13.Motivatsiya
Hazm a'zolari, modda almashinuvi buzilishi kasalliklari va bo‘g‘im kasalliklari ko‘p tarqalgan, ular surinkali retsidivlangan kechishi va rivojlanib borishi natijasida asoratlar kelib chiqishi bilan xarakterlanadi, ko‘pincha vaqtinchali yoki turg‘un mehnatga layoqatsizlik sababi bo‘ladi (nogironlik). Barchaga ma'lum hazm a'zolari, modda almashinuvi buzilishi kasalliklari va bo‘g‘im kasalliklarini davolashda va profilaktikasida jismoniy omillarning tutgan o‘rni katta. Jismoniy omillarni qo‘llash neyro-endokrin boshqaruvni normallashtirishga yordam beradi, zararlangan to‘qimalarning trofikasini yaxshilaydi, dori vositalariga organizmning sezgirligini oshiradi, bemorning ruhiy holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Jismoniy omillarni yaxshi bilish va ularni komplesk davolashda to‘g‘ri qo‘llash har bir umumiy amaliyot vrachi uchun kerak.
Qandli diabet (QD) tibbiyotning yetakchi muammolaridan biri. Hozirgi kunda tibbiy-ijtimoiy ahamiyati jihatidan bevosita qon-tomir va onkologik kasalliklardan keyin turadi. JSST bo‘yicha butun dunyoda 50 mln. aholi qandli diabet bilan kasallangan. QDning tibbiy-ijtimoiy ahamiyati uning faqat keng tarqalganligi bilan emas, balki surunkali kasallik sifatida jamiyatga yetkazayotgan zarari bilan ham belgilanadi (o‘lim darajasini 2-3 marta, yurak ishemik kasalligi va insultlar sonini 2-3 marta oshiradi, QD bilan og‘rigan bemorlar orasida ko‘rlik umumiy aholiga nisbatan 10 marta, gangrena va oyoq qo‘l amputatsiyasi 20 marta ko‘p, QD buyraklarning o‘limga olib keladigan darajada shikastlanishi sababi bo‘yicha 2-o‘ringa va h.k.) va nihoyat QD kutilayotgan hayot davomiyligini 2-12%ga oshiradi (turli mamlakatlarda turlicha).
|