Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi qaroriga ko'ra, «Biznesni rivojlantirish banki»




Download 242,03 Kb.
bet1/6
Sana24.09.2024
Hajmi242,03 Kb.
#272199
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
aaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa


Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi qaroriga ko'ra, «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyadorlik tijorat banki « Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan.
Bankning asosiy faoliyat yo'nalishlari kichik biznes sub'ektlarining loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar ko'rsatishga qaratilgan. Bank negizida «Kichik biznesni rivojlantirish jamg'armasi» MChJ tashkil etilgan bo'lib, hududlardagi 14 ta «Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash markazi»lari orqali tadbirkorlarga investitsiya jalb etish, biznesini rivojlantirish uchun moliya ajratish, biznesga o‘qitish, konsultatsiya xizmatlarini ko'rsatish kabi kompleks xizmatlar ko'rsatilib kelinmoqda.
Bundan tashqari, aholiga barcha turdagi chakana bank xizmatlari ham ko'rsatilib kelinmoqda. Jumladan, respublikamiz bo'lab joylashgan 40 ta xizmat ko'rsatish ofislari orqali, avtokredit, ipoteka, mikroqarz, valyuta ayirboshlash, bank kartalari, kassa amaliyotlari, xalqaro pul o'tkazmalari kabi ko'plab xizmatlar ko'rsatilmoqda.
Bankning bosh maqsadi kichik biznes yunalishidagi, shu jumladan mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar ko’rsatish hisoblanadi.
Bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
 "Kichik biznesni rivojlantirish jamgarmasi" MChJ va "Kichik biznesga ko’maklashish markazi" MChJlarning faoliyatini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va ularning xarajatlarini qoplash choralarini ko’rish;
- kichik tadbirkorlik sub'ektlarini o’rganishdan boshlab moliyalashtirish va ishlab chiqarishni barqaror yo’lga qo’ygunga qadar bo’lgan jarayonda moddiy va texnik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish;
- ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik sub'ektlariga soddalashtirilgan kreditlash tizimini joriy qilish;
-"biznes ipotekasi" amaliyotini joriy qilish va hududlarning master-rejasini ishlab chiqib, kommunikasiya va infratuzilmaga ulangan ob'ektlarni ipotekaga berish;
biznes reja, moliyaviy hisobotlar, eksport-import amaliyotlari, mulklarni baholash, sug’urtalash va notarial xizmatlardan foydalanish xamda hujjatlarni rasmiylashtirishda tadbirkorlarga amaliy yordam berish va bepul yuridik xizmatlar tashkil qilish;
- tadbirkorlarga bozor konyunkturasi va biznesni tashkil qilish masalalarida uzluksiz ishlovchi bank va konsalting xizmatlarini ko’rsatuvchi
"Biznes 24/7" - "yagona darcha" tizimini yaratish xamda faoliyatini taminlash;
Bankning strategik maqsadlari:
- Kichik va o'rta korxonalarga keng qamrovli xizmatlar ko'rsatishda etakchi bank.
- Yuqori rentabellik biznes va kapitalning aktsiyadorlik qiymatining ortib borishi.
- Innovatsion IT yechimlar va yuqori operatsion samaradorlik.
- Kuchli korporativ madaniyat va natijaga yo'naltirilgan jamoa.
BANK STRUKTURASI






Download 242,03 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 242,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi qaroriga ko'ra, «Biznesni rivojlantirish banki»

Download 242,03 Kb.