AVTOMOBILLARDA ISHLATILADIGA MOYLASH MATERIALLARINING EKSPLUATATSION SAMARADORLIKKA TA’SIRI
Akmal XXX Azimov
Jizzax politexnika instituti assistanti
akmaldotsent@gmail.com
Jamshid Hamroyev
Jizzax politexnika instituti assistanti
jamshid1990@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu
maqolada, avtomobillarning ekspluatasion samaradorligini oshirishda, ularda ishlatiladigan moylash materiallarining sifatining ta‟siri tahlil etildi. Shuningdek dvigatel foydali ish koeffitsiyenti motor moyining sifatli tanlanishiga, o‟z vaqtida almashtirilishiga bog‟liqligi o‟rganildi. Bundan tashqari ekspluatatsion sharoitga mos qovushqoqlikka ega moylash materiallarining tanlanishi transport vositasining barcha parametrlarining samaradorligiga ijobiy ta‟sir ko‟rib chiqildi.
Kalit so’zlar: avtomobil,
ekspluatatsiya, ishqalanish, yeyilish, moylash materiallari,
motor moyi, moy quvushqoqligi, ekspluatasin samaradorlik.
Avtoransport vositalarining ekspluatatsiya qilish samaradorligini oshirish, uni doimiy va tez amalga oshirish barcha sohalarning rivojlanish ko‟rsatgichini oshirib, xalq xo‟jaligini iqtisodiy samaradorligini belgilab beradi. Ya‟ni avtomobillar ekspluatatsiya jarayonlarining oqilona amalga oshirilishi xom-ashyoni ishlab chiqarish sanoatiga, tovarlarni esa o‟z vaqtida iste‟molchilarga sifatli, arzon yetkazib berish vazifasini bajaradi, bu o‟z navbatida mamlakat iqtisodiyotining samaradorlikni oshirishiga olib keladi.
Avtomobillarning ekspluatatsiyasini samarali tashkil etish va yo‟l harakati xavfsizligini ta‟minlash maqsadida O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi “Transport vositalarini majburiy texnik ko„rikdan o„tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi 125-son qarorida ham avtomobillarning texnik sozligini doimiy ravishda nazorat qilish va transport vositalarini texnik ko„rikdan
va texnik holatni baholashning soddalashgan tartibini joriy qilish maqsadida qator muhim bo‟lgan tadbirlar belgilandi.
beradi. Moylash materiallarini almashtirish muddatlarining to‟g‟ri tanlanishi ham dvigatel ishlash muddatiga ijobiy ta‟sir ko‟rsatadi.