|
Tashkent 2022 Mavzu; Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlashda antivirus, ids, ips, te vositalarining o’rni. Reja
|
bet | 3/5 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 17,15 Kb. | | #127512 |
Bog'liq Tashkent 2022 Mavzu; Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlashda-fayllar.orgViruslar ta’siri
Hozirgi kunda kompyuter tizimlariga o‘z malakasini oshirish uchun yoki shunchaki «hazillashib» buzg‘unchilik qilayotgan «yosh dasturchilar» ko‘proq zarar yetkazadi. Chunki ular juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ularning ba’zilari kimgadir zarar yetkazayotganini bilmaydi ham.
Internet orqali yetkazilishi mumkin bo‘lgan asosiy zararlar:
• tarmoqqa ulangan vaqtingizda kompyuteringizga ruxsatsiz «kirish» va uni Sizning manfaatingizga zid tarzda masofadan boshqarish;
• internetda uzatilayotgan axborotlar «yo‘lda ushlab olinib», ulardan nusxa olish yoki o‘zgartirish;
• turli virus (kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni o‘chirish, o‘zgartirish kabi ishlarni bajaruvchi va boshqa dastur tarkibiga qo‘shilib olish, «yuqish» xususiyatiga ega bo‘lgan maxsus dastur) dasturlarini websahifalarga «yashirib qo‘yish»;
• turli davlat tashkilotlari va xususiy korxonalarga tegishli axborotlarni o‘g‘irlash va raqobatchi tashkilotlarga sotish yoki ma’lum miqdorda to‘lov talab qilish;
• jamiyat mafkurasi va ma’naviyatiga zid axborotlarni Internetda e’lon qilish. Ba’zi virus dasturlarining nomidan ham bajaradigan ishini tushunib olish mumkin. Masalan, Black Hole (Qora Tuynuk, ya’ni ekranning chap burchagidan qora tuynuk ochadi), Black Friday (Qora Juma, juma kunlari ishlanayotgan fayllarni o‘chiradi), Friday13 (13sana juma kunlari ishlanayotgan fayllarni o‘chiradi), «sekin ta’sir qiluvchi virus» (kompyuter ishini bir necha yuz marta sun’iy sekinlashtirib yuboradi) va hokazo.
Viruslar klassifikatsiyasi
Viruslarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
– fayl viruslari [COM, EXE va DLL ni zararlaydi];
– boot-viruslar [disketlarni boshlang‘ich yuklovchi sektorlari (yoki MBR – Master Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi];
– makroviruslar;
– tarmoq viruslari.
Fayl viruslari kompyuterlarda eng ko‘p tarqalgan viruslardir. Ular barcha viruslarning taxminan 80 % ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo‘lib, o‘z vaqtida ehtiyot chorasi ko‘rilmasa, haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Masalan, RCE1813 yoki Ierusalem (Quddus), Black Friday (Qora Juma).
Bootviruslar o‘zini diskning operatsion sistemani yuklovchi 0trakiga yozib oladi. Bunday viruslar foydalanuvchi hali antivirus dasturini ishga tushirmasdan avval, operatsion sistema yuklangandayoq faollashadi va tarqaladi. Bootviruslari fayl viruslaridan tubdan farq qiladi. Bootviruslarining soni fayl viruslariga qaraganda ancha kam hamda ular sekinroq tarqaladi. Tabiiyki, ham fayl sistemasiga, ham yuklash (Boot) sektoriga zarar yetkazuvchi viruslar ham mavjud.
Makroviruslar – ma’lumotlarni qayta ishlovchi turli tizimlarga (matn muharrirlari, elektron jadvallar) o‘rnatilgan makrotil imkoniyatlaridan foydalanadi. Ular, ayniqsa, Microsoft Word va Excel dasturlarida keng tarqalgan. Bunday viruslar zararlangan fayllar ishga tushganda faollashadi va shu turdagi fayllar ishga tushsa, ularni ham zararlantiradi. Ular nafaqat alohida kompyuterlarni, balki ushbu dasturlar o‘rnatilgan tarmoqdagi kompyuterlarni ham zararlantiradi.
Tarmoqqa zarar keltiruvchi viruslar replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba’zi abonentlarni zararlaydi. Tarmoq viruslari o‘zini keng tarqatishi uchun tarmoq protokollari yoki kompyuter tarmoq va elektron pochta buyruqlaridan foydalanadi. Bugungi kunda keng tarqalgan ushbu turdagi viruslar – troyanlar va pochta viruslari (cherv). Bunday viruslar ma’lumotlarni o‘g‘irlashda keng imkoniyat yaratadi. Ulardan eng «taniqlisi» Morrisa nomli bo‘lib, u 1988yilda Internet tarmog‘idagi 30 000 ta kompyuterdan 6 000 tasiga zarar keltirgan.
|
| |