usullarni malakali tanlashdir. Aynan matematika, tabiatshunoslik, tabiiy fanlar, tasviriy san’at, darslarida bola intellektual fikrlash asoslarini egallaydi.
    Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tafakkurini rivojlantirish jarayoniga kelsak, psixologlar bu erda ikkita asosiy bosqichni ajratib ko’rsatishadi. Birinchi bosqichda (1- 2-sinflar) ularning fikrlashlari kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning fikrlashlaridan deyarli farq qilmaydi: o’quv materialini tahlil qilish asosan vizual-samarali va vizualmajoziy rejada amalga oshiriladi. O`quvchilar narsa va hodisalar haqida tashqi individual xususiyatlariga ko`ra yuzaki, bir yoqlama gapiradilar. Ularning xulosalari idrok etishda berilgan vizual asoslarga asoslanadi va xulosalar mantiqiy dalillarga emas, balki hukmlarning idrok etilgan ma’lumotlar bilan bevosita bog’liqligiga asoslanadi. Bu yoshdagi tushunchalar va umumlashmalar obyektlarning tashqi xususiyatlari bilan kuchli bog’liq bo’lib, sirtda yotadigan xususiyatlarga asoslanadi. (2)
    Boshlang’ich sinf o’quvchilarning intellektual qobilyatini rivojlantirish pedagogik jarayonning muhim qismidir. O’quvchilarning o’z qobiliyatlarini to’la namoyon etishiga, tashabbuskorligi, mustaqilligi, ijodkorligini rivojlantirishga ko’maklashish zamonaviy maktabning asosiy vazifalaridan biridir [3].
    Yuqorida aytilganlarga asoslanib, shuni ta’kidlash kerakki, bolalar hayotining har bir kuni qimmatlidir va ta’limning birinchi yillarida vaqtni o’tkazib yubormaslik kerak.
    O’qituvchining yordami bilan o’quvchilar fikrlashni, asosiy narsani ajratib ko’rsatishni, turli faktlar va nuqtai nazarlarni tahlil qilishni, ularni taqqoslashni va solishtirishni, savol berishni va mustaqil ravishda ularga javob izlashga harakat qilishni o’rganishi kerak.
    O’quvchi shaxsining rivojlanishi uchun faol kundalik faoliyat zarur. Faoliyat yordamidagina o’quvchi atrof-muhit bilan munosabatni tashkil etadi,shu orqali uning bilish qobilyati rivojlanadi, xarakter sifatlari takomillashib kamol topadi. O’quvchi yoshlarga bilim olishlarida ularga sharoitlar yaratib berishimiz lozim, shundan so’ngina yurtimizga yangi ixtirolar,innovatsiyalar paydo bo’ladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Shavkat Mirziyoyev “Yangi O’zbekiston Strategiyasi” 2021.-b.305
    2. Чернова А.А. Развитие логического мышления младших школьников на уроках математики // Материалы XII Международной студенческой научной конференции «Студенческий научный форум»
    3. Занков, Л. В. Избранные педагогические труды [Текст] / Л. В. Занков ; вступ. ст. Ш. А. Амонашвили. – М.: Новая шк., 1996. – 432 с.
    4. Афонькин, С. Ю. Учимся мыслить логически: увлекательные задачи для развития логического мышления [Текст] / С. Ю. Афонькин. – СПб.: Литера, 2002. – 144 с.
    Download 22.77 Kb.




    Download 22.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`quvchilarining intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish usullari, iste`dodli bolalarni aniqlash

    Download 22.77 Kb.