• Umarova SH.SH.
  • Tayyorladi: “Bank ishi va audit” fakulteti talabasi




    Download 2.83 Mb.
    bet1/2
    Sana13.11.2023
    Hajmi2.83 Mb.
    #97773
      1   2
    Bog'liq
    moliya seminar
    9-sinf IV blok test, RADIOGRAFIYA, Этнопсихология дарслик Умаров Б 3

    Toshkent Moliya Instituti

    Tayyorladi: “Bank ishi va audit” fakulteti talabasi

    Umarova SH.SH.

    Jizzax shahrining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari

    • Jizzax — Oʻzbekiston Respublikasining Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi.
    • Sangzor daryosi boʻyida, 460 m balandlikda joylashgan. Toshkent-Samarqand temir yoʻl va Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Maydon 0,7 ming km2. Aholisi 132,5 ming kishi (2000; 1939-yil-9 ming, 1959-yil-15 ming, 1970-yil-35 ming kishi), asosan oʻzbeklar; rus, tatar, ukrain, eroniy va boshqalar ham yashaydi. Toshkentdan 203 km. Temir yoʻl stansiyasi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati 1,5°, minimum harorat −35°, iyulning oʻrtacha harorati 28,5°, maksimum harorat −46°.

    Ilk oʻrta asrlarda jahon bozorida Jizzaxda jun va teridan tayyorlangan mahsulotlarga talab katta boʻlgan Marjon buloq oltin koni, Qoʻytoshdagi ohak, vollastonit, volfram, Koʻtarmada ohak, Uchqulochda qoʻrgʻoshin konlari faoliyat koʻrsatmoqda. 1991—2001-yillar davomida Jizzax viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Viloyatda qoʻshma, kichik va xususiy korxonalar mavjud. Qoʻshma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining salmogʻi tobora ortib bormoqda. „Jibri“ (Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya) qoʻshma korxonasi-yiliga 50 ming t chigitni qayta ishlab oʻsimlik yogʻi ishlab chiqaradi, „Kumush tola“ (Oʻzbekiston—Tojikiston) qoʻshma korxonasi-yiliga 80 t dan ziyod ipak tolasini tayyorlaydi, „Paxta interneyshnl“ (Oʻzbekiston—Suriya) qoʻshma korxonasi-yiliga 10 ming t lintdan sellyuloza ishlab chiqarish quvvatiga ega, „Baxmalsharob“ (Oʻzbekiston—Polsha) qoʻshma korxonasida mineral suvi qadoqlanadi. Shuningdek, paxta tolasidan eshilgan ip tayyorlovchi „Irjartekstil“ (Oʻzbekiston—Pokiston), yogʻ-moy va sovun ishlab chiqaruvchi „Madina“ (Oʻzbekiston—Xitoy), „Jizzax—Telekom“ (Oʻzbekiston —Indoneziya), Qoʻytosh shaharchasida „Vollastonit“ ishlab chiqarish sexi (Oʻzbekiston—Rossiya), sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi „Vostok LTD“, „Belogorsk“ qoʻshma korxonalarining hissasi sezilarlidir.-yiliga 1 mln. dona akkumulyator tayyorlovchi „Oʻzeksayd“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi (2002). „Zilolateks“ aksiyadorlik jamiyatida 250 t nitron matosi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.

    Temir yoʻl viloyatda asosiy transport turlaridan. Umumiy uz. 217 km (2001). Avtomobil yoʻllari ham salmoqli oʻrin tutadi. Havo yoʻllari Jizzax shahrini Toshkent va boshqalar viloyat markazlari, shuningdek, Kavkaz, Qrim bilan bogʻlaydi. Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Paxta ekini maydoni viloyatdagi sugʻoriladigan yer maydonining asosiy qismi (110 ming ga)ni tashkil etadi. Viloyatning 12 tumanidan 10 tasida paxta ekiladi. 1994-yildan Jizzax viloyatida gʻalla ekiladigan maydon keskin oshirildi. 2000-yilda 317,7 ming t gʻalla tayyorlandi. Gʻallachilikni rivojlantirish uchun tabiiy sharoitlar va boshqalar imkoniyatlar mavjud, Viloyat qishloq xoʻjaligida pillachilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Joylarda-yiliga 440—480 t pilla yetishtirish imkonini beradigan tabiiy resurslar yaratildi.
    Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 1241,4 ming ga, shu jumladan haydaladigan yerlar 478,5 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 266 ming ga, lalmi yerlar 212,5 ming ga, yaylovlar 850 ming ga, pichanzorlar 12,5 ming ga, koʻp-yillik daraxtzorlar 21,5 ming ga.
    Don ekinlari 212 ming ga, paxta ekiladigan maydon 110,8 ming ga, sabzavotpoliz ekinlari 10 ming ga, ozuqa ekinlari 12,5 ming ga, 165 ming ga oʻrmonzor bor. (2001).
    Jizzax viloyatida jamoa, davlat, shirkat va fermer xoʻjaliklari mavjud. Fermer xoʻjaliklarining salmogʻi ortib bormoqda. Viloyat qishloq xoʻjaligida chorvachilik aloxida oʻrin tutadi. Barcha xoʻjaliklarda 280 mingdan ziyod qoramol, 800 mingdan koʻproq qoʻy va echki, qariyb 15 ming ot, 410 mingga yaqin parranda boqiladi (2000).

    Download 2.83 Mb.
      1   2




    Download 2.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorladi: “Bank ishi va audit” fakulteti talabasi

    Download 2.83 Mb.